Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   373
innovatsion

Kalit so‘zlar:
axborot texnologiyalari, innovatsion texnologiyalar, 
zamonaviy kompyuterlar, pedagogik texnologiyalar, multimedia, annimatsiya, 
modellashtirish, interfaol metod, didaktik o‘yinlar, topshiriqlar. 
Boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi dars jarayonida axborot va 
kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llashi zaruriyatga aylanib ulgurdi. Hozirgi 
kunda davlatimiz tomonidan o‘qituvchilarning darslarga ijodiy yondashishini 
ta’minlash, ular faoliyatiga ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng joriy qilish hamda o‘quvchilarning dastlabki bilim egallash 
poydevori mustahkam bo‘lishi, barcha fanlarni o‘zlashtirishga qiziqishini oshirish 
maqsadida zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etib kelinmoqda. 
Bugungi kunda ta’lim jarayonini samarali va mazmunli tashkil etishda innovatsion 


304 
texnologiyalarning, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning 
o‘rni beqiyosdir. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil 
etishda o‘qituvchi dastlab: 
singari omillarni aniqlab olishi lozim bo‘ladi. 
Hozirgi kunda maktab ta’limi jarayonida yangi innovatsion zamonaviy 
axborot texnologiyalaridan foydalanish va uni o‘quv jarayonida qo‘llashga 
bo‘lgan, qiziqishga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday 
bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda maktab 
o‘quvchilari faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, yangi 
innovatsion zamonaviy axborot texnologiyalarida ularni egallayotgan bilimlarini 
o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni 
ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsni 
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu 
bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. 
O‘qituvchi dars jarayonini tashkil etar ekan, aynan darsning shakli, metodi 
va vositalari ta’lim jarayonining muvaffaqiyatli ta’minlanishiga olib keladi. Shular 
yordami bilangina o‘quv predmetining mavzusi borasidagi nazariy bilimlar 
o‘quvchilarga uzatiladi, o‘quvchilar tomonidan esa ushbu bilimlar qabul qilinadi. 
Dars mashg‘uloti uchun eng maqbul deb topilgan shakl, metod va vositalarning 
belgilanishi ta’lim jarayonining qariyb 90 foizlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. 


305 
Yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy mohiyati aynan mana shu 
bosqichda ochib beriladi. O‘quvchilarni ijodiy izlanish, faollik, erkin fikr 
yuritishga yo‘naltiruvchi ta’lim shakli, metod va vositalarning to‘g‘ri tanlanishi 
dars jarayonini samarali, qiziqarli, bahs-munozaralarga boy bo‘lishi, ijodiy 
tortishuvlarning yuzaga kelishiga turtki bo‘ladi. Mana shu holatdagina o‘quvchilar 
tashabbusni o‘z qo‘llariga oladilar, o‘qituvchining zimmasida esa ularning 
faoliyatini ma’lim yo‘nalishga solib yuborish, umumiy faoliyatni nazorat qila 
olish, murakkab vaziyatlarda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, maslahatlar berish hamda ular 
faoliyatini baholash kabi vazifalar qoladi. 
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri 
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga 
erishishdir. 
Boshlang‘ich ta’limda matematika darslari sifat va samaradorligini 
oshirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Xususan, 
matematika darslarida “Multimediali dars”lardan foydalanish boshlang‘ich ta’lim 
dars jarayonida sifat va samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bu jarayonda 
o‘qituvchi: 
Matematika fanlarini o‘qitishda yangi texnik vositalar, shu jumladan, 
kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi 
davrida fanlararo uzviylikni ta’minlash maqsadida informatika yutuqlaridan 
foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Keyingi o‘n yillikda matematika fanini 
o‘qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy yo‘nalishlarda olib 
borildi. Bularga kompyuter yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o‘rgatuvchi 
dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o‘yinlarni 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin