Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   373
innovatsion

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 
1. Avliyoqulov N.X., Musaeva N. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent-
2008-yil 
2. Avliyoqulov N.X. Zamonaviy oʻqitish texnologiyalari – Toshkent, 2001 


289 
3. Adizov B.R. Boshlangʻich ta'limni ijodiy tashkil etishning nazariy 
asoslari. Ped.fan.dok. diss. T., 2003-yil 
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA SO‘Z 
TURKUMLARINI O‘RGATISH USULLARI 
M.Sharipova
BuxDUPI talabasi
So‘z turkumlarini bolalarga o‘rgatish 1-sinfdan boshlanadi. Boshlang‘ich 
sinflarda so‘z turkumlari “Predmetni bildirgan so‘zlar”, “Predmet harakatini 
bildirgan so‘zlar”, “Predmet belgisini bildirgan so‘zlar” va “Predmet sanog‘ini 
bildirgan so‘zlar” deb nomlangan mavzular doirasida o‘quvchilarga o‘rgatib 
boriladi. Bu darslar jarayonida o‘quvchilar kim? nima? kimlar? nimalar? nima 
qildi? nima qilyapti ? nima qiladi ? qanday? qanaqa? qancha? nechta? Kabi 
so‘roqlarga javob beradigan so‘zlarni bir-biridan farqlashni, so‘zlarga savol 
berishni o‘rganishadi. 
Boshlang‘ich 
sinf 
o‘quvchilariga 
ona 
tili 
darslarini 
o‘tish 
jarayonida,umuman olganda , darslarni o‘tish jarayonida turli o‘yinlar bilan dars 
olib borilsa , dars yanada qiziqarli va bolalarga tushunarli bo‘ladi. O‘yinlar har 
qanday dars turida qo‘llana olishi bilan ahamiyatga molikdir. O‘yinlar ham 
jamoaviy, ham individual bo‘lishi mumkin. O‘yin uslubi darslardagi zerikarli bir 
xillikning oldini olishga yordam beradi, o‘quv jarayonida musobaqalashish ruhini 
olib kiradi, o‘quvchilarni jarayonga befarq qoldirmaydi, ularni darsga intilishlarini 
yanada oshiradi.
Ona tili darslarida o‘quvchi bolalarga so‘z turkumlarini tushuntirayotgan 
vaqtda turli o‘ yinchoqlarni ko‘rgazma sifatida bolalarga namoyish qilish, ularning 
qanday nomlanishi aytish, ular orqali turli harakatlarni ko‘rsatib berish, ularning 
turli sifatlarini, katta-kichikligi-yu, rangining qandayligini bolalar bilan muhokama 
qilish dars jarayoning yanada samaradorli o‘tishi va darsning o‘quvchilarga 
tushunarli bo‘lishini ta’minlab beradi. O‘quv materiallari turli xildagi ertak 


290 
qahramonlari, hayvonlar , shu bilan birga , mevalarning tasviri ham bo‘lishi 
mumkin. Masalan: o‘qituvchi har xil mevalarning tasvirini ko‘rsatadi va 
o‘quvchilardan uning qanday nomlanishini so‘raydi. Namoyish qilinayotgan 
suratlar yorqin ranglarda, orqadagi o‘quvchilarga ko‘rinadigan kattalikda bo‘lishi 
kerak. Bu jarayonni xohishga ko‘ra guruh bilan yoki o‘quvchilar bilan alohida-
alohida shug‘ullanib olib borish mumkin. Darsda mevalarning o‘yinchoq 
modellaridan yoki bu mevalarning o‘zidan ham foydalansa bo‘ladi. O‘quvchilar bu 
orqali ot nima ekanligini o‘zlashtiradilar. Bu misollar orqali nima? so‘rog‘iga 
javob bo‘luvchi , jonsiz buyumlar nomlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Kim? 
so‘rog‘iga javob bo‘luvchi otlarni tuhuntirish uchun esa insonlarning suratlari
namoyish qilinadi va kimlar tasvirlangani so‘raladi. Shu orqali ular kim? so‘rog‘i 
insonlarga nisbatan ishlatilishini bilib olishadi.
Sifat so‘z turkumini tushuntirish jarayonida esa o‘qituvchi ertak 
qahramanlaridan foydalanishi mumkin. Ularning suratini yoki tasvirini 
o‘quvchilarga ko‘rsatadi va ulardan bu narsalarni tasvirlab berishini so‘raydi . 
Bolalar bu yoshda ertaklarga juda qiziqadigan bo‘ladilar. O‘quvchilar tasvirlab 
berishganidan so‘ng o‘qituvchi ham ular bilan birga shu ertak mazmuniga to‘xtalib 
o‘tadi. Shundan so‘ng o‘qituvchi ham suratda tasvirlangan qahramonning tashqi 
ko‘rinishi haqida o‘zi gapirib beradi va o‘sha sifatlarni doskaga yozib boradi.
Ularning qanday? qanaqa? so‘roqlargajavob berishini aytib yana bir bor bolalar 
bilan o‘sha sifatlani jo‘r bo‘lib takrorlaydi . Ona tili darslarida bundan tashqari 
boshqa so‘z turkumlarini ham ko‘rib chiqish mumkin. Son so‘z turkumini 
tushuntirishda turli narsa buyumlar miqdorini tushuntirishga harakar qilish kerak 
bo‘ladi. O‘qituvchi son so‘z turkumining so‘rog‘ini doskaga yozadi. Qancha? 
nechta? so‘rog‘lari bilan tanishtirgach , o‘qituvchi bolalarga ikkita ko‘rgazmani 
ko‘rsatadi. Aytaylik, birida bitta meva surati, ikkinchisida shu mevaning ko‘ 
plikdagi rasmi tasvirlangan bo‘ladi. Misol keltirishda mevalardan boshqa 
narsalarni ham ko‘rgazma sifatida namoyish qilish mumkin. Ularga nisbatan 


291 
so‘roq beriladi-nechta meva bor? Suratdagi miqdorga qarab o‘quvchilar javobni 
aytadilar. Shu tariqa, o‘quvchilar bu so‘z turkumini ham o‘zlashtirishga muvaffaq 
bo‘ladilar. Ona tili darslarini o‘tishda boshqa usullardan ham foydalansa bo‘ladi. 
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi turli ko‘rgazma, o‘yinlar, dars o‘tish 
metodlari va usullaridan foydalansa, dars o‘tish ham darsni tinglab tushunish ham 
ancha maroqli bo‘ ladi, o‘quvchi darsda boshqa narsalarga chalg‘imaydi. Ayniqsa, 
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarda darsga nisbatan qanchalik darajada hurmat 
paydo bo‘lsa , katta sinflarda ham bolalar shu yo‘sinda davom etishadi. Hozirgi
zamon ilm-fan,texnika rivojlanib borayotgan ekan, ta’lim sohasida ham tub
o‘zgarishlar sodir bo‘lishi tabiiydir. Shunday ekan, yosh avlodga bilim berishda 
qo‘ llanilayotgan o‘qitish usullarini doimo takommilashtirib borish, o‘qituvchi o‘z 
mahoratini oshirib borishi lozim . Zero, ta’limda samaradorlik va sifatga erishish 
bosh omildir. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin