Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   373
innovatsion

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
1. Троицкий В. Ю., Стилизация, в кн.: Слово и образ, М., 1964;
2. Савенко С., К вопросу о единстве стиля Стравинского, в сб.: И. Ф. 
Стравинский, М., 1973;
3. Кон Ю., О двух фугах И. Стравинского, в сб.: Полифония, М., 1975. 
4. Музыкальные культуры народов: Традиции и современность. М., 
1973. С. 289– 291. Полный текст сообщения опубликован в кн.: Холопова В., 
Чигарева Е. Альф¬ред Шнитке. М., 1990. С. 327–331. 
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM 
ASOSIDA DARSLARNI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI 
N.B.Adizova 
BuxDUPI dotsenti p.f.f.d. (PhD)

M.M.Murodova
BuxDUPI
magistranti.
 
Annotasiya. 
Ushbu tezisda boshlang‘ich sinflarda integrasiyalashgan ta’lim 
asosida darslarni tashkil etishning muhim ayrim jihatlari haqida firk mulohazalar 
nazariy va ilmiy tomondan yoritilgan. 
Kalit so‘zlar
: fan, boshlang‘ich, ta’lim, integratsiya, integration, integer, 
maktab,tarbiya,tabiat, botanika,geografiya. 
Taraqqiyotning 
hozirgi 
bosqichida 
integratsiyalashgan 
o‘quv 
yondashuvi maktab ta'limi sanalib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va 
kengaytirish asosida dasrlar samaradorligini oshirishga muhim ahamiyatga ega. 
Integratsiyalashgan ta’lim turli xildagi turlar, shaklari, usullar, obyektlar asosida 
qurilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini qurish uchun juda yaxshi xizmat qiladi.


268 
Integratsiya asosidagi ta’lim ilmlarda mavjud bo‘lgan muammolar va 
tendentsiyalarni aks ettiradi. 
Keling shu o‘rinda integratsiya so‘zi va uning mazmun mohiyatiga 
e’tiborimizni qaratsakda, atamaning shakllanish haqida bayon etsak. 
Integratsiya 
(lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzidan)
1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik 
holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha;
2) fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga 
kechadi; 3) Ikki va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro 
muvofiqlashtirish va birlashtirish (qarang Iqtisodiy integratsiya). 
77
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida keltirilgan ushbu ta’rifga tayangan 
holda integratsiyalashgan ta’lim haqida fikr bildirar ekanmiz, maktabdagi barcha 
fanlar barkamol avlodni voyaga yetkazishda xizmat qiladi hamda ulardagi bilim, 
ko‘nikma, malaka, rivojlanish, dunyoqarash, ma’lumotni shakllanishida va 
oddiydan murakkabga qarab rivojlanishiga rol o‘ynaydi. 
Intergatsiyalashgan ta’lim boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini yosh 
xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan maqsadni 
aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. XIX-XX asrlar oralig‘ida 
pedagogikada kichik maktab o‘quchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning 
integratsiyalashgan kursini yaratish fikri paydo bo‘lgan. Bu fikr A.Y. Gerd, 
O.N.Kaygorodov, A.P. Pavlov nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular boshlang‘ich 
maktabga atrofdagi jonli va jonsiz dunyo haqidagi bo‘linmagan kursni kirgizishni 
talab qilishdi. Integratsiyalashgan ta'lim-tarbiya, fanlararo aloqalaning ayrim 
jihatlari mashhur pedagoglarning (Y. Komenskiy, O. Lokk, I. Gerbart, M. 
Pestalossi, K. Ushinskiy va boshq.), didaktiklarning (1.0. Zverev, MA Oanilov, 
V.N. Maksimova, S.P. Baranova, M.N. Skatkin va boshq.), psixolog olimlarning 
(E.N. KabanovaMeller, N.F. Talizina, Y.A. Samarina, G.1. Vergeles), medist 
77
77
 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


269 
olimlaming (M.R. Lvov, V.G. Goreskiy, N.N. Svetlovskaya, Y.M. Kolagin, G.N. 
Pristupova) ishlarida ko‘rib chiqishgan. 
Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalash muammosi akademik fanlar 
va usullar, vositalar va o‘quv shakllari asosida namoyon bo‘ladi. Biroq, eng arzon 
va jozibali amaliy jihatdan bu tarkibiy qismlarning intonentlarining integratsiyasi, 
bilimlarni rivojlantirish, jamiyat va inson tafakkur qonunlarini yaxlitlashtirishni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan. 
Ma’lumki, oliy ta’limda pedagogika fan tizimi o‘qitilishi yuksak aqliy 
salohiyatga ega bo‘lgan barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, 
shunga ko‘ra bugungi kunda davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan qabul qilingan 
muhim me’yoriy hujjatlar – “Ta’lim to‘g‘risida”gi (23.09.2020) Qonunda ko‘rsatib 
o‘tilgan barkamol shaxsni shakllantirish yo‘nalishlari, qonuniyatlari va 
tamoyillariga asoslangan holda keng ko‘lamli tadqiqotlarni amalga oshirish 
zaruriyatini talab etmoqda.
Integratsiyalashgan ta’lim asosida darslarni tashkil etishda sinflar kesimida 
tashkil etishda quyidagi masalalarga alohida ahamiyat qaratish lozim. Jumladan, 
maqsad va muammolarni o‘quvchi yoshiga nisbatan yo‘naltirish asosida; maktab 
tabiiy-ilmiy tizimidagi vazifalari asosida, qo‘shimcha o‘qitiladigan fanlar asosida,
integratsiya usullari va yo‘llari asosida, o‘quv rejasidagi fanlar asosida, kursni 
o‘rganishga sarflangan vaqt asosida, o‘quvchilar uchun qiyinlik darajasi asosida 
tashkil etish. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda darslarni tashkil etishda masalan, tabiat fani 
misolida ko‘radigan bo‘lsak, tabiiy fanlarni o‘qitishning tizim bo‘yicha davom 
ettirish va soddalashtirish uchun umumiy tushunchalar beruvchi, bolalarda tabiiy 
fanlarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish vazifasini bajaruvchi, tabiat haqida qiziqarli 
ko‘rinishda hikoya qiluvchi boshlang‘ich tabiiy fanlar kurslari (masalan, 
boshlang‘ich sinflardagi «Tabiatshunoslik») yaqin chegaradosh fanlar botanika, 


270 
zoologiya, biologiya, odam va uning salomatligi, geografiya, astronomiya singari 
fanlarni integratsiyalash asosida boshlang‘ich bilimlarni berishni taqozo etadi. 
Tabiiy fanlar asosini o‘rganishda o‘quvchilar kitob bilan ishlash, kuzatishlar 
olib borish, tajribalar o‘tkazish, olingan bilimlarni bir tizimga solish, turli o‘quv-
ta'lim ish faoliyati bilan to‘qnashadi. O‘quvchilami faoliyatning bir turi bilan 
tanishtiruvchi bir butun kurs yaratish maqsadga muvofiq. U o‘qitish jarayonining 
har bir vaqtida foydali bo‘lishi birgalikda kichik hajmda ham tabiiy fanlami 
o‘qitishda, o‘quvchilaming ortiqcha kuch sarf qilishlari muammosini hal qilishda, 
mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirislida yordam beradi. Bu sinfdagi 
integrativ kurslarni yaratish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq qilish bugungi kunda 
muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflarda integrasiyalashgan ta’lim 
asosida tabiiy fanlarni o‘zlashtirish natijalari shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek 
o‘quvchilari chet ellik tengdoshlarga nisbatan ko‘p ma'lumot o‘zlashtirishsa ham, 
uni tatbiq qilishda sezilarli darajada orqada qolishi aniqlandi shu bois o‘quvchilarni 
bugungi kunda yuksak intekktual salohiyatga ega bo‘lishlari uchun integrasiya 
asosida darslarni tashkil etish va o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni 
shaklantirishga va rivojlantirishga ko‘maklashadi. 
Xuosa qilib aytadigan bo‘lsak boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan 
ta’lim asosida darslarni tashkil etish bolalarda salbiy, xunuk, yomon narsalarga 
ham emotsional munosabatni rivojlantirishda, his-tuyg‘ulari uning jismoniy 
rivojlanishi bilan bog‘liq harakat qilishga, arifmetikaga, yozishga, tabiiy ko‘pgina 
boshlang‘ich tushunchalari va yana ko‘pgina narsalarga o‘rgatishga, o‘z kuch va 
imkoniyatlari darajasini bilishga va amalga oshirishda xizmat qiladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin