Buxoro davlat universiteti


Tayyorgarlik davrida mashg’ulotning asosiy vazifalari



Yüklə 337,03 Kb.
səhifə36/47
tarix02.01.2022
ölçüsü337,03 Kb.
#44807
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47
(boshlang’ich tayyorgarlik qisqa masofaga yugurishda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish

Tayyorgarlik davrida mashg’ulotning asosiy vazifalari. Umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT)ni takomil-lashtirish. Engil atletikaning tanlangan turiga tatbiq qilgan holda kuch, tezkorlik va boshqa jismoniy sifatlarni yanada rivojlantirish. Axloqiy va irodaviy sifatlarning shakllanishi. Texnikani takomillashtirish. Taktika elementlariga ishlov berish. Engil atletikaning tanlangan turi nazariyasi va usuliyati, shuningdek, gigiena va o’z-o’zini nazorat qilish sohalaridagi darajasini oshirish.

Bu vazifalar engil atletikachilarning tayyorgarligi hamda ixtisosligiga qarab u yoki bu darajada hal qilinadi. Masalan, langarcho’p bilan sakrovchilar texnikani o’zlash-tirish va maxsus jismoniy tayyorgarlik (MJT)ga ko’p vaqt sarflasalar, yuguruvchilar maxsus zaminni yuzaga keltirishga ko’proq e’tibor beradilar.

Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, tayyorgarlik davri: umumtayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik bosqichlariga bo’linadi. Ularning birinchisida UJT va texnikani o’zlashtirishga, ikkinchisida maxsus tayyorgarlikka katta e’tibor qaratiladi. Biroq qo’yilgan vazifalardan kelib chiqib, bosqichlarning umumiy yo’nalishi almashtirilishi mumkin. Masalan, jismonan yaxshi tayyorgarlik ko’rgan bar’erchilar, uloqtiruvchilar, langarcho’p bilan sakrovchilar birinchi bosqichdayoq texnika ustida ko’proq shug’ullanish-lari mumkin, lekin jismoniy tayyorgarligida kamchilik-lari bo’lgan engil atletikachilar esa unga alohida ahamiyat berishlari zarur. Agar bu borada siljishlar sezilarli bo’lmasa, ikkinchi bosqich birinchi bosqich yo’nalishidan iborat bo’lishi mumkin. Ayni vaqtda, tayyorgarlik davrida, ayniqsa, engil atletikachilarning texnik turlarida maxsus yo’nalish ham e’tiborsiz qolmasligi kerak.

Katta yillik stiklda tayyorgarlik davri, odatda, o’z ichiga yana qishki musobaqalar bosqichini ham oladi. Garchi ko’pincha bu bosqich uzaysa ham, u asosan fevral oyida yuz beradi. Engil atletikachilar yanvardanoq musobaqalarda ishtirok eta boshlaydilar va martning birinchi yarmida ularni tugatadilar. Qishki musobaqalar chegaralarining kengayishi, ayniqsa, yuqori toifali engil atletikachilar uchun, garcha ular yillik stikl bo’yicha shug’ullansalar ham (o’rta va uzoq masofalarga yuguruvchilar, sportcha yuruvchilar, stipel-chezchilar va b.), qonuniydir. Yillik stikl bo’yicha shug’ullanadigan boshqa engil atletikachilar qishki musoba-qalarda kamroq – 5-7 marta, mashg’ulotlar davomida, ularga maxsus tayyorgarlik ko’rmagan holda ishtirok etadilar. Bunday musobaqalarda mashqlanganlik darajasi ortadi, irodaviy sifatlar shakllanadi va erishilgan muvaffaqiyat-lar sinovdan o’tadi. Sportchining yutuqlarini faqat engil atletikaning tanlangan turidagina emas, jismoniy va maxsus tayyorgarlik darajasini belgilovchi boshqa turlarda ham sinovdan o’tkazish juda muhim.

Agar tayyorlangan engil atletikachi qishki bellashuv-larda yuqoriroq natijalarga erishmoqchi bo’lsa, u maxsus 1-2 haftalik tayyorgarlikni o’tkazib, start oldidan oxirgi haftada yuklamani ancha kamaytirishi yoki 2 stiklli yillik mashg’ulot tizimiga o’tishi kerak. Ikki stiklli yillik rejalashtirishda qishki musobaqalar taqvimini kengay-tirish va natijada unga tayyorgarlikni kuchaytirish O’zbekiston sport ustalari (SU) va xalqaro toifadagi sport ustalarining (XTSU) tayyorlanish sur’atini oshirishda alohida ahamiyatga ega. Bu holda ikkinchi stiklda (yozgi musobaqalarda) engil atletikachilarning yutuqlari yanada yuqoriroq bo’lishi lozim. Qishda mashg’ulotni jadallash-tirish hisobiga eng yuqori natijalarni maqsad qilib qo’yib shug’ullanish ham mumkin, lekin buning ikkinchi stikldagi natijalarga zarar etkazish ehtimoli bor. Tayyor-garlik davrida mashg’ulotlar yopiq inshootda va ochiq havoda o’tkaziladi. Keyingi yillarda qish faslida mamlakatning o’rta qismida mashg’ulotlarni tashkil qilishning juda oqilona tartibi yuzaga keladi, uning asosida ochiq havoda bajariladigan mashqlarni yopiq inshootlarda bajarila-digan mashqlar bilan muntazam ravishda (imkon qadar har bir davrda) uyg’unlashtirib qo’llash yotadi. Tajriba ma’lumotlariga ko’ra, qishda ochiq havoda harorat 22-25oS bo’lganida ham shug’ullanish mumkin, lekin mashg’ulotlar muddati cheklangan bo’lishi zarur. Bunda juft-juft bo’lib bajariladigan mashqlarni, oqim shaklida, aylanma usul-lardagi mashqlarni ko’proq qo’llash, o’yin va estafetalardan foydalanish lozim. Tushuntirish ishlarining bir qismini bino ichida, tashqariga chiqmay turib amalga oshirish tavsiya qilinadi.

Bahorda ham mashg’ulotlarning bir qismi ochiq havoda o’tkaziladi. Bunda kross, uloqtirishlar, qisqa muddatlarga yugurishning har xil turlari, maxsus mashqlar, og’irliklar bilan bajariladigan mashqlar qo’llaniladi (shug’ullanuvchi-larning engil atletika ixtisosligi, u yoki bu sifatni rivojlantirish zaruratiga muvofiq). Odatda, mart oyidayoq mamlakatning o’rta qismida engil atletikachilarning mashg’ulotlarini butunlay ochiq havoga, yoz faslidagiga yaqinlashtirilgan mashg’ulot o’tkazish joylariga ko’chirish mumkin. Mashg’ulotlarning yo’nalishi yanada ko’proq ixtisos-lashuv tomoniga o’zgaradi (yugurishda tezkorlikni rivoj-lantirish, maxsus chidamlilik darajasini oshirish, texnikani o’rganish va takomillashtirish kabilar).

Nihoyat, tayyorgarlik davrida tanlangan tur bo’yicha takomillashuv sportchining UJTga, uning funkstional imkoniyatlarini oshirish, eng muhim jismoniy sifatla-rini, irodasini imkon qadar rivojlantirishga yo’nalti-rilgan katta ishlar fonida o’tishi kerakligini ko’rsatib o’tish lozim. Har doim mashg’ulotning shiddati masalasini yodda tutish zarur: u asta-sekin orttirib borilishi, biroq musobaqa davriga xos bo’lgan chegaragacha etmasligi shart. Tayyorgarlik davrida mashg’ulotning katta hajmi yuqori darajadagi shiddat bilan ziddiyatga kirishishi mumkin. Tayyorgarlik davri yakunlanib, sportchilar musobaqa davriga o’ta boshlagani sayin mashg’ulot yuklamasi hajmining egri chizig’i quyi tomonga, shiddat egri chizig’i yuqoriga qarab ketishi kerak. Bu – prinstipal chiziq. Amalda hajm va shiddat chiziqlarining yo’nalishini belgilash ancha murak-kab. Ularning o’zgarishi mashg’ulot jarayonining borishi, sportchining ahvolidagi o’zgarishlar va uning ish qobiliyati bilan belgilanadigan mashg’ulotning vazifalariga bog’liq.


Yüklə 337,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin