2.2.Fizika fanidan uzluksiz majburiy ta’lim tizimining bosqichlari
Dunyoning rivojlangan davlatlari hamda mamlakatimizda yaratilgan chet tillardan uzluksiz ta’lim tizimi standartlari va o’quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasidan kelib chiqib, fizika o’quv predmeti bo’yicha boshlang’ich ta’limdan boshlab, akademik listey va kasb-hunar kollejini bitirgunga qadar o’rganiladigan bilimlar (tushunchalar, qoidalar, qonunlar, ta’riflar) o’quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda darajalangan tizim ishlab chiqildi. Bunda, A1 daraja 6-sinflar uchun, A2 daraja 7-9-sinflar, B1 daraja o’rta maxsus kasb-hunar ta’limining 1-2-kurslari uchun belgilandi.
Bundan tashqari, ta’limda har bir o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida o’quvchilarda, shu fanning o’ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, fizika faniga tegishli xususiy kompetenstiyalar ham shakllantiriladi.
Kompetenstiya - fan bo’yicha egallagan nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni echishda foydalanib, amaliyotda qo’lay olishidir.
Dostları ilə paylaş: |