А D А B I YO T L А R:
1. I.A. Karimovning “Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni
tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning
eng
muhim
sharti”
mavzusidagi
xalqaro
konferensiyaning
ochilish
marosimidagi nutqi (17.02.2013. 22:55)
2. Sh.R. Bаrоtоv Tа’limdа psixologik xizmаt .Tоshkеnt 1999.
3. Z.T. Nishonova, Z.T. Alimova ”Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish
metodikasi” Tоshkеnt 2005.
4. “Sоg‘lоm ona va bоlа yili” dаvlаt dаsturi. – T.: «O‘zbekiston», 2016.
MONTESSORI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI
Zarina Ashurova Muxitdinovna
BuxDUPIMaktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.
Hanifa Ahliyeva Jalol qizi
BuxDUPI Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi.
Barcha rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’lim tizimida an’anaviylikdan
yiroqlashib, bolalar ta’lim – tarbiyasiga ijodiy yondashmoqdalar. Montessori
maktabgacha ta’lim muassasalari bunga namunadir. Montessori maktabgacha
ta’lim muassasalari Valdorf muassasalaridan tubdan farq qiladi. Valdorf
muassasalarida asosiy e’tibor bolaning ruhiy kamolotiga qaratilgan bo‘lsa,
Montessori muassasalarida bolalarning intellektual jihatdan erta rivojlanishiga
qaratilgan. Montessori maktabgacha ta’lim muassasalari 25 ta rivojlangan
278
mamlakatlarda tarqalgan bo‘lib, bu muassasalardagi barcha mashg‘ulotlar
noan’anaviy
tarzda
tashkil
etiladi.
Montessori
maktabgacha
ta’lim
muassasalarining asosiy maqsadi: bolalarga konsentratsiya, motivatsiya, o‘zini tuta
bilish va o‘qishga bo‘lgan erkin qiziqishni rivojlantirishdan iboratdir.
“
Montessori erta rivojlanish metodikasining asosiy tamoyillari:
1. Bolalar shaxsini hurmat qilish. Montessori uslubining asosini bolaning
shaxsiga, uning erkinligi, ehtiyojlari va qiziqishlariga hurmat ko‘rsatishdir. Har bir
bola o‘z qonunlariga ko‘ra rivojlanib boradigan noyob shaxsdir. Ota-onalar va
tarbiyachilar bolalarga o‘z qobiliyatlarini ochish va rivojlantirishda yordam
berishlari kerak.
2. O‘z-o‘zini rivojlantirish. Montessori metodikasining ma’nosi - bu o‘z-
o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini o‘rganish va bolaning o‘zini rivojlantirishidir. Bola
mustaqil ravishda rivojlanishi kerak. Bunda tarbiyachi unga yordam beradi. Ushbu
tamoyilni quyidagicha shakllantirish mumkin: “Menga buni o‘zim qilishimga
yordam bering”. Montessori maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim poydevori
Mariya Montessori metodikasidir”
78
. Mariya Montessori (1870-1952) italiyalik
vrach va o‘qituvchi bo‘lib, o‘zining pedagogik tizimi orqali dunyoda shuhrat
qozongan pedagog olimdir. Mariya Italiya tarixida tibbiyot kursini tugatgan
birinchi ayol edi. 1896-yilda u vrachlik darajasini oldi va Italiyadagi birinchi ayol
shifokorlardan biriga aylandi. Tez orada Mariya aqli zaif bolalar muammosi bilan
shug‘ullana boshladi va ular uchun o‘qitish uslublarini ishlab chiqdi. Uning
metodikasi o‘zini-o‘zi rivojlantirish tamoyiliga asoslangan edi. Tez orada Mariya
Montessori o‘qitayotgan aqlan zaif bolalar yozish, hisoblash va o‘qish qobiliyatlari
bo‘yicha sog‘lom bolalardan o‘zib ketdi. Bu haqiqiy sensatsiya edi. M. Montessori
usuli samarali ekanligini bilgandan so‘ng, sog‘lom bolalarni o‘qitish usullari
eskirganligi, ta’lim sohasiga bolalarni qiziqtirish uchun yangi metodika ishlab
chiqish kerakligini angladi. Shunday qilib, Mariya sog‘lom bolalarni o‘qitishning
78
Fauzek Y. I. Montessori bolalar bogchasi. -M. 1915
279
yangi usulini yaratishga qaror qildi. U butun hayotini metodika yaratishga
bag‘ishladi va natijada butun dunyoda tan olingan bolalarni o‘qitishning inqilobiy
usulini yaratdi. Montessori maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar an’anaviy
sinflarda o‘z tengdoshlari bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etadilar, ammo
mashg‘ulotlarning asosiy g‘oyasi shundan iboratki: bolalar xona atrofida erkin
harakatlanish va keng ko‘lamli amaliy mashg‘ulotlardan birini tanlash orqali
individual va o‘z xohish – istaklari asosida bilim olishlari kerak. Montessori
pedagogikasi o‘z o‘quvchilarining rivojlanish tezligini tezlashtirish va ularni
boshqa tengdoshlari bilan taqqoslaganda ko‘proq bilimga ega bo‘lish vazifasini
qo‘ymaydi. Haqiqiy maqsad bolada mustaqillik, o‘ziga bo‘lgan ishonch va
o‘qishga qiziqishni rivojlantirishdir. Montessori bog‘ida har kuni kichkintoylar
o‘zlari uchun faoliyatlarni tanlashda erkin. Bu bolaning faoliyatlarni zavqlanishini
ta’minlaydi. Tarbiyachilar “faoliyatlarda” bolalarni diqqat bilan kuzatishadi va
agar kerak bo‘lsa yordam berishadi, lekin bolaga ta’sir o‘tkazishga urinish mumkin
emas. Bundan tashqari, Montessori qo‘llanmalari va materiallari bola kattalardan
ko‘rsatmalarisiz mustaqil ravishda foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Mantessori
maktabgacha ta’lim muassasalarida bolaga yo‘naltirilgan ta’lim asosida pedagoglar
mas’uliyatni his etgan holda mashg‘ulotlar tashkil etadilar. Bola dastlab
maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurganda faqatgina o‘z-o‘ziga xizmat
qilishni o‘rganadi
79
. Shaxsiy buyumlarini jovonga joylashtiradi, guruhni tartibga
solishda yordamlashadi va eng qiziqarlisi barcha guruh bolalari pedagog bilan
birgalikda o‘zlari uchun turli tuman mevali va sabzavotli gazaklar tayyorlaydilar.
Iste’moldan so‘ng esa har bir bola o‘z idishini o‘zi yuvib qo‘yishi kerak. Sut, suv,
va sharbatlarni esa o‘zlari xohlagan vaqtda iste’mol qilishlari mumkin. Ya’ni oddiy
kundalik hayot yumushlari orqali bolada mustaqillik tuyg‘usi singdirib boriladi.
“Bolalar Montessori maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnatsevarlik asosida
79
Ketrin Mak Tamani. Montessori metodikasi. -T. 2018
280
tarbiyalanadi. Montessori maktabgacha ta’lim muassasalarining o‘quv dasturi besh
qismdan iborat. Bular quyidagilar:
-
madaniyatshunoslik mashg‘ulotlari bo‘limi;
-
amaliy mashg‘ulotlar bo‘limi; hissiy rivojlanish mashg‘ulotlari bo‘limi;
-
matematika mashg‘ulotlari bo‘limi;
-
chet tillari mashg‘ulotlari bo‘limi;
Madaniyatshunoslik mashg‘ulotlari bo‘limi o‘z ichiga - tarix, geografiya,
san‘at va musiqa kabi mashg‘ulotlarni qamrab olgan. Ko‘plab mavzular o‘quv
dasturining madaniy yo‘nalishi bo‘yicha ekskursiyaga birlashtirilgan. Bu kabi
ekskursiya mashg‘ulotlarida bolalar o‘zlarining hamjamiyati va atrofidagi dunyo
haqida ma‘lumot oladilar”
80
. Pedagoglar borliqdagi barcha jonzotlarni asrashni,
ular haqida g‘amxo‘rlik qilishni o‘rgatadilar. Madaniyatshunoslik mashg‘ulotlari
ham amaliy tarzda tashkil etiladi. Bolalar muzeylarga, madaniyat tashkilotlariga,
mashhur insonlar uylariga, hayvonot bog‘lariga, hattoki davlat organlariga, turli
uyushmalariga pedagoglar bilan birgalikda tashrif buyuradilar. Ularning ishlarini
kuzatadilar. Savollar berib, o‘zlarini qiziqtirgan hodisalar haqida bahs -
munozaralar tashkil etadilar. Har yili pedagoglar bolalar va ota-onalari bilan
birgalikda xayriya tadbirlarini tashkil etadilar. Bolalar uylariga tashrif buyurib
yetim bolalarga o‘yinchoqlar, kiyim kechaklar, ovqatlar, shirinliklarni o‘z qo‘llari
bilan tarqatadilar. Bu tadbirlar orqali bolalarda boshqa insonlarga nisbatan
muhabbat, g‘amxo‘rlik tuyg‘ulari rivojlantiriladi.
Amaliy mashg‘ulotlar bo‘limida bolalar kiyinish, gazak tayyorlash, nonushta
tayyorlash, dasturxon yozish, o‘simliklar va hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish kabi
kundalik hayotiy ko‘nikmalarni o‘rganadilar. Shuningdek, amaliy mashg‘ulotlar
davomida ijtimoiy hayotda tengdoshlari bilan muloqot qilish va muloqotdagi eng
zaruriy iboralar bilan tanishadilar. Masalan: iltimos qilish; minnatdorchilik
bildirish; mehribon va foydali bo‘lish; gapni to‘xtatmasdan tinglash; nizolarni
80
Pola Polk Lillard. Montessori metodikasi asosida ta’limga yondashuv. - Nyu-York: Schocken Books, 1996
281
tinch yo‘l bilan hal qilish. Montessori maktabgacha ta’lim muassasalarida har kuni
bolalarning to‘g‘ri muloqotga kirishishni o‘rganishlari uchun davra suhbatlari,
bolalar o‘rtasida dialoglar tashkil etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarda o‘ziga xos
ko‘nikmalarni o‘rgatishdan tashqari, mustaqillikni va biron kishining fikriga
qo‘shilmasa norozilik bildirish ham o‘rgatiladi”
81
. Keyingi bosqichda bolalar
mashg‘ulotlar davomida bajargan ijodiy asarlarini o‘zlari baholaydilar,
kamchiliklarini aytib o‘tib, yutuqlarini ta’kidlab o‘tadilar. Buning natijasida esa
barcha bolalarda erkin fikrlash qobiliyati vujudga keladi va bolalar o‘z fikrlarini
kattalar yonida qo‘rqmasdan ayta oladilar. Amaliy mashg‘ulotlarda bola o‘z
rivojlanishida yetakchi rol o‘ynaydi. Bu mashg‘ulotlarning mohiyati bolani o‘z-
o‘zini o‘qitishga, o‘z-o‘zini o‘rganishga va o‘z-o‘zini rivojlantirishga undashdir.
Shuning uchun tarbiyachining roli odatdagidan sezilarli darajada farq qiladi: u
bolani yetaklamaydi, balki unga ergashadi. Tarbiyachi amaliy mashg‘ulotlarda
bolalarning mustaqil faoliyatiga rahbarlik qiladi, o‘zlariga qiziq bo‘lgan ishlarga
e’tiborni qaratishga yordam beradi va bolaning yutuqlarini diqqat bilan kuzatib
boradi.
Hissiy rivojlanish yo‘nalishida bolalarga dunyoni turli xil sezgi a’zolari
bilan his etish, sezgilar orqali predmetlarni idrok etish mahorati o‘rgatiladi. Bu
bo‘limda asosan bolalarning sensor tarbiyasi rivojlantiriladi. Mashg‘ulotlar
davomida bolalar his – tuyg‘ularini mustaqil tarzda tushuntira berishlari talab
etiladi. Sensorli o‘rganish bolalarga atrofni tasniflashga va sezgi organlarining
rivojlanishiga yordam beradi. Bu matematika, geometriya va chet tillarini
o‘rganishda zarur bo‘lgan qobiliyatlarni shakllantiradi. Bolalar his – tuyg‘u orqali
tasniflash, saralash va ajratishni o‘rganadilar. Bolalar hissiy rivojlantiruvchi
mashg‘ulotlar davomida o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda
mustaqil ravishda o‘zlarida shaxsni shakllantiradilar. Buning uchun bolaga erkin
va mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Erkinlik va mustaqillik bolaga dunyoni
81
Barbara Isaks. Montessori yondashuvini tushunish: Amaliyotda dastlabki ta’lim . -T. 2012.
282
o‘z tempida o‘rganishga, mustaqillikni his qilishga, bilim faoliyatiga doimiy
qiziqishni saqlab qolishga imkon beradi.
“Matematika mashg‘ulotlar bo‘limida bolalar amaliy mashg‘ulotlar orqali
raqamlarni aniqlashni, amallarni buyumlar orqali miqdoriga moslashtirishni, 10 lik
tizimida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishni mashq qiladilar.
Chet tillari mashg‘ulotlari bo‘limi. Tilshunoslik mashg‘ulotlarida bolalar
o‘z ona tillarini va yana bitta chet tillaridan birini o‘rganadilar. Mashg‘ulotlarda
bolalarning so‘z boyligi oshiriladi yozish va o‘qish uchun zarur bo‘lgan
ko‘nikmalar rivojlantiriladi. Amaliy materiallardan foydalangan holda, bolalar
harflar tovushlarini, so‘zlarni qanday qilib birlashtirishni, qanday qilib jumlalar
tuzishni o‘rganadilar. Ushbu ko‘nikmalarga ega bo‘lgach, bolalarda o‘z-o‘zidan
o‘qish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Mantessori maktabgacha ta’lim muassasalarida
bolalarga yozish faqat qalamlarda o‘rgatiladi. Pedagoglar barcha mashg‘ulotlarni
ochiq havoda tashkil etadilar.
Montessori maktabgacha ta’lim muassasalarining ijobiy tomonlari:
-
qoidalar asosida yashashni emas, balki ularni yaratishga o‘rgatadi;
-
bolalarni mustaqil o‘qishga undaydi;
-
bolalar o‘zlari qiziqqan mashg‘ulotlarni o‘rganadilar;
-
bolalarni o‘z faoliyatini mustaqil ravishda tashkil etish va rejalashtirishga
o‘rgatadi;
-
o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikni o‘rgatadi;
-
bolalarni o‘zaro bir-birlariga yordam berishga o‘rgatadi;
-
o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mustaqil ravishda javob izlashga o‘rgatadi;
-
bolalar xatolarini o‘zlari topishga va tuzatishga o‘rganishadi;
-
bolalar atrof-muhit, dunyo bilan tanishtiriladi;
-
kuchli mantiqiy va tahliliy qobiliyatlar rivojlantiriladi;
-
aql va nutqni rivojlantiradi. Bolaga erta bolalikdan xos bo‘lgan bunday
fazilatlar unga keyingi hayotda yordam beradi, jamiyatda yaxshi moslasha oladi.
|