148
esa uni boshqarish ramzidir.Kunjutlarni u menga qushlarimning ozuqasi sifatida
yuboribdi".
Doro bu javobdan gʻazablanib,Rumga bostirib boradi.Ammo u xiyonatkor
xos navkarlari tomonidan oʻldiriladi.Iskandar u yerlarda ham oʻzining adolatli
boshqaruvini oʻrnatadi.Faqat Kashmir shohi,Hind royi,Chin xoqoni unga
boʻysunmay qoladi.Kashmirga yurishida unga 500 olim yoʻldosh boʻladi.Kashmir
shohi Malluning sehr-jodularini olimlar sharofati bilan yoʻq qilib tashlashdi.Keyin
Hindiston safari boshlanadi.Hind royi u borgach,salom boʻladi.Hind royi
Iskandarga askarlarini saroyga joylashtirishi mumkinligini aytadi.Ammo Iskandar
xalqqa zahmat yetmasligi uchun uning taklifini rad etadi.Chin safariga chiqqanda
ularning xoqoni elchi qiyofasida Iskandar huzuriga keladi.O‘rtada sulh va omonlik
paydo boʻladi.Xoqon Iskandarga bir oyna tuhfa qiladi.Bu oyna chin va yoggʻonni
ajrata olar edi.Iskandarning buyrugʻi bilan olimlar ikkita tilsim:usturlob va koʻzgu
yasaydilar.
Adib dostonida koʻplab olimlar,podshohlar,har xil kasb,hunar va mavqedagi
shaxslarning obrazlarini yaratgan.Iskandarning oʻzi ham shu siraga kiradi.U
asarda tadbirkor va adalatli podshoh,mohir sarkarda,yetuk olim va ulkan qalb egasi
sifatida namoyon boʻladi.
Umuman, “Xamsa”dagi shu dostonning tugatilishi bilan turkiy tilda ilk
"Xamsa"dunyo yuzini koʻradi.Navoiy shunda " Menga davlat ilgi rahnamun"
boʻldi,deb ta'kidlaydi.Navoiydan keyin hech kim bunday yuksaklikka koʻtarila
olmaydi.Ayni paytda,u juda qisqa vaqtda - ikki yarim yilda yaratilgani bilan esda
qoladi.Husayn Boyqaro ham faqat "Xamsa" yozishga ketgan vaqt hisoblansa,olti
oydan oshmas edi,deb lutf qilgan. Hozirda Navoiy "Xamsa"si maʼnaviy
boyligimizning toji hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: