Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
korxona iqtisodiyoti

Konsorsium kompaniya va banklarning vaqtinchalik birlashuvi natijasida, 
yirik kapital talab qiluvchi loyihalarni amalga oshirish yoki mablag‘ni birgalikda 
joylashtirish maqsadlari uchun umumiy kelishuvlar asosida yuzaga keladi. 
Konsorsium buyurtmachilar oldidagi majburiyatlar uchun javobgar hisoblanadi. 
Xo‘jalik assotsiatsiyasi jismoniy yoki huquqiy shaxslarning o‘zaro 
hamkorlik yuritish maqsadida ko‘ngilli ravishda birlashuvini anglatadi va unda 
birlashuvga kiruvchi sub'ektlar o‘z mustaqilligini saqlab qoladilar. 
Korporatsiyalar umumiy maqsadlarga erishish, hamkorlikda faoliyat 
yuritish maqsadida birlashib, mustaqil huquqiy sub'ekt - huquqiy shaxsni tashkil 
qiluvchi shaxslar yig‘indisini tavsiflaydi. Ko‘pincha ular aksiyadorlik (hissadorlik) 
jamiyatlari shaklida tashkil qilinadi. 
Korxonalarning konsentratsiya asosida birlashuvi kartel, sindikat, xolding 
va moliya-sanoat guruhlari ko‘rinishida amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish sohasidagi kartellar ishlab chiqarish masalalari, narxlar, 
tovarlarni sotish, ishchi kuchini yollash va shu kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga 
asoslanib faoliyat yuritadi. 
Sindikat – tijorat faoliyatini (ta'minot, sotish, narxning paydo bo‘lishi) 
hamkorlikda tashkil qilishga asolangan birlashmadir. Sindikat tarkibiga kiruvchi 
korxonalar huquqiy hamda xo‘jalik yuritish mustaqilliklarini saqlab qoladilar. 
Trestlar yuqori darajada markazlashganligi bilan ajralib turadi. Uning 
tarkibiga kiruvchi korxonalar ishlab chiqarish, tijorat va huquqiy mustaqilliklarini 
yo‘qotib, yagona reja asosida faoliyat yuritadi. 
Xoldinglar ishtirokchilarning moliyaviy imkoniyatlarini birlashtirish va 
muvofiqlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlari bilan vaizifalarni tezkor 
ravishda amalga oshirish imkonini beruvchi boshqaruvning samarali shaklini 
ifodalaydi. 



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin