83
ataladi. Ularning o'ziga
xosligi shuvdaki, iste'molchi xorijga, xizmat
ko'rsatuvchiga qarab harakatlanadi va norezident
sifatida tovarlar
(xizmatlar) sotib oladi.
Xalqaro safarlar – sayohatchilar tomonidan xorijda sotib
olinadigan tovarlar va xizmatlar yig'indisi (sayohatchi xorijda bir yildan
kam muddatda bo'lsa va norezident hisoblansa).
Sayyoh – o'zi rezident hisoblanmaydigan mamlakatda bir yildan
kam muddatda bo'lgan, boshqa mamlakatning
davlat tashkiloti
xizmatchisi yoki oila a'zosi bo'lmagan va rezident uchun yollanib
ishlamayotganlar kiradi.
Turizm, ayniqsa, XXI asrga kelib keng taraqqiy etmoqda.
Bugungi kunda turizm sanoati dunyoda eng ilg'or
va serdaromad
sohalardan biriga aylandi. Dunyo bo'ylab xalqaro sayyohlar oqimi 952
million kishidan (2010 yil) 1461 million kishiga (2019 yil) oshdi. (8.1-
rasm)
8.1.-rasm. Xalqaro kirish turizmining o'sishi, 1995-2019 yillar
(mln.)
1
Turizm sohasi rivojlanishining ilg'or xorij tajribasini keng
qamrovli o'rganish va tahlil qilish
zamonaviy milliy turizmni
rivojlantirish
uchun
muhim
ahamiyatga
ega.
Ilg'or
xorij
mamlakatlarining tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, turizm sohasi
rivojlanishining muvaffaqiyati to'g'ridan-to'g'ri
davlat tomonidan
1
UNWTO Tourism Data Dashboard. URL: https://www.unwto.org/unwto- tourism-dashboard.
84
qo'llab-quvvatlashga va davlat darjasida bu tarmoqqa qaratiladigan
e'tiborga bog’liqdir.
Hozirgi kunda davlatlar tomonidan turizm tarmog'ining ahamiyati
va rivojlanishiga katta e'tibor berilishini namoyon etish uchun 8.1-
jadvalda sayyohlar oqimi bo'yicha 15 ta yetakchi mamlakatlar reytingi
berilgan.
Dostları ilə paylaş: