6.2. Xalqaro savdo, uning dinamikasi va tarkibi
Xalqaro savdo – turli mamlakatlarning sotuvchilari va xaridorlari
o'rtasida tovarlar va xizmatlar shaklidagi mehnat mahsulotlarini
almashish shakli. Jahon savdo aylanmasining hajmi, eksport va
importning tovar tarkibi va uning dinamikasi, shuningdek, xalqaro
savdoning geografik tuzilishi xalqaro savdoning tavsiflari bo’lib
hisoblanadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab zamonaviy xalqaro
savdo juda yuqori sur'atlarda rivojlana boshladi. (6.1-rasm.)
58
6.1-rasm. Jahon tovarlar eksporti hajmining o’zgarish
tendentsiyalari, 1950-2019 yillar
1
2019 yilda butun dunyo bo'ylab eksport qilinadigan tovarlarning
global savdo qiymati taxminan 18 888,8 mlrd. AQSh dollarini tashkil
etdi. Taqqoslash uchun, 2000 yilda bu ko'rsatkich taxminan 6 452,32
mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Dunyo bo'ylab eksport qilinadigan
tovarlar
qiymatining
o'sishi
xalqaro
savdoning
rivojlanishi,
globallashuv va texnik taraqqiyotni aks ettiradi.
6.1-jadval
Jahon tovarlar eksporti 2014-2019 yillar (joriy narxlarda
trln.doll.)
Yillar
2014
2015
2016
2017
2018
2019
Jahon tovarlari
eksporti, jami
19,0
16,5
16,0
17,7
19,5
18,8
Shu jumladan
Qayta ishlash
sanoati
12,3
11,3
11,1
12,1
13,2
14,8
Ofis va tele-
kommunikatsiya
jihozlari
1,8
1,73
1,68
1,90
2,06
2,03
2019 yilda Xitoy butun dunyo bo'ylab tovarlar eksportining eng
katta manbai bo'lib, tovarlarning umumiy eksporti deyarli 2,5 trillion
AQSh dollarini tashkil etdi. Xitoyning jahon tovarlar eksportidagi
ulushi butun dunyo bo'ylab eksport qilinadigan barcha savdo
mahsulotlarining deyarli 13 foizini tashkil etdi. AQSh esa uchinchi
yirik tovar eksportchisi bo’lib, eksport qiymati taxminan 1,65 trillion
AQSh dollarini tashkil etdi. (6.2-rasm.)
2020 yilda COVID-19 tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy va ijtimoiy
zarbalar jahon savdosiga juda katta ta’sir ko’rsatib uning kamayishga
olib keldi. 2020 yilning boshidan jahon savdosi pasayish
tendentsiyasiga ega bo'lib, ikkinchi choragida 2019-yilning ikkinchi
1
https://www.statista.com/statistics/264682/worldwide-export-volume-in-the-trade-since-
1950/
59
choragiga nisbatan taxminan 19 foizga keskin kamaydi. Uchinchi
chorakdagi dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, jahon savdosining o'sishi
ikkinchi chorakka nisbatan o'nglangan bo'lsa-da, uchinchi chorakda
salbiy bo'lib qoldi va yil hisobida taxminan 4,5% gacha kamaydi.
Dostları ilə paylaş: |