Erkin savdo zonasi – tarif va boshqa cheklovlar bekor qilingan holda
erkin savdo olib borish imkoni bo‘lgan hudud.
GATT – dunyoning yetakchi mamlakatlari tomonidan xalqaro
savdodagi cheklovlarni kamaytirish bo‘yicha tuzilgan ko‘p tomonlama
hukumatlararo kelishuv.
GATS – xizmatlar savdosi bo'yicha ko‘p tomonlama hukumatlararo
kelishuv.
Globallashuv –
jahon
iqgisodiyotining
integrasiyalashuv,
transmilliylashuv va baynanmilallashuv jarayonlari.
Import – tovarlami xorijdan olib kirishni ko‘zda tutuvchi tovarlar
savdosi.
Ichki bozor – barcha ishlab chiqarilgan va sotishga mo'ljallangan
mahsulotlami ichki bozorda sotishda vujudga keladigan iqtisodiy
munosabatlar sohasi.
Ilmiy-texnik salohiyat – mamlakatdagi fan, texnika va muhandislik
ishlarining rivojlanish darajasi, jamiyatning fan-texnika muammolarini
hal qilish uchun mavjud resurs va imkoniyatlarining umumiy
tavsifnomasi.
Investistion siyosat – kapital qo’yilmalarning eng ustivor
yo’nalishlarini tanlash, iqtisodiyot samaradorligini oshirish, sarflangan
har bir so’mga mahsulot o’sishi va milliy daromadning eng yuqori
ko’rsatkichlariga erishish.
Investistiyalar - mamlakat ichkarisi va tashqarisida yangi korxona
yaratish va mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, eng yangi
texnika va texnologiyalarni o’zlashtirish, ishlab chiqarish darajasini
oshirish va foyda olish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishi.
Investor - biron-bir faoliyatga, korxonaga foyda olish maqsadida uzoq
muddatli kapital kiritishni amalaga oshiruvchi xususiy tadbirkor,
tashkilot yoki davlat.
Investitsiyalami kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (MIGA) – 1988-yilda a’zo mamlakatlarga xorijiy investitsiyalami jalb
etishni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan tashkilot.