Buxoro davlat universiteti


Musobaqa davrida mashg’ulotlarning asosiy vazifalari



Yüklə 337,03 Kb.
səhifə38/47
tarix02.01.2022
ölçüsü337,03 Kb.
#44807
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47
(boshlang’ich tayyorgarlik qisqa masofaga yugurishda musobaqaoldi tayyorgarligini rejalashtirish

Musobaqa davrida mashg’ulotlarning asosiy vazifalari.

1. Tanlangan ixtisoslikdan kelib chiqib jismoniy hamda axloqiy-irodaviy sifatlarni yanada rivojlantirish.

2. Sport texnikasi ko’nikmalarini mustahkamlash va, agar zarur bo’lsa, ularni takomillashtirish.

3. Ishlab chiqilgan taktikani o’zlashtirish va muso-baqa tajribasini egallash.

4. UJT va maxsus “poydevor”ni erishilgan darajada tutib turish, etarlicha tayyorgarlik ko’rmaganlarda bu darajani yana ham oshirish.

5. Nazariy bilimlar darajasini oshirish.

6. Tarbiyaviy vazifalarni hal etib borish.

Bu davrda mashqlanganlik darajasini ko’tarish, yanada yuqoriroq sport natijalariga erishishga, sport formasini saqlashga intilish kerak. Mashg’ulotlar yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni hal qilish bilan birga sportchining musobaqalarda. Har hafta oxiridagi tekshiruvlarda ishti-rok etishini ham ko’zda tutadigan haftalik stikllar asosida tashkil etiladi. Muhimi, bu davrda musobaqalar tayyorgar-likning eng asosiy vositalaridan biri bo’lishi kerak.

Ikki stiklli yillik mashg’ulotda birinchi (qishki) musobaqa davri bosqichlarga bo’linmaydi. Bu davrning nisbiy davomiyligi 1-1,5 oy, mashg’ulot va bellashuvlar uchun deyarli bir xil tashqi sharoit engil atletikachilarga darhol sport kurashiga kirishib ketish imkonini beradi. Buning ustiga, keyingi tayyorgarlik asosida ikkinchi musobaqa davrida (yozda) yana ham kattaroq g’alabalarga erishish uchun bu davrda hatto rekord natijalar ham kuch imkoniyatlarining zahirasi bilan ko’rsatilishi lozim.

Bir stiklli yillik mashg’ulotda musobaqa davri ikki bosqichga taqsimlanadi: ilk musobaqalar bosqichi – 1 oy (iyun), Gran-Pri musobaqalari hamda G.Kasanova va T.Kalpa-kovalarga bag’ishlangan turnirlar; asosiy musobaqalar davri – 2 oy (iyul-avgust), eng nufuzli musobaqalar – Osiyo o’yinlari, jahon chempionatlari, Olimpiada o’yinlari.

Birinchi bosqichda engil atletikachilar musobaqalar-da ishtirok etishdan qo’rqmay ko’p shug’ullanishlari, lekin bunda maqsad ko’proq mashq qilish ekanligini yodda tutishlari kerak. Engil atletikaning turi, sportchining tayyorgarligi, uning asab tizimiga qarab, ba’zilar birinchi bosqichda kamroq musobaqalarda ishtirok etsalar ham bo’ladi, boshqalar ancha ko’p bellashishlari zarur. Bu erda alohida yondashuv juda muhim. Barcha engil atletikachilarga ilk musobaqa bosqichi oyligi juda muhim, chunki tayyorgarlik davrida yig’ilgan nimaiki bo’lsa, ularni stadionda yozgi musobaqalar sharoitida sinovdan o’tkazish lozim. Hatto tayyorgarlik davrida shiddat bilan mashq qilgan va qishki bellashuvlarda ishtirok etgan engil atletikachilar ham yozgi sharoitda mashg’ulotlarning dast-labki kunlarida eng yuqori sport yutuqlariga erishishga harakat qilmasliklari kerak. Birinchi bosqichdagi muso-baqalarda qatnashish mashg’ulot rejasida aytarli o’zgarish-larga olib kelmasligi zarur. Eng avvalo, musoba-qalar oldidan yuklamalarni pasaytirish yaramaydi. Musobaqa-larda ishtirok etgan sportchilar yangi sharoitga ko’nika-dilar, o’z imkoniyatlarini sinaydilar, mashqlangan-lik darajasini oshiradilar, o’z mashg’ulotlari samarador-ligiga baho beradilar. Odatda, dastlabki musobaqalardan keyinoq mashg’ulot jarayoniga tuzatishlar kiritib, keyingi musobaqalarga yaxshiroq tayyorlanishga imkon beradigan xulosalarni chiqarish mumkin.

Musobaqa davrining ikkinchi bosqichida mashg’ulot-ning bosh maqsadi – bu vaqtda o’zi uchun eng yuqori natijalarga erishish. Bu vaqtda engil atletikachilar mashg’ulotlar hajmini kamaytirib, ularning shiddatini oshiradilar. Aynan shuningdek, bosqichda sportchilar eng yaxshi sport formasiga ega bo’lib, yuksak va barqaror natijalar ko’rsatishga qodir bo’ladilar.

Keyingi rivojlantirish va takomillashtirishning vazifalari har bir sportchi uchun alohida holda hal etiladi. Bu vaqtdaUJT, egiluvchanlik hamda maxsus “poydevor”ni erishilgan darajada tutib turish, shuningdek, agar kerak bo’lsa, texnika ustidagi ishlar umumiyligicha qoladi.

Musobaqa davrida mashg’ulot vositalari bahordagidek rang-barang emas. Endi ayni engil atletikaga xos tanlangan maxsus mashqlardan foydalaniladi. Bajarish usullari va yo’llarini o’zgartirish, shuningdek, shug’ullanish joylarini (stadion, bog’, o’rmon va h.k.) o’zgartirish orqali xilma-xillikka erishiladi. Faol dam olish va mashqlanganlik darajasini saqlash uchun har xil mashqlar va joylardagi kross qo’llaniladi.

Musobaqa davrining ikkinchi bosqichida jismoniy jihatdan yaxshi tayyorlangan engil atletikachilar uchun maxsus mashqlar yuklamasini kamaytirish mumkin. Ular texnikadagi ko’nikmalarini tanlangan engil atletika turini ko’p marotabalab maksimal shiddatning 90-95% ga teng shiddat bilan takrorlab mustahkamlashlari zarur. Agar texnika hali mukammal bo’lmasa, uni mustahkamlash mumkin emas, balki yangi darajaga ko’tarishga intilib, tirishqoqlik bilan takomillashtirish lozim. Oldindagi musobaqalar texnika ustida ishlashga halal bermasligi kerak. Ko’p yillar davomida texnikadagi nuqsonlar tufayli sezilarsiz natijalar ko’rsatib yurgandan ko’ra, yaxshisi, sal kechroq – bir-ikki yildan keyin yuksak g’alabalarni qo’lga kiritgan afzal.

Musobaqa davrida mashqlanganlik darajasini oshi-rishda musobaqalar, sinov-saralash (prikidki) va katta yuklamali mashg’u-lotlar jiddiy ahamiyatga ega.

Sportchi yil davomidagi musobaqalardagi umumiy ishtirokini aniq qilib olishi va ularning ichida asosiylarini va eng mas’uliyatli musobaqalarni aniq qilib olishi kerak. Sportchi faqat engil atletikaning o’zi shug’ullanadigan turigina emas, tayyorgarlik vazifalaridan kelib chiqib, uning boshqa turlari bo’yicha musobaqalarda ham ishtirok etishi lozim.

Engil atletikachi uchun yilning eng muhim musoba-qalarini avvaldan belgilab, uning oldiga muayyan vazifa qo’ygan ma’qul – o’zi uchun eng yaxshi natijani ko’rsatish yoki g’alaba qozonish. Har bir alohida mas’uliyatli musobaqaga maxsus, quyida ko’rsatilganidek, bevosita musobaqa oldi tayyorgarligi bosqichi asosida tayyorlanish zarur.

Taniqli sportchilar eng mas’uliyatli musobaqalarga psixologik jihatdan ancha ilgari, ba’zan bir yil, hatto undan ham ko’proq muddat davomida tayyorlana boshlaydilar va og’ir, shiddatli mashg’ulotlarga o’zlarini hozirlaydilar.


Yüklə 337,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin