Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


-rasm. Juft hosil qilgan zag‘izg‘on



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   373
innovatsion

 
2-rasm. Juft hosil qilgan zag‘izg‘on 
Kuzatishlar natijasida zag‘izg‘onlarning 17-turdagi daraxtlarda uya qurganligini 
guvohi bo‘ldik. Masalan, shumtol, chinor, tut, tuya archasi, gledichiya, virgen 
archasi, o‘rik, zarang, gujum, oq terak, tol, olma, maklyura, qora qarag‘ay, jiyda, 
bodom, gilos. Shundan eng ko‘p uyalar shumtol (135), chinor (40), tut (16) 
daraxtlarida joylashgan. Uyaning qurilishida ikkala jins ham ishtirok etadi. 
Uyaning materiali asosan uya qurilayotgan daraxtning bir yillik quruq shohalari
yaqin atrofdagi daraxtlarning quruq shohalari, bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik 
o‘simliklarning poyalari hamda tana qismlaridan, rangli similar, oq jangal va 


123 
loydan tashkil topadi. Ayrim uyalarda umuman loy ishlatilmasligini ham ko‘rish 
mumkin. Bu holat uya qurulishining kech boshlanganligi, iqlimning quruq 
kelganligi bilan tushuntiriladi. Uyaninig ichki qismini madaniy va yovvoyi 
o‘simliklarning nafis ildizlari, hayvonlarning junlari bilan to‘shaydi. Zag‘izg‘on 
uyalari quyida 3-rasmda tasvirlangan 
3-rasm. Zag‘izg‘on uyalari 
Uyaning ustki qismi (tomi) ni tuxum qo‘yishdan oldin qurigan daraxt 
shohlari, turli xil simlar, oq va qizil sho‘ra poyalari hamda oq jangal bilan 
mustahkam bostiradi. Uyaning ustini bostirishi, uyadagi tuxumlarni kuchli 
issiqlikdan, yorug‘likdan, insonlar va boshqa mexanik ta’sirlardan, daydi mushuk 
yoki tulkilardan muhofaza qilishi bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Ammo, uyaning 
yon tomonida kirib chiqish uchun tuynuk bo‘ladi. Ba’zida usti (tomi) ochiq 
uyalarni ham ko‘rish mumkin. Bu holat uya qurilayotgan joyga bog‘liq bo‘lsa 
kerak. Uyaning (n=22) o‘lchami: balandligi 26,0-68,0 (47,0) sm, eni 35,0-62,0 
(43,0) sm, kosasining chuqurligi 12,0-18,0 (13,0) sm bo‘ladi. 
Uyalarda tuxumlar har kuni yoki kunora qo‘yiladi. Uyalarda tuxumlarning 
soni 3-5 ta, ko‘pincha 4 ta, ba’zan 6-7 ta bo‘ladi. Tuxumlarning po‘chog‘i och 
ko‘kimtir bo‘lib, qo‘ng‘ir-qoramtir xollari bor. Xollar poyanak qismida tig‘iz 
bo‘lib, uchki qismiga tomon siyraklashib boradi. 
Tuxumlarini 2,5-3,0 hafta bosib, isitadi. Tuxumlarni isitishda urg‘ochisi 
peshqadamlik qiladi. Zag‘izg‘onlar orasida jinsiy demorfizm ko‘zga tashlanmaydi. 
Biroq, erkagi va urg‘ochisini ajratishda laboratoriya usuli hamda gavdasining 


124 
kichikligi, rangining xiraligi, gavdasining ko‘krak-qorin qismi pat va parlarining 
to‘kilganligi kabi morfologik belgilarga asoslanib ajratish mumkin. Tuxumdan 
jo‘ja chiqish arafasida tuxum massasi kamayadi, po‘chog‘i chatnaydi. Bu hodisa 
tuxum ichidagi individning perenatal davrdan postnatal davrga o‘tayotganligi bilan 
aloqador bo‘lsa kerak. So‘ngra, tuxumlardan quloq teshigi yopiq, ko‘zlari ojiz, 
tanasi patsiz, nimjon va zaif jish jo‘jalar chiqadi. Tuxumlardan jo‘jalar 2 kunda, 
odatda 1-kuni 3-4 tasi, 2-kuni qolganlari ochib chiqishadi. Buning sababini 
tuxumlar uyaga bir kunda qo‘yilmaganligi bilan izohlash mumkin. Yangi ochib 
chiqgan jo‘jalarning (n=8) og‘irligi 6,3-9,8 gramm bo‘ladi. Rivojlanishning 5-kuni 
quloq teshiklari, 6-kuni ko‘zlari ochiladi. Jo‘jalar bir haftalik bo‘lganda pat va 
parlarning rivojlanganligini kuzatish mumkin. Jo‘jalar 10-12 kunlik bo‘lganda 
rangi to‘qlashib, tashqi qiyofasi, hatti-harakati ota-onasiga o‘xshab boradi. 
Tuxumdan jiqqan jo‘jalar 27 kundan so‘ng uyasidan uchib chiqadi. Zag‘izg‘onning 
ko‘payish sikli quyidagi 4-rasmda keltirilgan 
Tuxumlarning uyada joylashishi 
Tuxumdan chiqqan 1 kunlik jish jo‘jalar 


125 
5-6 kunlik jo‘jalar va otalanmagan 
tuxum 
10-12 kunlik jo‘jalar 
Uyasidan uchib chiqqan bir oylik jo‘ja 
Voyaga yetgan zag‘izg‘on 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin