1.‘I got the idea of poisoning the mead from the Mudblood Granger, as well, I heard her talking in the library about Filch not recognising potions ...’
‘Please do not use that offensive word in front of me,’ said Dumbledore. 2
2. ‘Hermione Granger,”’ Scabior was saying, ‘“the Mudblood who is known to be travelling with ’Harry Potter. ’3
Shunga qaramay, Germiona sehrgarlar orasida eng kuchlilari safidan o`rin oladi.
Albus Dambldor - Hogvarts maktabi direktori, Garrining maktabdagi eng yaqin ustozlaridan biri, shuningdek asardagi yoshi eng katta qahramon. Albus ismi lotin tilidan kelib chiqqan bo`lib, “oq”, “donolik” degan ma’nolarni anglatadi.4 Oq rang barcha xalqlarda poklik, soflik, yaxshilik ramzi sanaladi. Albus Dambldor doim Garriga to`g’ri yo`lni ko`rsatib turadigan nur, ma’naviy yo`lboshchi qahramondir. Asarda ism uning yoshi, ko`rinishi, hayotiy tajribasi va ezgulik tarafdori ekaniga ishora bo`lib, Dambldor tasviri quyidagicha beriladi:
“…He was tall, thin and very old, judging by the silver of his hair and beard, which were both long enough to tuck into his belt... His blue eyes were light, bright and sparkling behind half-moon spectacles and …this man’s name was Albus Dumbledore.”1
Dambldor Hogvartsda va sehrgarlar dunyosidagi yoshi ulug` sehrgarlardan bo`lgani sababli, uning sehrgarlik va hayotiy tajribasi ustun edi. U Garriga har doim to`g`ri yo`l ko`rsatib turar, o`z maslahatlari bilan Garrini qiziqtirgan muammolarga javob topishga yordam berardi. Aynan Dambldor ishlab chiqqan reja asosida ish ko`rilgani uchun oxir-oqibat Voldemortni mag`lubiyatga uchratishga muvaffaq bo`lishadi, bu yo`lda Dambldor hatto o`z hayotini ham qurbon qiladi.
Asarning boshidan so`ngiga qadar butun sehrgarlar olamini qo`rquvga solgan qahramon Voldemort ismi nafaqat qahramonning tabiatini, balki uning qismatini ham ko`rsatib turadi. “Mort” so`zi ko`pgina Yevropa tillarida “o`lim yoki yovuz” degan ma’noni anglatadi. Fransuz tilidan “vol-de-mort” birikmasi “o`limdan qochish” deb tarjima qilinadi.2 “Valde” so`zi Lotin tilida “buyuk, kuchli, dahshatli” ma’nolarini berishini hisobga olsak, “Voldemort”ni “dahshatli o`lim” deb tarjima qilsa ham bo`ladi. Voldemort eng kuchli, shu bilan birga eng yovuz sehrgar bo`lib, maqsadi yo`liga to`g’anoq bo`lganlarni dahshatli o`lim bilan jazolaydi, shuning uchun sehrgarlar uning ismini tilga olishga qo`rqishadi.
I fashioned myself a new name, a name I knew wizards everywhere would one day fear to speak, when I had become the greatest sorcerer in the world!’ 3
Voldemort haqida gapirganda ko`pchilik sehrgarlar Lord V. you-know-who ( siz o`sha ismini biladigan lord), He-Who-Must-Not-Be-Named (ismini tilga olish ta’qiqlangan) yoki the Dark Lord ya’ni, yovuz(qora) lord deb murojaat qilishadi. Birinchi kitobda, hatto Garri ham Vodemortni yuqoridagi so`zlardan biri bilan ataganda, Dambldor unga: “Hammani o`z ismi bilan chaqir. Ismdan qo`rquv uning egasiga bo`lgan qo`rquvni yanada kuchaytiradi”,- deb ta’kidlaydi.
-‘Sir?’ said Harry. ‘I’ve been thinking ... Sir – even if the Stone’s gone, Vol– ... I mean, You-Know-Who –’
-‘Call him Voldemort, Harry. Always use the proper name for things. Fear of a name increases fear of the thing itself.’1
Voldemortning ismi faqat uning kuch-qudratini emas, balki uning bu yovuz qilmishlari ortida qanday maqsad turganini ham ko`rsatadi. Hammani o`lim dahshati bilan qo`rqitgan Voldemortning o`zi ham aslida o`limdan qochardi, uning asl niyati qay yo`l bilan bo`lmasin abadiy tirik qolish usulini topish edi. Voldemort aslida yovuz sehrgarning o`z ismi bo`lmay, balki u shu ism orqali boshqalar qalbiga dahshat va qo`rquv solish uchun uni tanlagandi. Voldemortning asl ismi Tom Ridl bo`lib, kitobxon va hatto Garri ham bundan “Garri Potter va maxfiy xona” qismida xabar topishadi. Tom so`zi “Tomas” so`zidan kelib chiqqan bo`lib, “egizak” degan ma’noni anglatadi.2 Bu o`rinda ham Rouling yovuz lord uchun uning xususiyatini ochuvchi ism tanlagan, chunki yovuz lord bolaligidanoq ikki xil shaxsiyatga ega edi: o`qituvchilarga o`zini aqlli, bilimli va qoidalarga rioya qiladigan o`quvchi qilib ko`rsatar, yuragidagi yovuzlikni esa hech kimga sezdirmasdi. “Maxfiy xona” qismida Garri sehrlangan kundalik topib oladi va kundalik sohibi o`zini unga Tom Ridl deb tanishtiradi. Kundalik Tomning xotiralarini o`z ichiga olgan bo`lib, Tom uning ayrim qismlari bilan Garrini ham tanishtiradi. Tom bilan faqat kundalik orqali muloqot qilgan Garri uchun Tom Ridl haqiqatan ham xuddi topishmoqdek edi. Har bir topishmoqning vaqti kelib javobi topilganidek, asar so`ngiga kelib Tom Ridlning shaxsi ham, uning yovuz maqsadi ham ayon bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |