KIRISH
Hozirgi kunda respublika ta’lim
tizimini mustahkamlash, uni zamon
talablari bilan uyg’unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda.
Bunda mutaxassis
kadrlarni tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi
islohotlar talablari bilan
chambarchas bog’langan bo’lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat
ta’lim standartlari asosida ta’lim asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy
tuzilmalarini takomillashtirib boorish oldimizda
turgan dolzarb masalalardan
biridir.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilda mo’ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan
Vazirlar
Mahkamasining Majlisidagi Ma’ruzasida ta’kidlab o’tganlaridek: “2016-yilda
Iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish , modernizatsiya va
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va
xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir”
1
bu hozirgi
kunda oliy o’quv yurtlari zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi.
Zamonaviy iqtisodchi keng qamrovli bilimlarga ega bo’lishi, nazariy bilimlarni
amaliy vazifalar bilan bog’lay olishi va o’z tanlagan sohasi bo’yicha
haqiqiy
bilimdon bo’lishi lozim. Jumladan, bozor iqtisodiyotida samarali faoliyat ko’rsata
oladigan va inqirozga qarshi boshqaruv ko’nikmalarini chuqur egallagan
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash O’zbekistonning
buyuk kelejak sari dadil
odimlarini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan omillardan biri
sanaladi. Bu oliy maqsadga erishish talabalardan o’z
ustida tinmay ishlashni,
nazariy va amaliy bilimlarni doimiy ravishda boyitib borishni,
ishlab chiqarish
iqtisodiyotini, uni oqilona tashkil etish va boshqarish ko’nikmalarini chuqur
o’zlashtirishni talab qiladi.
Ushbu uslubiy qo’llanma talabalar uchun amaliy mashg’ulotlarni
bajarishga
mo’ljallangan bo’lib, unda amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun qo’yiladigan
talablar va kerakli ma’lumotlar bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: