Buxoro Davlat Universiteti Sirtqi Fakultetining 9-1 bio s 20-guruh talabasi Boboyev O’ktamning Biokimyo fanidan tayyorlagan taqdimoti Bug‘doy unidan oqsillarni ajratish va ular tarkibini o‘rganish Oqsillar
Buxoro Davlat Universiteti Sirtqi Fakultetining 9-1 BIO S 20-guruh talabasi Boboyev O’ktamning Biokimyo fanidan tayyorlagan taqdimoti Bug‘doy unidan oqsillarni ajratish va ular tarkibini o‘rganish
Oqsillar
Barcha oqsil moddalar ikkita guruhga bo‘linadi: oddiy (proteinlar) va murakkab (proteidlar). Oddiy oqsillar gidroliz natijasida faqat aminokislotalarga parchalanadi. Murakkab oqsillar tarkibiga esa aminokislotalardan tashqari oqsil tabiatiga ega bo‘lmagan moddalar-nuklein kislotalar, lipidlar, pigmentlar, fosfat kislotasi, metallar va boshqalar kiradi.
Aminokislota va oqsillar amfoter harakterga egadir. Erkin amino- va karboksil gruppalar dissotsiatsiyasida ular qutublanadilar
Oqsillar tarkibi
Aminokislota, peptid va oqsillarga bo‘lgan sifat reaksiyalari ikki guruhga bo‘linadi: a) peptid va aminokislotalar bilan amalga oshadigan reaksiyalar; b) oqsil molekulalarining fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishi bilan amalga oshadigan cho‘ktirish reaksiyalari.
Mazkur reaksiyalarni amalga oshirish uchun dastavval oqsillarni biologik materialdan ajratib olish zarur
O‘simlik oqsili eritmalarini tayyorlash
40 gramm bug‘doy unini kimyoviy kolbada 160 ml distillangan suvga solib, aralashtiriladi hamda kolba sovitgich shkafiga (1-20S) bir sutkaga qo‘yiladi. So‘ng eritma aralashtiriladi, avval gigroskopik momiq paxta keyin esa qavatli qog‘oz filtr orqali filtrlanadi. Eritma asosan albuminlarni tutadi. Eritma sovitgichda saqlanadi.
Uslubning mohiyati. «Molekulyar elak» vazifasini bajaruvchi gel donachalari bilan to‘lg‘izilgan kolonka orqali oqsil aralashmasi o‘tkazilganda kichik molekulalar gel g‘ovaklarida tutilib qoladi, Natijada ularning harakati sustlashadi. Yirik molekulalar gel ichiga kira olmaydi. SHu sababli, dastlabki fraksiyalarda yuqori molekulyar, keyingilarida esa kichik molekulyar oqsillar yig‘iladi
Oqsillarni ajratish
Uslubning mohiyati. «Molekulyar elak» vazifasini bajaruvchi gel donachalari bilan to‘lg‘izilgan kolonka orqali oqsil aralashmasi o‘tkazilganda kichik molekulalar gel g‘ovaklarida tutilib qoladi, Natijada ularning harakati sustlashadi. Yirik molekulalar gel ichiga kira olmaydi. SHu sababli, dastlabki fraksiyalarda yuqori molekulyar, keyingilarida esa kichik molekulyar oqsillar yig‘iladi
Poliakrilamid tasiri
Poliakrilamid gellari akrilamid va metilenbisakrilamidning polimeri bo‘lib, ikkala monomer nisbatini o‘zgartirish bilan ma’qul o‘lchamdagi g‘ovaklik hosil qilish mumkin. «Bio-Rad-laboratoris-»firmasi tomonidan 30 xildan ortiq poliakrilamid asosiga ega bo‘lgan biogellar ishlab chiqariladi, ulardan R —2, R-6, R-10, ..... , R-300 va hakozolar. Ular 800 — 400000 dalton molekulyar og‘irlikka ega bo‘lgan moddalarni ajratishda qo‘llaniladi. Bu gellar ham rN muhiti 4,5 — 9 dan oshganida va 50°S dan yuqori haroratda o‘z stabilligini yo‘qotadi