513
• O‘quvchilarni mustaqil o‘qish, o‘rganish ishlashga o‘rgatiladi.
• Bunda o‘quvchilar mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o‘zlashtirishga,
ijodiy
mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga
o‘rgatiladi. Bizga yot fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o‘z pozitsiyasini himoya
qila olish ko‘nikmalari shakllantiriladi.
• Olgan bilimlarini individual baholash imkoniyati yaratiladi, o‘rgatiladi.
• Sinfdagi barcha o‘quvchilarning o‘z
qobiliyatlari darajasida, albatta,
o‘zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o‘quvchining o‘zlashtirganligi olgan
bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko‘nikma va malakalari
tekshiriladi
Barcha o‘qituvchi-o‘quvchilar individual metodlar asosida ishlashni
o‘rganib, uni o‘z o‘quv-biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha o‘quvchilar bir
xil natijalarga erisha oladilar.
Qisqa vaqt ichida yuqori natijaga erishish mumkin;
Darsda ko‘rgazmalilik to‘liq ta’minlanadi;
Dars maqsadiga
aniq va tez erishiladi;
Matematika darslarida individual topsiriqlarni tayyorlashda har bir sinf
o‘quvchilarining yoshi, qiziqish va qobilyatlaridan kelib chiqqan holda tayyorlash
zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bo‘lganligi uchun topshiriqning rang-
barangligiga, qiziqarliliga, o‘yin tarzida, tushunarli holda ifoda etilishiga va dars
davomida
dasturga mos, biroz o‘zgartirishlar kiritgan holda tayyorlash muhimdir.
Sababi individual topshiriq bir qarashda bolani o‘ziga jalb eta olishi, uni hech
qiynalmay bajara olishi kerak. Quyida boshlang‘ich sinf matematika darslarida
qo‘llash mumkin bo‘lgan individual topshiriqqa e’tibor qaratamiz. Bunday
topshiriqlarni 2-sinfda “Ulushlar”, 3-sinf va 4-sinfda
esa kasrlarga doir
mavzularda, misol va masalalarni bajarishda samarali foydalanish mumkin. Bu
turdagi individual topshiriqlar orqali bola tasavvur qilib amaliy bajarishni
o‘rganadi va bemalol yakka o‘zi bajara oladi.
514
Bugungi kunda o‘zida ta’lim va tarbiya elementlarini
mujassamlashtirgan boshlang‘ich ta’lim jarayoni tashkil etish dolzarb
mavzulardan biridir. Boshlang‘ich sinf matematika darslari o‘quvchilar uchun
juda katta ahamiyat kasb etadi. Matematika
fani insonning intellektini, diqqatini
rivojlantiradi, koʻzlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi,
algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi.
Matematika olamni bilishning asosi boʻlib, tevarak-atrofdagi voqea va
hodisalarning oʻziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika
va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham boshlang‘ich sinf matematika darslarini to‘g‘ri va
samarali tashkil etish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan yuqori bilim va
texnologiya talab etadi. Ana shu maqsadni amalga oshirishda esa individual
topshiriqlarni
keng
qo‘llash
va
bunday
topshiriqlarni
tuzishda
AKT
texnologiyalaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish lozim.
Dostları ilə paylaş: