Mavzu: Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi Reja



Yüklə 60,39 Kb.
səhifə1/2
tarix22.12.2023
ölçüsü60,39 Kb.
#190485
  1   2
Esanboyev Javohir (Iqtisodiy xavfsizlik)


Mavzu: Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi
Reja

  1. Korxona iqtisodiy xavfsizligi tushunchasi

  2. Ichki va tashqi havf-xatarlar (KIXT) da

  3. Korxonaning iqtisodiy xavfsizlik tizimi tashkil etish

“Korxona-tijorat sirlari” toifasining qonunchilikda belgilab berilgan tavsifnomasiga ko’ra, ishlab chiqarish, texnologik ma’lumotlar, boshqaruv, moliya va shu kabilar bilan bog’liq bo‘lib, ularni oshkor qilish korxona manfaatlariga zarar y etkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardir. Mavjud nuqtai nazarlarga ko‘ra, korxonaning tijorat sirlari umumiy holda o‘z ichiga quyidagi ma’lumotlarni qamrab oladi:

  • korxonaning savdo aloqalari haqida;

  • kapital hajmi va tuzilmasi, investitsiya rejalari haqida;

  • ta’minotchi va iste’molchilar, tuzilgan shartnomalar haqida; ishlab chiqarish hajmi, aylanma mablag’lar va foyda hajmi haqida;

  • bahoni shakllantirish siyosati va tovarlar bahosining shakllanishi haqida; – bank opрetsiyalar haqida va hokazolar.

Ko’pincha “tijorat sirlari” tushunchasidan tashqari korxonaning “ishlab chiqarish sirlari” tushunchasi ham qo‘llaniladi. U ishlab chiqarish usullari, texnologiyalar, texnik kashfiyotlar, tadqiqot ishlari, mehnatni tashkil qilish, aloqa taрmog’i va shu kabilar haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Bugungi bozor munosabatlari, ayniqsa raqobatchilik muhiti sharoitlarida korxona tijorat va ishlab chiqarish s irlarining oshkor qilinishi uning ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ishlab chiqarilay otgan mahsulotlar iste’molchilarini yo‘qotishga olib kelishi mumkin.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tijorat sirlariga mansub ma’lumotlarni to‘rtdan bir qismi yo‘qotilishi ham raqiblar uchun katta imkoniyat yaratadi hamda bir necha oy ichida ma’lumotlar chetga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ygan firmalarning yarmi bankрotga uchrashiga olib keladi. Shu sabali hozirgi paytda tijorat sirlarining huquqiy maqomi va toifasini aniq belgilash, ularni oshkor qilish uchun javob garlik mexanizmini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi, korxonaning moliyaviy va texnik imkoniyatlari bilan aloqada bo‘lgan, shuningdek ma’lumotlarni himoya qilishning ishonchli tizimi mavjud bo‘lgandagina to‘liq kuch bilan ishlaydi. Bundan tashqari, quyidagilarni to‘g’ri tashkil qilish ham muhim ahamiyat kasb etadi:

  • tayyor mahsulot va materallarning ba’zi turlarini hisobga olish va qo’riqlash;

  • tadbirkorlik sirlari mavjud bo‘lgan hujjatlar bilan ishlash tartibi (ularni hisobga olish, saqlash, yo‘q qilish qoidalari va boshqalar);

  • hujjatlarni ko‘paytirish va ulardan nusxa olish vositalarini nazorat qilish;

  • aloqa vositalari va hisoblash texnikasida tijorat ma’lumotlarini himoya qilish;

  • korxona hududi va uning asosiy bino va inshootlarini qo’riqlash;

  • mazkurkorxonaga begona shaxslar tashрif buyuрishini nazorat qilish.

Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni samarali bajarish boshqaruv apparatida tijorat sirlarini muhofaza qilish bilan shug’ullanuvchi maxsus xizmatlarni yaratishni ko‘zda tutadi. Хorij mamlakatlarida mazkurfaoliyat bilan firmalarning maxsus bo‘linmalari shug’ullanadi. Ular raqobatchilar to’g’risidagi ma’lumotlarni izlash va to‘plash bilan ham shug’ullanadi. Shu bilan bir vaqtning o‘zida ular savdo hamkorlarining tijorat sirlarini birgalikda himoya qilish imkoniyatini ham rad qilmaydilar. Masalan, ba’zi firmalar faoliyatida tadbirkorlik aloqalari davomida hamkorlarga berilgan ma’lumotlarni birgalikda himoya qilish bo‘yicha maxsus shartnomalar tuzish tartibi ko‘zda tutilgan. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning (masalan, AQShning) davlat organlarida maxsus vositachilik xizmatlari mavjud bo‘lib, u mijozlarni ularni qiziqtirayotgan korxona va tashkilotlar haqidagi ma’luotlar bilan ta’minlaydi. Mamlakatimizda korxonalar davlatga soliqqa toрtish va iqtisodiy ma’lumotlarni yig’ish va ular bilan ishlash tizimi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etishi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, korxonalar o’z faoliyat lari to‘g’risidagi ma’lumotlarni, jumladan, yillik balansni nashr qiladilar. Shu bilan bir paytda korxonalar tijorat sirlariga oid ma’lumotlarni bermaslik huquqiga ega. Тijorat sirlari davlat boshqaruv va nazorat idoralari xodimlari orqali chetga chiqib ketishining oldini olish maqsadida korxona rahbari ularni vakolatlarini bilishi hamda ular talab qilgan istalgan ma’lumotni emas, balki faqat xizmat vakolatiga doir ma’lumotlarni taqdim etishi zarur.
Birinchi o’rinda bu statistika xizmati, monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi, militsiya, moliya, soliq, sanita-riya, yong’inga qarshi kurash va boshqa xizmat vakillariga tegishli. Korxona rahbari shuningdek, davlat idoralari xodimlarining noqonuniy hatti-harakatlari ustidan arz qilish tartibi, ular tufayli korxonaga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni qoplash mexanizmini bilishi va unga amal qilishi zarur. Ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va boshqa xizmatlar mutaxassislari o‘zi ishlayotgan korxonaning tijorat sirlariga oid ma’lumotlar chetga chiqib ketishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan va real yo‘qotishlarni to‘g’ri va aniq (qiymat shaklida) baholashni o‘rganib olishlari zarur. Korxonalarning maxfiylik shartlariga rioya qilmaslik natijasida yuzaga keluvchi yo‘qotishlari umumiy ko‘rinishda quyidagalarga olib keladi:

  • ilmiy tadqiqotlarga litsenziya sotish imkoniyatlari pasayadi, fan-texnika taraqqiyoti sohasida erishilgan ustunliklar yo‘qotiladi, ilmiy-tadqiqot bo‘linmalarining yo‘nalishni o‘zgartirishlari uchun harajatlari o‘sadi;

  • ishlab chiqarish faoliyatida zarur bo‘lga xom ashyo, texnologiya va hokazolarni sotib olishda qiyinchiliklar yuzaga keladi (yoki raqobatchilar tomonidan sun’iy ravishda yaratiladi);

  • korxonaning tadbirkorlikdagi sheрiklar bilan hamkorligi cheklanadi, foydali shartnomlarni imzolash imkoniyatlari kamayadi, shartnoma majburiyatlarini bajarishda muammolar vujudga keladi;

  • korxonaning yangi bozor strategiyasini yaratish, marketing tadqiqotlari tuzilmasini o‘zgartirish va hokazolarga sarflanuvchi xarajatlari o‘sadi;

  • tijorat sirlarini oshkor qilganlarga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo‘llash xavfi kuchayadi.

Barcha yo‘qotishlarning umumiy qiymatini aniq hisoblash juda murakkab va ko‘p mehnat talab qiluvchi jarayon bo‘lib, ba’zida ishonchi ma’lumotlar yo‘qligi sababli ularni hisoblashning imkoni ham bo‘lmaydi. Shu sababli ko‘p hollarda korxonalar ning ma’lumotlarni himoya qilishga rioya etmaslik bilan bog’liq bo‘lganyo‘qotishl arini yiriklashtirilgan ekspeрt baholash kifoya qiladi. Yuqorida keltirilgan yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash ko‘pincha korxonalardan qo‘shimcha harajatlarni talab qilib, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatchilik kurashida erishish mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatlar imkoniyatini pasaytiradi. Хuddi shuning uchun ham hoziрgi paytda tijorat sirlarini muhofaza qilishga katta e’tibor qaratilmoqda Mamlakatizda ochiq demokratik jamiyat qurilmoqda. Bu hamma narsa ochiq bo’ladi degani emas. Bozor munosabatlari sharoitida erkin raqobat mavjud ekan tijorat sirining ham saqlanib qolishi muqarrar. Shu tufayli korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun uning tijorat sirini saqlay bilishi lozim.
Bu o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Shu bois ham korxona rahbarligidan qator tadbirlar amalga oshirish taqozo etiladi, shu jumladan:

  1. Тashkiliy tadbirlar. Bunda korxona xavfsizligini ta’minlash uchun alohida xavfsizlik xizmatini tashkil qilindi. Bu xizmat korxonaning tegishli axborotlarining maxfiyligini saqlash chora-tadbirlarini ko’radi.

  2. “Ochiq testlar” o’tkazish tadbirlari. Korxonaga xodimlarni ishga qabul qilishda ishlayotganlarini esa vaqtivaqti bilan test orqali sinab turiladi. Bu test orqali xodimning mazkur korxonaga sodiqligi, axborotlarga, ayniqsa maxfiy axborotlarga e’tibori aniqlanadi. Chunki nufuzli korxonalarga raqobatchi korxona ayg’oqchilari, maxfiy xufiya iqtisodiyot vakillari kirib olishga harakat qiladilar. Bu vakillarning xodimlar tarkibiga kirib qolishi ushbu jamoada axloqiy, ruhiy muhitni buzishga, tegishli axborotlarni o‘g’irlab olishga harakat qiladi. Тabiiyki, bunday holat korxonaning ishini orqaga ketkizadi va foydani olish imkoni bo‘lmaydi. Хullas bankrotga uchraydi. Shu tufayli ochiq testlar ushbu xavfning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

  3. Тexnik tadbirlar. Hozirgi paytda raqobatchilar, turli uyushgan jinoyat guruhlar, reketchilar korxona haqidagi axborotlarni texnika orqali olishga harakat qiladilar. Bunga korxonaning saytiga kirib tegishli axborotni kompyuteр orqali olishi mumkinligini, telefonda gaplashgan gaplarni eshitish, orqali muhim shartnomalarga oid axborotlarni olishligi kabilarni kiritish mumkin. Bu holatlarga qarshi tegishli texnik tadbirlarni qo‘llash lozimki, toki bunday yo‘llar bilan maxfiy axborotlarning chetga chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmasin.

  4. Rag’batlantiruvchi tadbirlar. Korxona xavfsizligi bilan shug’ullanadigan o’z xodimlarini doimiy ravishda rag’batlantirib borishi lozim. Odamlarga korxona qanchalik g’amxo’rlik qilsa odamlar ham shunga javoban korxonani asrab avaylashga harakat qiladi. Bunda korxonaning xavfsizligi bilan bog’liq jarayonlarga faqat korxonaga sodiq kishilarni jalb etish lozim bo‘ladi. Zero xodimda sodiqlik bo‘lmasa korxonaning tashqi raqobatchilari avvalo, korxonaning xodimlarini qo’lga olishga harakat qiladilar. Shu tufayli maxfiy axborotlarga har kimni yaqinlashtirib bo‘lmaydi.



Yüklə 60,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin