Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti ingliz tilshunosligi kafedrasi


Kesim ergash gapli qo`shma gaplar



Yüklə 72,05 Kb.
səhifə3/8
tarix01.04.2023
ölçüsü72,05 Kb.
#92140
1   2   3   4   5   6   7   8
Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakulteti

Kesim ergash gapli qo`shma gaplar. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim ergash gap deyiladi. Kesim ergash gap bosh gapga ko`rsatish olmoshi tarkibidagi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi:
Toleim shulki, jahonda bir guliston tanladim.
Bosh gap tarkibida ega vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gapga ega ergash gap deyiladi. Bunday ergash gaplar bosh gapga nisbiy so`zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida keluvchi –ki yuklamasi yordamida bog`lanadi. Qiziqki, uyquda ham miya o`z faoliyatini to`xtatmaydi. Bosh gap tarkibida hol vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi yoki bosh gap orqali ifodalangan mazmunning sababi, maqsadi, sharti, payti, holati, miqdor-darajasi kabilarni bildirgan ergash gaplarga hol ergash gaplar deyiladi. Bosh gap tarkibida to`ldiruvchi vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to`ldiruvchi ergash gaplar deyiladi.Bilinki, jim turib salomat bo`lish, gapirib malomatga qolishdan afzalroq. Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida qo`llangan ko`rsatish olmoshining ma`nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap deyiladi. Odamlar borki, kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
Bog`lovchisiz qo`shma gaplar va ularning turlari. Maxsus bog`lovchi vositalarsiz asosan ohang yordamida birikkan sodda gaplardan tuzilgan qo`shma gaplar bog`lovchisiz qo`shma gaplar deyiladi. Bunday qo`shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so`zlarning takrorlanishi, gap qurilishi umumiy bo`laklar vositasida birikadi. Kech kirdi,tevarak-atrofga qorong`ulik tusha boshladi. Bog`lovchisiz qo`shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha bo`ladi:
1. Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo`yiladi: Arava hijirlab borar, aravakash esa xirgoyisini bir zumga ham to`xtatmas edi
2. Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari o`zaro mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo`lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo`yiladi: Yomg`ir chelakdan quyganday sharillab yog`ardi; uning xayoli uzoq yoshlik paytlarida kezar edi.
3. Bog`lovchisiz qo`shma gapning ikkkinchi qismi birinchi qismning sababini bildirsa, izohlasa, to`ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo`yiladi:
Gap shu: ertaga men bilan yo`lga chiqasiz.
4.Agar bog`lovchisiz qo`shma gap qismlari o`zaro zidlik yoki o`xshashlik munosabatiga kirishgan bo`lsa, ular orasiga tire qo`yiladi: Qor yog`di- don yog`di.
Yoshim yetmish ikkida - o`zim yigitman. Yuqoridagi olingan ma’lumotlarga asoslanib, shunday xulosaga kelishimiz mumkinki, har ikki tilda ham qo’shma gaplar tuzilish jihatdan yetarlicha yoritilgan.1.2Hozirgi zamon tilshunosligida qo’shma qaplar hajmi masalasi. Qo’shma gaplar nazariyasida shuningdek, professor G’.M. Hoshimov tomonidan yaratilgan ―taksemik nazariya ham mavjud bo’lib, bu nazariya asosan mavjud qo’shma gaplarning tuzilish jihatidan hajmi masalasi tadqiq qilingan Professor G’.M. Hoshimovning olib brogan ilmiy tadqiqoti o’zi tomonidan yaratilgan taksemik birliklar nazariyasiga bag’ishlangan bo’lib, u zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri – qo’shma gaplar tipologik va umumiy sintaksisi nazariy asoslarini yaratishga hamda ― Turli tizimdagi tillarda qo’shma gap tipologiyasi mavzusiga bag’ishlangan. U qo’shma gaplarning ko’pchilik olimlar tomonidan hanuzgacha e’tiborga olinmay kelinayotgan so’z kabi yaxlit belgilik xususiyatiga jiddiy ahamiyat berib , shu asosda tadqiq etilayotgan birliklarga yondashishni qat’iy tamoyil qilib qo’ygan, natijada ularning bir qator munozarali jihatlariga jumladan, qo’shma gaplarning struktural – semantik tasnifi va tavsifi, ularning umumsintaktik maqomini tashkil etuvchi komponentlarning lisoniy tabiati, bog’lovchi vositalar turlariga o’zgacha yondoshib tegishli xulosa va yechimlarga kelgan. Uning tadqiqoti shuni ko’rsatadiki, sintaksis va uning birliklari bo’lgan monotaksema va politaksemalar har qanday til uchun universal daraja hisoblanadi. Taksema (taxeme) so’zida ko’pgina lingvistik birliklarni mujassamlashtirgan sintaktik birlik bo’lib, eng kamida bitta ega va bitta kesimdan iborat bo’ladi. Monotaksema (monotaxeme) bir ega-kesimlik shaklidan iborat bo’lgan gap – sodda gap bo’lsa, politaksema (polytaxeme) esa bir necha ega kesimlik shaklidan iborat bo’lgan gap – qo’shma gapdir.3

Yüklə 72,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin