Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Ranglar va ohanglar. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. –Toshkent.: “ Davlat 
ilmiy nashriyoti”, 2012. 
SEN MILLAT G‘URURISAN, ONA TILIM! 
Ashurova Dilnavoz
 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti 
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi 
 
Ona farzandini dunyoga keltiradi, boqib, o‘stirib, voyaga yetkazadi. Shu bilan 
birga, uning yana bir ulug‘ xislati bor: bir oilaga tug‘ilib o‘sgan bolalar ona tufayli 
aka-uka, opa-singil bo‘lib, qondosh-jondosh bo‘lib birlashadi. Bashariyat 
dunyosida alohida va o‘ziga xos bir oilani tashkil etadigan o‘zbek elining-chi? 
Uning ham bir umumiy onasi bordir? Bor albatta, ona tilimiz – u! Shu til tufayli siz 
bilan biz qadrdonmiz, dildoshmiz, darddosh bo‘lib turibmiz. Ehtimol, bugun siz 
bilan men bir-birimizga sir bermay, xo‘mrayisharmiz, ammo aniq bilamanki, agar 
erta-birisi kun Sibirda yo Italiyada, ko‘rishib qolsak bormi, har ikkimiz uchun ham 
quyosh charaqlab chiqqandek bo‘ladi, jon-u jahonimiz yorishib ketadi,bir-
birimizdan hech narsani ayamaslikka tayyor bo‘lamiz. Bari mehr-oqibat mana shu 
jonajon til tufayli. Negaki, ikkovimizning ham tilimiz, ham elimiz bir-da. 
Davlat tili haqidagi qonun ta’sirida yangi yoki til g‘aznasida ko‘pdan beri bor, 
ammo qo‘llanmay turgan yuz-yuzlab tarhi toza so‘z va so‘z birikmalari maydonga 
chiqdi, tilimiz yanada obod, boy, tarovatli bo‘lib qoldi. Ammo bu boradagi 
yutug‘imiz ba’zi qardoshlar kabi so‘zlarni tubdan o‘zgartirishga ruju 
qo‘ymaganimiz bo‘ldi, biz har bir tushunchani g‘irt “turkiy o‘zakli” qilishga 
berilib ketmadik va shuning natijasida o‘zbek tilining qadim ohangdorligini,


140 
kuch- 
qudratini, 
jilosini 
saqlab 
qoldik. 
Biroq 
mana 
shu 
qabilidagi 
yashasinchilikdan o‘zimizni sal forig‘ qilib, millatimiz onasi bo‘lmish tilning
ahvol-ruhiyasiga razm soladigan bo‘lsak, unda birtalay muammolar ham to‘planib 
qolganini ko‘rishimiz mumkin. Lekin, shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: nahotki 
o‘zbek tili biror bir joyga nom qo‘yish uchun ham yaroqli bo‘lmasa?! Afsus, 
barchamizga ma’lumki ko‘chalarda, do‘konlar, supermarketlar, turli xil ustaxona 
shahobchalari, go‘zallik salonlari, turli xil osmono‘par binolar, bog‘chalarga 
qo‘yilgan nomlar o‘zbek tilida emas, balki boshqa xorij tillarida yozilganligining 
guvohi bo‘lishimiz mumkin. Bu haqiqatni isbotlash uchun siz ulkan bir ilmiy ish 
qilishingiz shart emas, aynan ko‘chaga otlanib turib, qo‘lingizga qalam va ruchka 
olgan holatda chiqsangiz kifoya. Naqadar achinarli holat bo‘lishiga qaramay ,biz 
bunga ko‘nikib yashab kelmoqdamiz! Axir biz O‘zbekistonda yashayapmiz-ku, 
nima uchun unda joy nomlarini o‘zbek tilida nomlay olmaymiz, buning uchun kim 
aybdor: davlat organlarimi yoki o‘zbek millatimi? Ijtimoiy tarmoqlarda 
O‘zbekistonda osmono‘par binolar qurilishiga qaramay ularning nomlari hali-
hamon ingliz tilida qo‘yilayotganligiga qanday qarashimiz mumkin. Misol uchun, 
Toshkent shahrining markazida qurilgan “Nest One” deb nomlangan binoning 
nomi o‘zbek tilida emas, aynan ingliz tilida! Vaholanki, bu bino O‘zbekistonda, 
aynan o‘zbeklar tomonidan qurilgan-ku! Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarning birida 
yozilgan maqolada shunday so‘zlarni ham uchratishimiz mumkin: “Xullas, 
bunyodkori o‘zbekmi, uning dastxati qurgan binosida yaqqol ko‘rinishi kerak va 
bu o‘sha quruvchining o‘zligini yo‘qotmaganidan darak beradi”. Dastxat, avvalo, 
nomlarda namoyon bo‘ladi. Ochig‘ini aytganda, rasmiy matbuotda o‘zbek tiliga 
bo‘lgan e’tiborsizlik anchagina yuqori. Yana ham aniqrog‘i, bu borada davlat 
muassasalari yetakchilik qilib kelmoqda. Aslida ular tilshunoslarni jalb qilib bo‘lsa 
ham, o‘zbek tilining borligini xalqqa namoyon etish, yangi so‘z va iboralarni 
o‘zbekcha talqinini joriy qilishda bosh-qosh bolishlari kerak. O‘zbek tili AQSH
Buyuk Britaniya,Germaniya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Turkiya va shu kabi bir 


141 
qator davlatlarning 60ga yaqin universitetlari va 100dan ziyod maktablarida 
o‘rganilayotgan bir paytda biz qurgan binolarimizning nomini ingliz yoki rus tilida 
nomlab o‘tirganimizni qanday tushinish kerak?! Aynan shu yerda BMT 
vakillarining til borasida keltirilgan faktinini eslab o‘tsak : “Qachonlardir odamlar 
so‘zlashadigan tilning sonin 7 mingdan 8 minggacha yetgan bo‘lsa, bugungi kunda 
sayyoramizda 6 mingta til mavjud bo‘lib, ularning 90 foizi yo‘qolib bormoqda. Bu 
asosan svilizatsiya tufayli madaniyatdan ayrilayotgan kam sonli millatlarning 
tillaridir. Bu tillarda so‘zlovchi aholining ayrimlari yozuvga ega bo‘lsa, ayrimlari 
bexabardir. Masalan, Afrika tillarida so‘zlovchi kishilarning 80 foizi hamon o‘z 
yozuvlariga ega emas. Lingvist olimlarining fikricha, yana 25 yildan so‘ng hozir 
muomalada bo‘lgan tillarning 10 tasidan bittasi saqlanib qolar ekan”. O‘zbek tili 
ham shunday tillar sirasiga kirishiga yana ozgina harakat qilinsa bo‘ldi.
Nega shunaqa bo‘lyapti, bu hol qachongacha davom etadi va umuman o‘zbek 
tili chindan ham davlat tiliga aylanadimi yo yo‘qmi? Nega shunday ahvol yuzaga 
kelganing bir sababini men aytay. O‘sha, 1989-yilda qonun chiqqanida har qanday 
o‘zgarishdan pul yasaydigan shovvozlar g‘imirlab qoldi. Qonunni orqa qilib, 
davlatning millionlarini “zakonniy” o‘marishga shaylangan kimsalar go‘yo boshqa 
millat kishilariga o‘zbek tilini o‘rgatishni bosh masala qilib ko‘rsatib, shu bilan 
hamma muammo hal bo‘ladigandek, kurslar ochib tashlashdi, dasturni amalga 
oshirishga mo‘ljallangan pullar o‘sha yoqqa qarab suvday oqdi, har bir korxona-yu 
tashkilotdagi yuzlab til bilmaslar esa go‘yo “til o‘rgandi”. Ya’ni, ataylab kimdir 
daryoning nishabini boshqa yoqqa burib yuborgandek bo‘ldi. O‘zbek tili haqidagi 
qununni bajarishga sarflanadigan pulning katta qismi o‘zbeklarga emas, shu yurtda 
o‘n yillab, o‘ttiz yillab yashagan... ammo kibri tufayli til o‘rganmaganlarga 
sarflanadigan bo‘ldi (hozir ularning ko‘pi Amerika-yu Kanadaga, Isroil-u 
Rossiyaga ko‘chib ketishgan, ammo hamon o‘zbek tilini o‘rganib yotishmagan 
bo‘lsa kerak). O‘zbekning o‘zi-chi? Ona tili haqidagi qonun ijrosiga ketadigan 
mablag‘dan u qanchalik bahra oldi? U bugun o‘z tilini qanchalik biladi? O‘zbek eli 


142 
til o‘rganishga muhtoj emasmi? Uyda-yu to‘yda, badiiy adabiyotda, bozorda-yu 
mozordagina qo‘llanib, qisilib-qimtinib qolgan, ammo til bayrami kunlari kelganda 
hamisha “qadim va boy” deb maqtovi kelishtiriladigan bu til mamlakatning 
ichkarisida-yu tashqarisida, ilm-u ta’limda, ishlab chiqarish, texnologiya va 
hokazolarda ishlatish uchun yaramaydimi? Yaramaydigan bo‘lsa, sababini ayting, 
nega? Chorasini topaylik. O‘zbekistonning bitta viloyaticha kelmaydigan davlatlar 
bor dunyoda, ana o‘shalar ham davlat ishida ona tilini qo‘llaydi, shu tilini 
ulug‘laydi, axir.
Maqola so‘ngida yana bir mushohadani o‘rtaga tashlamoqchiman: keyingi 
paytlarda ingliz tiliga juda e’tibor kuchayib ketdi, ingliz tilini bjladigan 
mutaxassislar qadrlana boshlandi. To‘g‘ri, chet tilini bilish davr talabi, dunyoga 
chiqishimizga vosita. Birinchi navbatda, o‘zbek tilini chuqur o‘rganaylik va 
o‘rgataylik, ona tilimizda ravon gapirishni bexato yozishni o‘rganaylik. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin