Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti


  Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning ishlab chiqarish  tuzilmasi bilan aloqada va ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi.  9



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
korxona iqtisodiyoti


Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi korxonaning ishlab chiqarish 
tuzilmasi bilan aloqada va ko’p jihatdan unga bog’liq bo’ladi. 

Chiziqli tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng kam tarqalgan turi 
bo’lib, unga ko’ra boshqaruvning har bir bo’g’ini o’zidan yuqori 
turuvchi faqat bitta boshqarmaga ega bo’ladi va barcha masalalar 
bitta aloqa kanali orqali hal etiladi. 
10 
Boshqaruvning funksional tuzilmasi uchun boshqaruv va obyekt 
funksiyalari bo’yicha boshqaruv yacheykalari yaratish tavsiflidir 
11 
Boshqaruvning matristali tuzilmalari turli xil bo’lib, ularning barchasi 
bitta tamoyilda – ishlab chiqarishni vertical va gorizontal 
boshqarishda boshqaruv funksiyalarini tashkiliy tuzilmalar o’rtasida 
qayta taqsimlash asosida yaratilmagan 
12 
Boshqaruv funksiyalari obyektiv jihatdan zarur va albatta 
qaytariluvchi xatti-harakatlar majmuasi bo’lib, mazmuni va yo’nalish 
maqsadlarining bir xilligi tufayli birlashib turadi. 
13 
Tashkillashtirish – kuch-quvvat va vositalarni ishlab chiqarish 
dasturini minimal xarajatlar asosida va bu xarajatlarning yuqori 
samaradorligi orqali amalga oshirishga yo’naltirish, amaldagi 
tashkilotchilik tizimini yangi yutuqlarga erishish va yangi vazifalarni 
bajarishga yo’naltirish. 
14 
Hisobga olish – joriy ko’rsatkichlarning belgilangan (dasturiy) 
vazifa(norma)larga mos kelish darajasini aniqlash. 
 
 
Mavzu: KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA 
BASHORAT QILISH 
Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq 
istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni 
ifodalaydi.
Rejalashtirish korxona tomonidan bajariluvchi vazifalar muayyanlashtirilgan 
rejalarda o‘z aksini topadi. Bozor iqtisodiyotida reja “yot unsur” yoki “yuqoridan” 
keluvchi buyruq sifatida qabul qilinishi sababli, hozirgi xo‘jalik yuritish faoliyatida 
indikativ reja va prognoz deb nomlanuvchi, lekin mohiyatiga ko‘ra 
rejalashtirishning 
barcha 
hollarda 
obyektiv 
zaruriyatini 
tasdiqlovchi 
tushunchalardan foydalaniladi. Demak, rejalashtirish, jumladan, indikativ reja va 


prognoz – bu, korxonalarning xo‘jalik faoliyati uchun mahsulot ishlab chiqarish va 
uni sotish uchun barcha omillardan foydalanish va tayyorgarlikning o‘z vaqtida 
bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan qulay sharoitlarni yaratishdir.
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish ham 
katta rol o‘ynaydi. Bashorat qilish xo‘jalik faoliyati yurituvchi subyektning 
istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda 
avvaldan ko‘ra bilishini ifodalaydi.
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o‘z aksini topadi: ishlab chiqarish va 
korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish - o‘rta va 
uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish - qisqa muddatli 
bashoratlar asosida ishlab chiqiladi.
Bashorat – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va ularni 
amalga oshirish variantlari va muddati to‘g‘risidagi ilmiy jihatdan asoslangan 
mulohazadir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya'ni kelajakni 
hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko‘ra bilish deb ataladi. 
Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo‘lib, bu 
jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari 
atrofda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo‘yicha 
aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi. 
Mazmuniga ko‘ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish 
turlariga bo‘linadi. 
Texnik-iqtisodiy rejalashtirish korxona faoliyatining barcha (iqtisodiy, texnik, 
ijtimoiy va hokazo) jihatlarini qamrab oluvchi rejalashtirish turi bo‘lib, asosan bir 
yilga mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish rejasi shaklida amalga 
oshiriladi.
Tezkor-ishlab chiqarish rejalashtirish texnik-iqtisodiy rejalashtirishning davomi 
bo‘lib, korxona faoliyati yillik rejasini yanada qisqaroq muddatga - sutka, o‘n 
kunlik, oyga bo‘lib muayyanlashtirish bilan tavsiflanadi.
Kalendar rejalashtirishda korxona yillik rejasida va birinchi o‘rinda ishlab 
chiqarish dasturi(mahsulot tayyorlash rejasi)ni o‘n kunlik, hafta, kun va smena 
bo‘yicha aniqlashtirish hamda bu ko‘rsatkichlarni bajaruvchilarga yetkazish ko‘zda 
tutilgan. 
Dispecherlashtirish oylik, o‘n kunlik, kunlik sutka-smenalik rejalarni 
bajarishni tezkor boshqarishda ifodalanadi. 
Strategik rejalashtirish xo‘jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga 
kelib, 10-15 yillik davrni o‘z ichiga oladi. U korxona rahbariyatining mas'uliyatli 
vazifasi hisoblanadi hamda rivojlanishning ustivor yo‘nalishlarini topish va 
bozorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan talabni inobatga olgan holda resurs bilan 
ta'minlashga qaratilgan. 
Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faoliyati va rivojlanishi 1-3 yilga 
mo‘ljallab rejalashtiriladi. 
Bozor munosabatlarida raqobatchilikni kuchaytirish hamda xo‘jalik yuritish va 
hayotiy jarayonlar dinamikasi hisobiga joriy rejalashtirish amalga oshirilib, unga 
choraklarga bo‘lingan yillik rejalar asos qilib olinadi.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin