Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   373
innovatsion

siyrak 
soqol,
qotma kishi”. Yozuvchi uning aqli zaif, tentakligi kiyinishidan ham 
ma’lumligini bildirish uchun “kun isig‘lig‘ig‘a qarshi o‘chakishgandek boshig‘a 
eski telpak, egniga paxtasidan boshqasi to‘zib ketgan guppi chopon kiyib, yangi 
bo‘z belboqni besh-olti aylandirib bog‘lag‘an va unga besh-oltita chilim qovoqdan 
54
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 1-жилд. А-Д. – Т.: “Ўзбек миллий энциклоаедияси” Давлат 
илмий нашриёти, 2006. – Б.28. 
55
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5-жилдлик. 1-жилд. А-Д. – Т.: “Ўзбек миллий энциклоаедияси” Давлат 
илмий нашриёти, 2006. – Б.183. 


132 
tortib, to suvqovoq, nosqovoq va tomosha qovoqlarg‘acha osgan; qovoqlarning 
og‘rlig‘idan arang harakat qiladirg‘an”ligini chizib ko‘rsatadi. Chunki odamlar 
uning bunday yurish-turishini anglamay, hayron qolishadi. Ularning bu hayrati 
dialogda shunday sal orqali ifoda etilgan: “Onangiz sizni nima uchun tuqqan?” Bu 
savolga javoban Qovoq devona “Xonning qo‘yini boqish uchun, qovoqlarni beliga 
taqish uchun; choyingdan ber-chi, quvari!” – deydi.
Devonaga bir piyola choyni ichishga ham tinchlik bermaydilar. Ermak 
talablardan biri devonaning ko‘zini shamg‘alat qilgancha, belidagi qovoqlardan 
bittasini yulib qochdi. Shundan so‘ng ish yomonga aylanadi. Devona uni quvlab 
tutolmaydi. So‘ngra kelib yana bir kosa choyni ichib, unga-bunga yalinch bilan 
qarab chiqadi. Bo‘lmagach, qovog‘ini qo‘msab ho‘ngir-ho‘ngir yig‘lamoqqa 
tushadi. Ermakchilarning kutkani ham faqat uning yoshi mishig‘iga, mishig‘i 
tupugiga qo‘shilib yig‘lashi edi. Shundan so‘ng qovoq o‘g‘risi o‘zi uning yoniga 
kelib: “Qovoq o‘g‘risini ushladingizmi, devona?” deb so‘raydi. Devona esa: 
“Yo‘q, uka! Qovog‘imdek shishib o‘lsin, qochqancha ketdi!” deb, qarg‘ish bilan 
javob beradi. Bu javobdan keyin bir ermakchi lof urib, qovoq o‘g‘risini eski 
Jo‘vada ko‘rganligini va u qovoqqa minib ketayotganini aytsa, boshqa birovlar 
“zap qovoq edi-da”, “attang-a”, “Qovog‘ingizning o‘zi bu iqlimda yo‘q narsa edi-
da” deya, kulgi bilan devonaning yuragiga galma-gal o‘t yoqa boshlaydilar.
Devonaning qovoq tarjimai holini “Dadam musallas qovoq, oyim mosh 
qovoq, men bel qovoq” deb aytgan gapi ham odamlarni rosa kuldiradi. SHunda 
ermakchilardan bittasi yuqorida osilgan qovoqni ko‘rsatib, o‘zini ajablanganday 
tutib: “Iyi-iyi, anuv kimning qovog‘i-ya?” deb so‘raydi. Devona esa suyukli 
qovog‘ini so‘rida ko‘rib quvonib ketadi va “Voy xo‘varingni … jinnilar, voy esi 
yo‘q xo‘varilar! Qovog‘imni ber, jinnilar!” – deydi. Lekin ermakchilar undan 
qovog‘ini tushirib berish evaziga nima berishini so‘raydilar. Devona esa: 
“So‘raganingni ol, jinni… Oyim qishlog‘ig‘a bek bo‘l, tentak: tilla jabduqliq ot 
min, jinni…” deydi.


133 
Ko‘rinadiki, qalbi pok devona o‘ziga yomonlik qilganni ham alqayapti. 
Unga yaxshi niyat bildirayapti. Chunki hadislarda uch kishining – ota-ona, mazlum 
va musofirning duosi ijobat bo‘lishi aytiladi. Shuning uchun ba’zi odamlar 
devonalardan ermak yo‘li bilan bo‘lsa-da, duosini olishga intilganlar. Lekin ermak 
haddidan oshsa, devonalardan olqish o‘rniga so‘kinch yoki qarg‘ish eshitganlar.
Ermakchining sharti bilan qovog‘i o‘ziga qaytarilgan devona belidagi 
qovoqlardan bitta egri maymog‘ini ko‘rsatib Musulmon cho‘loq, yonidagi kichkina 
tomosha qovoqni turtib Xudoybachcha (Xudoyorbachcha), suv qovog‘ini erkalab
“Nor kalla” (Normuhammad qushbegi), qolgan ikkita silliq qovoqchalarni 
“nosqovoq, yupqa tomoq” deb atab, tomoshabinlarni kuldiradi. 
Qovoq o‘g‘rilari ichidan tezroq qochib qutulish uchun ketishga intilganda, 
yana uni ushlab qoladilar va endi ermakchilar devonaning o‘zini belbog‘ o‘g‘risiga 
chiqara boshlaydilar. Bundan g‘azabi qo‘zigan devona ularni avval so‘kadi, keyin 
“juvonmarg bo‘lg‘ur!” deya qarg‘aydi. U xuddi belbog‘idan ajralib qoladiganday 
ikki qo‘li bilan beliga yopishadi. 
Yozuvchi devona nutqidagi qarg‘ishlarni ochiq keltirsa-da, so‘kinchlarni 
keltirmaydi. Ularning o‘rnini uch nuqta orqali ko‘rsatadi: 
– Xuvaringni … nima deydi, bu! 
Devona belbog‘ni o‘g‘irlamaganini, Yusufbek hoji pochchaning o‘g‘lini 
uylantirgan to‘yidan olganini aytadi va o‘zini o‘g‘rilikda gumon qilayotganlarni 
“tentak”, “jinni” so‘zlari orqali haqorat etishga intiladi. Yusufbek hoji nomining 
shu o‘rinda tilga olinishi roman tarkibida alohida keltirilgan “Qovoq devonaning 
belbog‘i” hikoyasining roman syujeti bilan ulanib ketishi uchun zamin yaratgan.
Devona ermakchilar ko‘lidan arang qutilib chiqsa ham, ularning ichidagi 
ko‘zini bog‘lab olgan bir kishi uning orqasidan ergashadi. U devonani chaqirib 
to‘xtatib, nazri borligini aytadi. Lekin devona uning pulini olmay, yo‘lida davom 
etaveradi. Devona uni “ko‘z og‘rig‘i” deb atab, bergan savollarini yo takror aytib, 
yo savolga savol berib, yo telba-teskari javob qaytarib, asabini qo‘zitadi:


134 
– Hali , kim o‘g‘lini uylantirdi, deding?.. 
– Kim uylantirdi, deding? 
– Ayding-ku choyxonada!.. 
– Aytding-ku choyxonada… 
– Belboqni qaerdan olding? 
– Buving berdi. 
– To‘g‘ri ayt!.. 
– Bozordan osh olib bersam eysanmi? 
– Yuzingga qachon chechak chiqdi? 
– Qachon uylantirdi deyman? 
– To‘y o‘tganda kelibsan dedim-ku…Bir hafta bo‘ldi, o‘n kun bo‘ldi, bir oy 
bo‘ldi. Ha, ha charlari endi bo‘lar emish…charlarga bor. Qorategin. 
– Toshkanddan uylantirdimi? 
– Xi, xi, xi, ahmoq. Toshkanddan bo‘lmay, Qorategindan uylantirsinmi?
56
Xullas, “ko‘z og‘rig‘i” bu tutal so‘zlardan asabiylashib, yana choyxonaga 
qaytadi. 
Bu o‘rinda devonaning qabihlikni his etib, “ko‘z og‘rig‘i”ga firibgarona 
quvnoqlik bilan javob qaytarishi, g‘arazgo‘y va riyokor bu zotning makrini 
beg‘araz soddalik, anqovlik yo‘li bilan fosh etishi e’tiborni tortadi. 
Aslida folklordan romangacha ko‘chgan bu obraz maishiy turmush, ijtimoiy 
hayot voqeliklari, insonlar o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar mohiyatini alohida 
odam nutqi, xatti-harakatlari vositasida parodiyaviy kulgi bilan berish, ularni fosh 
etish imkoniyatini yaratishi jihatidan ahamiyatlidir. Chunki, M.Baxtin aytganidek, 
“xalq maydon kulgi madaniyati” shunchaki quvnoqlik va hazil-mutoyibadan iborat 
emas. Buning ostida borliqda ro‘y berib turgan barcha voqea-hodisalar, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy muammolar, qolaversa, inson fenomeniga xalqona nuqtai 
nazar bilan yondashish, ularni shu asosda baholash va talqinlash yotadi. Xalq 
56
Қодирий А. Ўткан кунлар. Роман. – Т.: “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни бош таҳририяти, 2000. – Б.153-
157.


135 
kulgisi har qanday jiddiy tasvir predmeti (voqea, inson, detal va hokazo) bilan 
tasvirlovchi o‘rtasida mavjud distansiyani yo‘qotadi. Boshqacha aytganda, 
tasvirlovchi (ijodkor)da o‘ziga yaqinlashish, o‘zini o‘rganish imkonini yuzaga 
keltiradi: “Kulgi – dunyoga qo‘rqmay munosabatda bo‘lishning asosini 
tayyorlashda muhim omil” vazifasini bajaradi.
57
Romandagi bunday kulgili dialoglar romanda voqealar rivojini ta’minlagan 
asosiy vositalardan biri bo‘lib ko‘rinadi. Ayniqsa, bu dialoglarning personajlar 
yashash hududiga moslab, ular so‘zlashadigan tilda berilishiga e’tibor 
qaratilganligi asar ta’sirchanligini va haqqoniyligini yanada oshirishga zamin 
yaratgan. Yana dialoglar tarkibida xalq kulgi san’ati an’analariga tayanib 
keltirilgan turli xalqona qochirim, ibora, olqish va qrg‘ishlar asar xalqchilligini 
ta’minlashga beqiyos xizmat qilgan.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin