Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Nazorat savollari: 
1.
Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usullari nima va uning 
qanday turlari mavjud? 
2.
Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklashning qanday usullari 
mavjud? 
3.
Lisenziyalash nima va u qanday usullar yordamida tarqatiladi?
4.
Savdo siyosatining moliyaviy usullariga qaysi usullar kiradi?
5.
Ichki va eksport subsidiyalarining milliy iqgisodiyotga ta'siri 
qanday?
6.
Savdo siyosatining yashirin usullari qanday usullardan iborat?
7.
Dunyo amaliyotida tashqi savdoni tartibga solishning yashirin 
usullari nima uchun keng tarqalgan?
8.
Tartibga solishning noiqtisodiy usullari nima va ular qanday tartibda 
joriy etiladi? 
8-MAVZU. XALQARO XIZMATLAR BOZORI 
 
8.1. Jahon iqtisodiyotida xizmatlar, xizmatlarning klassifikatsiyasi 
8.2. Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh kelishuv 
8.3. Xalqaro turizm
 
Tayanch iboralar: jahon iqtisodiyoti, xizmatlar, savdo 
qilinmaydigan xizmatlar, omilli xizmatlar, transport xizmatlari, 
sayohatchi, turizm, xalqaro turizm. 
 
 
8.1. Jahon iqtisodiyotida xizmatlar, xizmatlarning klassifikatsiyasi 
 
Jahon 
xo'jaligidagi 
milliy 
iqtisodiyotlarning 
XXI 
asr 
bo'sag'asidagi xususiyati shundaki, uning tarkibida xizmatlar 
sohasining ulushi barqaror sur'atlarda o'sib bormoqda. Xizmatlar 
sohasining pirovard natijasi tovarlar ko'rinishida emas, balki 
buyumlashgan noyob iste'mol qiymatlari – xizmatlar hisoblanadi. 


78 
XX asrning 80-yillaridayoq jahon yalpi ichki maxsulotining 64% 
i xizmatlardan iborat bo'lishiga qaramasdan uzoq davr mobaynida 
xizmatlar xalkaro iqtisodiy munosabatlar fanida chuqur o’rganilmagan. 
Shu munosabat bilan xizmatlar tushunchasi ta'rifida iqgisodiy 
adabiyotda yakdillik bilan umumqabul qilingan ilmiy yondashuvlar 
yo'q. 
Xalqaro xizmatlar savdosi sohasini o'rganishdagi birinchi vazifa 
xizmatlarga ta'rif berish va uning iqtisodiy faoliyatning boshqa 
turlaridan farqini aniqlab olish zarur. 
Xizmatlar – ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasidagi kelishuv 
munosabatlari asosida boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qondirishga 
yo'naltirilgan faoliyat. 
Xalqaro tovarlar savdosi va xizmatlar savdosi bir-biri bilan 
chambarchas bog'liq. Tovarlarni xorijga yetkazib berishda bozorlarni 
tahlil qilishdan boshlab tovarlarni transport bilan tashishgacha bo'lgan 
ko'pgina xizmatlar ko'rsatiladi. Xalqaro aylanmaga kelib tushuvchi 
ko'pgina xizmatlar turlari tovarlar eksporti va importi tarkibiga 
kiritiladi. Shu bilan birga xizmatlar savdosi an'anaviy tovarlar 
savdosiga nisbatan o'ziga xos xususiyatlarga ega. 
Xalqaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan solishtirganda 
quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga ega: 
-
chegarada emas balki mamlakat ichida ichki qonunchilikka mos 
ravishda tartibga solinadi. Xizmatning chegara bilan kesishishi 
haqidagi faktning mavjud yoki mavjud emasligi xizmat eksporti 
mezoni bo'la olmaydi; 
-
xizmatlar saqlashga moyil emas, ular bir vaqtda ishlab chiqariladi va 
iste'mol qilinadi. Shu tufayli ko'pgina xizmatlar turlari ishlab 
chiqaruvchilar 
va 
iste'molchilar 
o'rtasidagi 
to'gridan-to'gri 
shartnomalarga asoslanadi; 
-
xizmatlarni ishlab chiqarish va realizasiyasi moddiy ishlab chiqarish 
hamda savdoga qaraganda katta davlat himoyasiga ega. Ko'pgina 
mamlakatlarda transport, aloqa, moliyaviy va sugurta xizmatlari, ilm 
- fan, ta'lim, sog'liqni saqlash butunlay yoki qisman davlat mulki 
tarkibida va uning qatiy nazorati ostida bo’ladi; 
-
xalqaro xizmatlar savdosi tovarlar savdosi bilan chambarchas 
aloqada va unga kuchli ta'sir qiladi. Masalan, xizmatlar sohasining 
katta hajmda texnik xizmatni, axborot va maslahat xizmatlarini talab 
qiluvchi ilmtalab tovarlar savdosiga ta'siri katta; 


79 
-
xizmatlarning hamma turi tovarlarga qaraganda savdo predmeti bo'la 
olmaydi. Asosan, ichki isge'molga kelib tushuvchi xizmatlar xalqaro 
xo'jalik aylanmasi tarkibiga kiritilmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin