Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Birinchidan,
jahon xo‘jalik aloqalarining barcha shakllari – 
chetga kapital chiqarish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, ilmiy-texnika 
hamkorligi xalqaro savdo orqali amalga oshadi. 
Ikkinchidan,
tovarlar xalqaro savdosining rivojlanishi pirovard 
natijada xalqaro xizmatlar almashinuvi darajasini belgilab beradi. 
Uchinchidan,
xalqaro savdoning rivojlanishi mintaqaviy 
integratsiya jarayonlari jadallashuvining muhim sharti hisoblanadi va 
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi. 
To‘rtinchidan,
xalqaro savdoning jadal rivojlanishi xorijiy 
investisiyalar va xalqaro hisob-kitoblarni rag‘batlantiradi. 
Xalqaro savdoning mohiyati, uning sabablari ko‘plab 
iqtisodchilar e’tiborini o‘ziga jalb etib kelgan. Xalqaro savdoning 


68 
mohiyati, undan kutiladigan moddiy farovonlik masalalarini dastlab 
merkantilistlar izohlab berishga harakat qilganlar. Merkantilistlar 
mamlakat boyligining asosini oltin (pul) tashkil etadi deb hisoblaganlar 
va ularning tashqi savdo nazariyalari shu g‘oyaga asoslangan. 
Merkantilistlar fikricha, tashqi savdo mamlakatdagi oltin 
miqdorini saqlab qolish va ko‘paytirishga qaratilmog‘i lozim. Shu 
sababli mamlakat aholisi turmush farovonligini yaxshilash uchun 
imkon qadar mahsulotlarni ko‘proq eksport qilishi va kamroq import 
qilishi zarur, eksport va import o‘rtasidagi tafovut esa milliy boylikning 
o‘sishi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda davlat eksportni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlashi va importni cheklashi lozim. Ayni 
vaqtda “ilk” merkantilistlar va “kech” merkantilistlar qarashlarida biroz 
tafovut mavjudligini ta’kidlab o‘tish lozim. 
Ushbu 
maktab 
vakillarining 
tashqi 
savdo 
nazariyasini 
rivojlantirishdagi xizmatlari shundaki, ular birinchilardan bo‘lib tashqi 
savdo muammolariga e’tibor qaratdilar, uning mamlakat iqtisodiy 
rivojlanishidagi ahamiyatini ta’kidladilar, eksport va importga 
sarflanadigan xarajatlarning muayyan nisbatini asoslab berdilar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin