Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Eksport  – tovarlami xorijga olib chiqib ketishni ko‘zda tutuvchi  tovarlar savdosi. Eksportga yo‘naltirilgan siyosat



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Eksport 
– tovarlami xorijga olib chiqib ketishni ko‘zda tutuvchi 
tovarlar savdosi.
Eksportga yo‘naltirilgan siyosat
– ayrim tovarlami tashqi bozorga 
chiqarish uchun ushbu tovarlami ishlab chiqarishga ixtisoslashish 
(Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari).
Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy rivojlanish modeli
– milliy 
iqtisodiyotning ustun darajada tashqi bozorga, iqtisodiyotning 
eksportga yo ‘naltirilganligini ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy 
rivojlanish modeli.
Erkin iqtisodiy zonalar 
– shunday geografik hududki, ularda 
mamlakatda qabul qilingan normal xo'jalik faoliyat yuritishi tartibiga 
qaraganda nisbatan imtiyozli soliq to‘lash tartibi joriy etiladi.
Erkin savdo siyosati 
– tashqi savdodagi to‘siqlami minimallashtirish 
siyosati.
Eksportni ixtiyoriy cheklash
– rasmiy davlatlararo yoki tovar 
eksportiga norasmiy kvota belgilash to‘g‘risida savdodagi hamkor 
tomonidan savdoni cheklash yoki eksportni kengaytirmaslik 
to‘g‘risidagi majburiyatiga asoslangan eksportni miqdor jihatidan 
cheklash.
Eksportni kreditlash
– tashqi savdoning notarif moliyaviy metodi 
bo‘lib, davlat tomonidan milliy firmalar eksportini rivojlantirish uchun 
moliyaviy rag'batlantirishni ko‘zda tutadi.
Eng qulay savdo rejimini yaratish
– bu xalqaro savdo 
shartnomalarida qat’iy belgilangan shart bo‘lib, shartnoma tuzuvchi 
shartnomalarining bir-biriga barcha huquq, afzallik va imtiyozlami 
taqdim etish ko‘zda tutilgan bo'lib, ushbu mamlakatlar yoki uchinchi 
davlat ulardan foydalanilishi mumkin.
Emigratsiya
– mehnatga layoqatli aholining mamlakat hududidan 
ko‘chib ketishi.
Erkin konvertirlanadigan valuta
– har qanday xorijiy valutaga erkin 
va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valuta.


142 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin