Buxoro davlat universiteti tairova m. M. Giyazova n. B. Hamidov m. E. Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/93
tarix14.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#113518
növüМетодическое пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93
korxona iqtisodiyoti

Boshqaruv qarori - boshqaruv faoliyati texnologiyasidagi muhim bo‘g‘indir. 
Boshqaruvning maqsad va vazifalarini amalga oshirish ko‘p jihatdan qarorlarning 
to‘g‘ri qabul qilinishiga bog‘liq bo‘ladi. Boshqaruv qarori bir tomondan asosan 
korxonaning rahbarlari tomonidan amalga oshiriluvchi mantiqiy-fikriy faoliyat 
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, emotsional-psixologik xatti-harakatdir.
Boshqaruv qarorlari quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflanadi: 

kompetentlik va mas'uliyat bo‘yicha - yakka tarzda yoki kollegial (jamoa
boshqaruv qarorlari; 

mazmuni bo‘yicha - ilmiy-texnik, iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy boshqaruv 
qarorlari; 



xarakteri bo‘yicha - operativ-taqsimlovchi, xo‘jalik-rahbarlik va me'yoriy 
boshqaruv qarorlari; 

ta'sir ko‘rsatish darajasi bo‘yicha - bir va ko‘p darajali boshqaruv 
qarorlari; 

ta'sir ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha - ichki va tashqi; 

ta'sir ko‘rsatish miqyosi bo‘yicha- xususiy va umumiy (majmuaviy); 

ta'sir ko‘rsatish davri bo‘yicha- bir martalik va ko‘p martalik. 
Tashkiliy tuzilma deganda korxona boshqaruvi funksiyalarini bajaruvchi turli xil 
bo‘lim, xizmat va bo‘linmalar tarkibi, o‘zaro munosabatlari va bir-biriga 
bo‘ysunishini tushunish lozim. 
Boshqaruv elementlari va bo‘g‘inlari o‘rtasidagi aloqalarning shakli, 
tuzilmaviy bo‘linmalarning moslashuvchanligi va bir-biriga bo‘ysinuvchanligiga 
ko‘ra, boshqaruvning quyidagi tashkiliy tuzilmalari mavjud: 

chiziqli; 

funksional; 

aralash (chiziqli-funksional); 

matritsali. 
Chiziqli tuzilma boshqaruv tuzilmasining eng ko‘p tarqalgan turi bo‘lib, unga 
ko‘ra boshqaruvning har bir bo‘g‘ini o‘zidan yuqori turuvchi faqat bitta 
boshqarmaga ega bo‘ladi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal etiladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin