Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/93
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#210759
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
12740 2 A33B8B49E6EAD09463E261CBFE4E14A01B14D4D4

Portfel investitsiyalar
– kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli 
qog'ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) kiritish 
shaklida olib chiqib ketish bo'lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita 
nazorat qilish imkonini bermaydi.
Patent
– hukumatning mutasaddi organlari tomonidan ixtirochiga 
beriladigan guvohnoma bo‘lib, u ixtirodan foydalanishda monopol 
huquqni beradi.
Qisman konvertirlanadigan valuta 
– xorijiy valutalaming ma’lum bir 
qismigagina ayirboshlanadigan, xorijiy valutani sotib olishda va 
sotishda cheklashlar mavjud bo‘lgan valuta. 
 
Qo'shma korxonalar
– integrasiyalashgan kooperasiya. 
Resurslar asosida ishlovchi tarmoqlar
– xomashyoni tashish 
xarajatlari tayyor mahsulotni tashish xarajatlaridan qimmatga 
tushadigan tarmoqlar.
Reemigratsiya
– emigrantlaming vatanlariga doimiy yashash uchun 
qaytib kelishlari.


145 
Royalti
– shartnomaning amal qilish muddati davrida xaridor 
daromadidan litsenziyadan foydalanishda oladigan foydasi hajmidan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ajratmalar.
Savdo qilinmaydigan mahsulotlar
– ishlab chiqarilgan mamlakat 
bozorida sotilib, xalqaro ayirboshlashda ishtirok etmaydigan 
mahsulotlar.
Savdo qilinadigan xizmatlar
– bir mamlakat rezidenti tomonidan 
ishlab chiqariladigan va boshqa mamlakat rezidenti tomonidan iste’mol 
qilinadigan xizmatlar.
Subsidiyalar
– milliy tovar ishlab chiqaruvchilami qo‘llab-quvvatlash 
va importni bilvosita kamsitishga qaratilgan davlat budjetidan 
ajratiladigan pul to‘lovlari.
Tashqi savdo siyosati
– milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi 
raqobatbar- doshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab 
chiqaruvchilami himoya qilishga, qo‘llab-quwatlashga qaratilgan 
chora-tadbirlar yig'indisi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin