Buxoro davlat universiteti



Yüklə 110,82 Kb.
səhifə11/59
tarix01.01.2022
ölçüsü110,82 Kb.
#50793
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Fizika fanini bosqichli o’qitish xususiyatlari

I bob bo’yicha xulosa

Uzviylik-o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni asta-sekinlik bilan kengayib, chuqurlashib, murakkablashib borishini ko‘zda tutadi. Maktab ta‘limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi bosqichlari orasida uzviylik va uzluksizlikni ta‘minlash darkor. Ta‘lim bosqichlari orasida fizika fanini yaxlit holda o‘rgatish nazarda tutiladi. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassalarida ishlaydigan fizika fani o‘qituvchilari maktab ta‘limidan xabardor bo‘lishi kerak. Birinchi bosqich maktab ta‘limiga tayangan holda ikkinchi bosqich o‘rta maxsus ta‘limi davom ettiriladi, maktab ta‘limiga tayangan holda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi dasturlari va darsliklarini hamda o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish lozim. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratishda o‘rta maxsus kasb-hunar ta‘limi muassasalarida ishlaydigan tajribali o‘qituvchilarni jalb etish kerak. Bir necha muqobil darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini yozish hamda ularni amaliyotda sinab ko‘rish kerak. O‘quvchining yoshi, egallashi mumkin bo‘lgan zaruriy bilimlar va mavzuning murakkabligi e‘tiborga olinishi lozim,chunki darsliklardagi mavzular ilmiylikka e‘tibor berilgan bo‘lib, lekin oddiy tushunarli holda yozilmagan .

Yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yaratishda nazariy materiallar sodda holda tushuntirilishi, mantiqiy topshiriqlar, qiziqarli masalalar va boshqalardan iborat bo‘lsin. Shuningdek bilimingizni tekshiring(savollar), 3 darajali testlar, o‘ylang(muammoli savollar), uyda bajarish uchun savol va masalalar, qiziqarli tajribalar o‘rin olsin. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq:

1. Dasturni qayta ko‘rib chiqish. (Dasturni yaratishda ilmiy Kengashda maktab va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limida ishlaydigan tajribali o‘qituvchilarni jalb etish)

2. Dasturga tayangan holda bir necha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar yozish.

3. Dasrlik va o‘quv qo‘llanmalar yozishda tajribali o‘qituvchlarni ishtirokini ta‘minlash.

Ta‘limda uzviylikni amalga oshirishda maktabda o‘qitiladigan murakkab mavzular o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassasalariga o‘quvchilar o‘zlashtira oladigan ba‘zi mavzular o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi muassassalaridan maktab ta‘limiga o‘tkazildi. Ba‘zi mavzular kasb- hunar kollejlari va akademik litsey o‘quvchilari yoshiga xosligi va murakkabligi sababli maktab ta‘limidan chiqarildi. Uzviylashgan o‘quv dasturini kollej va akademik litseylarda joriy etish uzluksiz ta‘lim tizimiga asos bo‘ladi.


Yüklə 110,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin