Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh kelishuv



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

8.2. Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh kelishuv 
 
 
GATS 
(The General Agreement on Trade in Services) – 
Xizmatlar savdosi bo'yicha Bosh bitim. Global miqyosda xizmatlarning 
savdo almashinuvini tartibga solish asosiy xalqaro hujjat Xizmatlar 
savdosi bo'yicha bosh bitimga muvofiq amalga oshiriladi. GATS 1995 
yil 1 yanvardan kuchga kirgan, Urugvay raundida qabul qilingan va 
JSTni tashkil etish to'g'risidagi shartnomaning asosiy ilovalaridan biri 
hisoblanadi. 
GATS tartibga soladigan xizmatlar JST kotibiyati tomonidan 12 
ta asosiy bo’limga ajratilgan: biznes, muhandislik, ta'lim, sayyohlik, 
transport, telekommunikatsiya, moliyaviy va boshqa xizmatlarga 
guruhlangan. Xizmatlar savdosining o'ziga xosligi (nomoddiy, 
saqlanmasligi) tufayli qulaylik rejimi har bir mamlakat uchun alohida 
qo'llaniladi. JSTga a'zo davlatlar Bitim qoidalariga muvofiq 
xizmatlarning muayyan bo'limlarini aniqlaydi va ular xorijiy raqobatga 
qanchalik ochiq bo'lishi mumkinligini belgilab beradi.
 
 
Xalqaro xizmatlarning savdosini tartibga solish muayyan o'ziga 
xos xususiyatga ega. Buning sababi shundaki, juda ko'p turli xil shakllar 
va mazmuni bilan ajralib turadigan xizmatlar umumiy xususiyatlarga 
ega bo'lgan yagona bozorni tashkil etmaydi. Biroq, uni global miqyosda 
tartibga solish imkonini beradigan umumiy tendentsiyalarga ega. 
Hozirgi kunda jahon xizmatlar bozori to'rtta darajada tartibga solinadi: 
xalqaro (global), tarmoq (global), mintaqaviy va milliy. 


81 
Xizmatlarni tartibga solishda GATTning tovarlarga nisbatan 
ishlab chiqilgan qoidalaridan foydalanadi: kamsitmaslik, milliy rejim, 
shaffoflik (qonunlarni o'qishning oshkoraligi va birligi), milliy 
qonunlarni xorijiy ishlab chiqaruvchilar zarariga ishlatmaslik.
GATS uch qismdan iborat: xizmatlar savdosini tartibga solishning 
umumiy tamoyillari va qoidalarini belgilovchi kelishuv; alohida xizmat 
ko'rsatish sohalari uchun maqbul bo'lgan maxsus bitimlar; milliy 
hukumatlarning xizmat ko'rsatish sohasidagi cheklovlarni bartaraf etish 
bo'yicha majburiyatlari ro'yxati. Shunday qilib, GATSning faoliyat 
sohasidan faqat bitta, mintaqaviy darajada tartibga solish chetda 
qolayapti.
Tarmoq darajasida xizmatlar savdosini xalqaro tartibga solish 
vazifalarini hal qilish ixtisoslashgan hukumatlararo tashkilotlar, 
masalan, Jahon sayyohlik tashkiloti (WTO), Xalqaro fuqaro aviatsiyasi 
tashkiloti (ICAO- International Civil Aviation Organization), Xalqaro 
dengiz tashkiloti (International Maritime Organization, IMO) kabilar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Xalqaro xizmatlar savdosining mintaqaviy darajasi integratsiya 
guruhlari doirasida tartibga solinadi. Bunda xizmatlarning o'zaro 
savdosiga (masalan, Yevropa Ittifoqida) cheklovlarni olib tashlash va 
uchinchi davlatlar bilan bunday savdoga cheklovlar qo'yilishi mumkin. 
Milliy darajada tartibga solish alohida davlatlarning tashqi 
savdosiga taalluqlidir. Ikki tomonlama savdo shartnomalari orqali 
amalga oshiriladi, uning tarkibiy qismi xizmatlar savdosi bo'lishi 
mumkin. Bunday shartnomalarda muhim o'rin xizmatlar sohasida 
investitsiyalarni tartibga solishga beriladi. 
GATS birinchilardan bo'lib xalqaro savdoni amalga oshirishning 
sog'lom raqobat va kelishilgan qoidalariga asoslangan mexanizmini 
yaratdi. GATS 6 ta bo'limga birlashtirilgan 35 ta modda va ilovadan 
iborat. 
GATS da xalqaro xizmatlar savdosining quyidagi jihatlari ko'rib 
chiqiladi: 
-
qo'llanish sohasi va mazmuni, umumiy majburiyatlar va qoidalar 
(mumkin qadar qulaylik rejimi, oshkoralik, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda qatnashish xususiyatlari, iqtisodiy integrasiyani 
hisobga olish, ichki tartibga solish, himoya choralarini qo'llash 
imkoniyati, umumiy istisnolar, subsidiyalar va b.); 
-
maxsus majburiyatlar (bozorga kirishga ruxsat, milliy rejim
qo'shimcha majburiyatlar); 


82 
-
bosqichma-bosqich erkinlashtirish (maxsus majburiyatlar bo'yicha 
kelishuvlar, maxsus majbariyatlar ro'yxati va ularning o'zgarishi); 
-
institusional majburiyatlar (konsultasiyalar, nizolarni tartib ga 
solish va qarorlarni bajarish, xizmatlar savdosi bo'yicha Kengash); 
-
ilovalar. Ilovalarda moliya xizmatlari batafsil ko'rib chiqiladi, 
ularning tasnifi beriladi. 
GATS da quyidagi ikki turdagi majburiyatlar ko'zda tutiladi: 
-
umumiy – mamlakatlar tomonidan so'zsiz qabul qilinadi; 
-
maxsus – u yoki bu mamlakat xizmatlar bozoriga kirib 
borishning aniq shartlari bilan bog'liq majburiyatlar. 
Umumiy majburiyatlar – bu mumkin qadar qulaylik rejimi bo'lib, 
a'zo mamlakatlarning milliy xizmatlar bozoriga kirishida teng 
hukuqlilikni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu rejim milliy xizmatlar 
bozoriga kirish usullariga nisbatan cheklovlar o'rnatmaydi. 
GATS ushbu rejimning majburiyligini belgilash bilan birga, 
istisno holatlarini ham tan oladi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy 
integrasion birlashma doirasida hamkor mamlakatlarga nisbatan 
o'rnatadigan maxsus imtiyozlar tizimi mumkin qadar qulaylik rejimidan 
istisno holatlarga kiradi. 
GATS ning asosiy qoidalari ko'p jihatdan GATT ni eslatadi: 
-
milliy rejim – xizmatlarning xorijiy ta'minotchilari milliy xizmat 
ishlab chiqaruvchilar foydalanadigan rejimdan foydalanishlari zarur; 
-
mumkin qadar qulaylik berish rejimi – hammaga bir xil rejimni va 
bitim ishtirokchilari o'rtasida kamsitishlar mavjud bo'lmasligini 
ko'zda tutadi; 
-
oshkoralik – xizmatlar savdosini tartibga solish bilan bog'liq hamma 
ma'lumotlar, qonunlar, ma'muriy qoidalar va farmonlar nashr 
qilinishi kerak; 
-
xizmatlar savdosi doirasida muzokaralar olib borish orqali sekin-asta 
liberallashtirish – bu soha to'siqlarining bir qismi Urugvay raundida 
kamaytirilgan, qolgan qismini kelgusi muzokaralarda kamaytirish 
maqsad qilib olingan; 
-
GATT va GATSga umumiy bo’lgan JSTning munozaralarni tartibga 
solish tizimi yordamida munozara va ixtilofli vaziyatlarii hal qilish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin