Buxoro davlat universiteti talabalarining muomala madaniyati



Yüklə 14,37 Kb.
səhifə1/4
tarix14.04.2023
ölçüsü14,37 Kb.
#97985
  1   2   3   4
2 5407044202787773800


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


TALABALARINING MUOMALA MADANIYATI”
MAVZUSI BO’YICHA
TUZILGAN
SOTSIOLOGIK TADQIQOT DASTURI


Muammoning nazariy asosi:
Bugungi kunda talabalarning muomala madaniyatining yomonlashib borishi va salbiy oqibatlarining kelib chiqish sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, diniy-axloqiy tarbiyasi hamda ularning so’zlashuv odobi, kattalarga bo’lgan hurmatini oshirish, kitobga bo’lgan mehrini yanada takomillashtirish maqsadida sotsiologik so’rovnoma olinadi.
Muomala madaniyati, qat’iy tartibga asoslangan axloqiy me’yor hisoblanadi. Ular o’zgalarni ranjitmasliklari, birovga yomon so’z aytmasliklari hamda suhbatlashganda ehtirosga berilmasliklari talab etiladi.
Odamlar o’rtasidagi munosabatni belgilaydigan muomala inson yuragini ko’zguda aks etgandek namoyon etadi. Kishining so’zidan muomalasidan uning qanday inson ekanligini bilib olish qiyin emas. Inson kamolotida, hayot rivojida ish yuritishda, odamlar sihat-salomatligini muhofaza qilishda muomala madaniyati asosiy omildir.


Tadqiqotning maqsadi:
Emperik sotsiologik tadqiqot natijalarining ma’lumotlari asosida talaba yoshlarda muomala madaniyatini odob-axloqini shakllantiruvchi hamda vujudga keltiruvchi holatlarga izoh berilib, amaliy xususiyatlari o’rganiladi va tahlil qilinadi.
Buxoro Davlat Universiteti talabalarining dunyoqarashi, ularning ijtimoiy-madaniy faoliyatga munosabati aniqlanadi
Talabalarning o’qtuvchilarga bo’lgan muomala madaniyatini hamda munosabati o’rganiladi.
Talabalarda notiqlik san’atini rivojlantirish hamda dunyoqarashini boyitish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi.
Tadqiqotning vazifasi va ko’riladigan
masalalar:
Talabalarning muomala madaniyati tahlil qilinar ekan, muammoning ilmiy yechimini topish, buning uchun esa ijtimoiy jarayonlarga alohida e’tiborni qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Albatta,ushbu ijtimoiy jarayonlarni o’rganayotganda universitet ichki sharoitlari va mutaxassisliklar xususiyatlaridan kelib chiqib, muammoni tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblagan holda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
-Talabalar o’rtasida ijtimoiy kelib chiqishi, tashqi ko’rinishiga qarab muomala qilinishini oldini olish.
-Talaba yoshlarda muomala madaniyatini yaxshilash va uning ruhiyatini nazorat ostida saqlashning ichki va tashqi ta’siri vositalari o’rganiladi.



Yüklə 14,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin