80
Bu taqsimot asosan omilsiz xizmatlarga e'tiborini qaratgan Jahon
savdo tashkiloti doirasida xalqaro xizmatlar savdosini tartibga solish
muammolarini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xizmat ko'rsatish ko'p hollarda tovarlar savdosi bilan bir vaqtda
yoxud u yoki bu mamlakatga investisiyani amalga oshirish orqali sodir
bo'ladi. Shuning uchun iste’molchilarga xizmatlarni yetkazib berish
uslublariga ko'ra xizmatlar quyidagilarga bo'linadi:
- investisiya bilan bog'liq xizmatlar – bank, mehmonxona va
mutaxassis xizmatlari;
- savdo bilan bogliq xizmatlar – transport, sugurta xizmatlari;
- bir vaqtning o'zida investisiya va savdo bilan bog'liq xizmatlar –
aloqa, qurilish, kompyuter va axborot xizmatlari, shaxsiy, madaniy va
rekreasiya xizmatlari.
Dostları ilə paylaş: