Xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsiyenti (K
ss
)
ularning shakllanish manbalarini inobatga olgan holda, pul mablag‘lari bilan
ta'minlanganlik darajasini aniqlaydi. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
зк сс Д П П К
2
1
Bu yerda:
P
1
– xususiy mablag‘lar manbalari (Nizom jamg‘armasi, qo‘shilgan kapital,
taqsimlanmagan foyda va hokazo).
Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti (K
fn
)
korxona
moliyaviy
mustaqilligining kamayishi (ko‘payishi), kelajakda moliyaviy qiyinchiliklarga
uchrash xavfining kuchayishi (pasayishi) haqida ma'lumot beradi hamda korxona
o‘z majburiyatlari oldida javob berishining kafolatlarini belgilab beradi. U
quyidagi formula asosida hisoblanadi:
ИБ П К фн 1
Bu yerda:
IB - korxona balansi aktivi yoki passivining yakuni.
Tayanch iboralar: 1. Ishlab chiqarish samaradorligi; 2. Samara; 3. Samaradorlik; 4. Iqtisodiy samaradorlik; 5. Ijtmoiy-iqtisodiy samaradorlik; 6. ishchi kuchidan foydalanish samaradorligi; 7. To‘lov qobiliyati koeffitsiyenti;
8. Xususiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati koeffitsiyenti;
9. Moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti;
10. Xususiy aylanma mablag‘lar bilan ta'minlanganlik koeffitsiyenti.
Nazorat savollari: 1. Samara va samaradorlik tushunchalarini izohlab bering. 2. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati nimada va u korxona umumiy
faoliyati samaradorligidan qanday farq qiladi?