Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti


Mavzu: KORXONANI TASHKIL ETISH VA FAOLIYATINI TO’XTATISH



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
korxona iqtisodiyoti

 
Mavzu: KORXONANI TASHKIL ETISH VA FAOLIYATINI TO’XTATISH 
Yangi korxonani tashkil qilish quyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga 
oshiriladi: 

korxonani tashkil qilish fikrining paydo bo‘lishi; 

korxona muassislarini tanlash; 

taklif qilinayotgan mahsulotga bozordagi talabni o‘rganish; 

korxona Nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniqlash; 

korxonaning ta'sis hujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash; 

davlat ro‘yxatidan o‘tish; 

muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarni tayyorlash; 

soliq idoralarida ro‘yxatdan o‘tish. 
O‘zbekiston Respublikasining “Korxonalar to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, 
korxonalar mulk egasi (egalari) yoki u (ular) tayinlagan vakillik organi, mehnat 
jamoasi yoki muassislar guruhining qarori bo‘yicha belgilangan qonun-qoidalarga 
asosan tashkil qilinishi mumkin. 
Ta'sis hujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat 
yuritish jarayonidagi muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ta'sis hujjatlari 
faoliyat yurituvchi korxonalarning huquq va majburiyatlarini hamda sharoitlarini 
ifodalaydi. 
Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarida ikki xil ta'sis 
hujjatlari belgilab berilgan: 
Korxona Nizomi; 
Ta'sis shartnomasi. 


Amaliyotda korxona faqat Nizom yoki faqat ta'sis shartnomasi asosida
shuningdek, bir vaqtning o‘zida Nizom va ta'sis shartnomasiga asosan faoliyat 
yuritish hollari mavjud. 
Korxona Nizomi asosiy ta'sis hujjati bo‘lib, unda korxonaning tashkiliy-
huquqiy shakli, nomi va manzilgohi, Nizom jamg‘armasining miqdori, 
daromadlarining tarkibi va taqsimlanish tartibi hamda korxona fondlarini tashkil 
qilish tartibi, korxonani tugatish va qayta tashkil qilish tartibi ko‘rsatilishi shart. 
Boshqacha qilib aytganda, korxona Nizomi uning huquqiy maqomini, huquq va 
majburiyatilarini belgilab beradi. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin