ta'minotchi va iste'molchilar, tuzilgan shartnomalar haqida;
ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag‘lar va foyda hajmi haqida;
bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi haqida;
bank opretsiyalar haqida va hokazolar.
Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga
keluvchi yo‘qotishlari umumiy ko‘rinishda quyidagalarga olib keladi:
ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-texnika
taraqqiyoti sohasida erishilgan ustunliklar yo‘qotiladi, ilmiy-tadqiqot
bo‘linmalarining yo‘nalishni o‘zgartirishlari uchun xarajatlari o‘sadi;
ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo‘lga xom ashyo, texnologiya va
hokazolarni sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar
tomonidan sun'iy ravishda yaratiladi);
korxonaning tadbirkorlikdagi sheriklar bilan hamkorligi cheklanadi, foydali
shartnomlarni imzolash imkoniyatlari kamayadi, shartnoma majburiyatlarini
bajarishda muammolar vujudga keladi;
korxonaning yangi bozor strategiyasini yaratish, marketing tadqiqotlari
tuzilmasini o‘zgartirish va hokazolarga sarflanuvchi xarajatlari o‘sadi;
Dostları ilə paylaş: