Tadqiqotning foydalanish uslubi:
Tadqiqot Buxoro Davlat Universiteti Tarix va yuridik fakuliteti talabalari ishtirok etishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Obyekt sifatida fakultetning 1-kursdan 4-kursgacha bo’lgan talabalari tanlab olinadi. Talabalarning fikri va mulohazalari quyidagi holatlarda bir-biriga muvofiq taqqoslanadi.
-jinsi;
-millati;
-kursi;
-hududi;
-yoshi;
-ta’lim yo’nalishi;
Tadqiqot predmeti:
Muomala madaniyatining yomonlashishi turli xil zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Johil kishi so’zning qiymatini va o’zining qadrini bilmagani uchun xushmuomala bo’lolmaydi.Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish va olishish uchun esa bilm, tafakkur, yuksak darajadagi xulqiy va nutqiy madaniyat zarur. Shuning uchun muayyan hududlar (tuman, viloyat) va mutaxassislik yo’nalishlarini hisobga olgan holda, talabalarning qarashlarini so’rovnoma yordamida o’rganib, uni mamlakatimizdagi mutaxassislarning muomala madaniyati bo’yicha ilmiy qarashlariga tayangan holda tahlil qilish ushbu tadqiqot ishining predmeti hisoblanadi.
Asosiy tushunchalarning nazariy
talqini:
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin dastlabki o’rtaga tashlangan eng dolzarb muammolardan biri ma’naviyat bo’ldi. Hozir ham bu muammo jamiyatimizning diqqat markazida. Muomala madaniyatidagi ayrim bo’shliqlarini to’ldirish barobarida muomala madaniyatining tarixiy ildizlari, milliy va umuminsoniy xususiyatlari, an’anaviy va zamonaviy ko’rinishlari shaxs kamolotida tutgan o’rni borasida mulohaza yuritiladi.
Asosiy tushunchalarning emperik
talqini:
Har qanday jamiyatda yoshlarga yetakchi kuch va kelajak davomchisi sifatida qaraladi. Muomala madaniyati ham keng ma’noda insonning butun hayoti va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon bo‘lib, u oilada, jamiyatda, jamoada shakllanadi. Muomala madaniyati insonning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dunyoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi. Xalqimizda azaldan, muloqot salomlashish madaniyatidan boshlanadi. Lekin shunga qaramay talabalarda salomlashish madaniyati past. Muomala madaniyatining buzilishi talaba yoshlarda tarbiyasini izdan chiqarishga, guruh ichida guruhchalar paydo bo’lishiga olib keladi. Zero ma’naviyatsizlik har qanday jamiyatmi tanazzulga olib borishi shubhasiz. Shu sababli muomala madaniyatini emperik jihatidan o’rganish quyidagi gipotezalarni ilgari surish maqsadga muvofiq deb hisoblandi:
Dostları ilə paylaş: |