XX ASR ADABIYOTIDA YANGI YO‘NALISH – HANGOMALAR
XUSUSIDA
Xaitov XamzaAxmadovich
BuxDUPI “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi”
kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d.
Sharopova Gulnigor Baxriddinovna
BuxDUPI BTU 1-bosqich talabasi.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada XX asr o‘zbek adabiyoti nazm va nasrida
yangi yo‘nalish bo‘lgan hangomalarning badiiy estetik qimmati va g‘oyaviy
talqinlari ilmiy-nazariy tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
olomon, xushchakchaq, suhbat, askiya, shavqli, zavqli, sodda,
samimiy, ertaknamo, yumor, Anvar Obidjon, Abdulla Oripov, shudgor mavsumi,
axmoqqa amal.
Hangoma yoki hangama so‘zlari forschadan olingan bo‘lib, olomon, yig‘in;
gurunglashish, xushchaqchaq suhbat degan ma’nolarni bildirib keladi.
58
Zamonaviy o‘zbek adabiyotida ayrim shoir va yozuvchilarning o‘z asarlarini
“hangoma” deb ko‘rsatgani bot-bot ko‘zga tashlanadi. Bunday asarlarda bir necha
kishi o‘rtasida yuz bergan xushchaqchaq, ko‘tarinki ruhdagi shirin, kulgili suhbat
h
angoma sifatida qayd qilinadi. Ma’lumki,
bir necha kishi o‘rtasida yuz bergan
58
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. 5-жилд. Шукрона – Ҳ. – Т.: “Ўзбекистон миллий
энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2007. – Б.504.
156
xushchaqchaq, o‘ziga va boshqalarga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydigan, kulgiga
asoslangan suhbat xalq og‘zaki ijodida askiya deb yuritiladi. Ammo hangoma faqat
shirin, kulgili suhbatni emas, qahramonlar boshidan kechirgan kuligili holatlarni
so‘zlab berishni ham anglatadi.
Ko‘pincha tilimizda
hangomalar shavqli, zavqli, sodda, samimiy, qiziq,
ertaknoma kabi sifatlashlar bilan ishlatiladi.
Insonlarning bir-biri bilan hangomalashishi to‘yda, o‘yin-kulgili ziyofat
davralarida, yo‘lda yuz beradi. Masalan, bu o‘rinda Abdulla Oripovning xalqona
ruhda yaratilgan “Hangoma” she’rini eslash kifoya. Unda ikki keksa kishining qish
vaqti, qor bo‘ralab yog‘ib turgan bir paytda qo‘shni ovulga to‘yga boraman deb,
yo‘lda adashib qolishi bilan bog‘liq kulgili bir voqea bayon etilgan. “O‘zbeklarga
xos bo‘lgan qadimiy urf-odatga ko‘ra, aytilgan joyga albatta borish lozim”
59
bo‘lgani uchun chollar yo‘lda hangomalashib, yo‘lni yo‘qotib qo‘yadilar va yana
aylanib-aylanib o‘z ovullariga kelib qoladilar. Buni bilmagan chollar bir eshikni
taqillatdilar. Eshikni ochgan kampirni tanimay, undan bir kecha tunashga joy
so‘raydilar. Kampir esa ularni qarg‘ab, urishib beradi. Negaki, kampir shu
chollardan birining xotini ekan. Kampir “Hoy, senmi, bu er yutkur, iymoningdan
kechdingmi? To‘yda aroq-paroq ichdingmiki, aljiraysan” deb, cholini koyiydi.
A.Hamdamov yozganidek: “Kampirning bu gaplari asarning birinchi bandida
ifodalangan yumoristik pafosning kulminatsion cho‘qqisini hamdayumoristik
konfliktning echimini ifodalab keladi. Boshqacha aytganda, asardagi yumoristik
mazmunning kulminatsiyasi bilan echimi bir paytga to‘g‘ri keladi”.
60
Mana shu
kutilmagan echim, xuddi latifalardagidek favqulodda kulgini keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, kulgi sahnalarida ba’zan ayanchli ahvolga sababchi bo‘lganlarni
so‘kish holati kuzatiladi. Bu so‘kinish haqiqatni ochishga qaratilganligi bilan
nafratga emas, aksincha, kulgi va zavqqa sabab bo‘ladi. Jumladan, Abdulla
59
Ҳамдамов Акрам. Абдулла Ориповнинг “Ҳангома” шеърида халқона руҳ. // Ўзбек тили ва адабиёти. –
2004. – 4-сон. – Б. 65-67.
60
Ҳамдамов Акрам. Абдулла Ориповнинг “Ҳангома” шеърида халқона руҳ. // Ўзбек тили ва адабиёти. –
2004. – 4-сон. – Б. 66.
157
Oripovning “Hangoma”sida ham chigal sharoitga tushib qolgan chollarning o‘z
nochor ahvollariga sabab bo‘lgan to‘y egasini “Qora qishda to‘y qilmay battar
bo‘lgur nokas, gov. Bachchag‘arning aslida fe’li sovuq edi-yov” deb so‘kinishlari
tasodifiy jahl ifodasi emas. Bu so‘kinishda chollarning faqat to‘y egasidan qahru
g‘azabi, noroziligi, jahli emas, ko‘pni ko‘rgan bo‘lishlariga qaramay, yo‘ldan
adashganliklaridan alami, pushaymonligi ham aks etgan.
Hangomalar sodda tilda, xalqona iboralar, qochirimli gaplar, kinoya-
kesatiqlar, olqish, qarg‘ish va so‘kinchlar, xalqona hazillar ishtirokida yaratilgani
bilan xalq tilini adabiy tilga yaqinlashtirishga asos bo‘ladi.
Hangomalarda hayotda kam uchraydigan, kishini hayratga solib, kulgisini
qo‘zg‘atadigan
q
iziqarli voqealar tasviri keltiriladi.
O‘tmishdan hozirgacha ruhan yaqin insonlarning yoq-bu yoqdan, qiziq-qiziq
voqealar haqida suhbat qilib, vaqtichog‘lik qilish maqsadida hangoma davralari
tashkil qilib kelinadi. Bunday yig‘in ikki yoki undan ortiq kishilar o‘rtasida
uyushtirilgan. Hayotda hangomatalab, ya’ni hangomani, hangomalashishni yaxshi
ko‘ruvchi kishilar alohida toifani tashkil etadi.
O‘zbek adabiyotida hangomalarning she’riy va nasriy ko‘rinishlari uchraydi.
Abdulla Oripov “Hangoma”si uning she’riy ko‘rinishi bo‘lsa, Anvar Obidjonning
“Oltiariq hangomalari”
61
nasrda yaratilgan. Asarda keltirilgan kichik hajmli
hikoyalardan biri uning “hangoma” ekanligiga ishora qilib, shunday boshlangan:
“Bu hangoma qirqinchi yillardan yodgorlik”. Ko‘rinadiki, hangomalar ko‘pincha
vaqt, muhit, vaziyat, sharoit tasviri bilan boshlanadi. Bu jihatdan Abdulla Oripov
“Hangoma”sida dovuldan qolishmaydigan qor bo‘ralab yog‘ib turgan bir sharoitda
qo‘shni ovuldan to‘yga aytib ketish voqeasi tasvirlangan bo‘lsa, Anvar Obidjon
keltirgan hangomada o‘tgan asrning qirqinchi yillarida Oltiariqda yuz bergan bir
voqea xotirasi ifoda etilgan. Unda aytilishicha, zamona zayli bilan molboqar
Xo‘jamatning ukasi raykomga mas’ul ishga o‘tibdiyu, kolxozning o‘ta chalasovod
61
Обиджон, Анвар. Олтиариқ ҳангомалари: Ҳажвия ва ҳангомалар. – Т.: Маънавият, 19999. – 192 б.
158
(dekmak, o‘ta laganbardor) raisi uni birdan ferma mudirligiga ko‘taribdi. SHudgor
mavsumida oblijroqo‘m vakili kelib, Xo‘jamatga odatdagi o‘tkinchi po‘pisalaridan
qilib, fermadagi go‘nglarni brigadalarga taqsimlab berishni, haydovdan oldin erga
solishlari zarurligini buyuribdi. Nazoratini shaxsan Xo‘matga topshiribdi. Qaysi
brigadir biror gramm go‘ngni isrof qilsa, ma’lumot yuborib turishini tayinlabdi.
Mabodo bunaqa “xalq dushmanlari”ni yashirgudek bo‘lsa, uning o‘zini jaholashini
aytib, po‘pisa qilibdi. Shundan so‘ng Xo‘jamatga xudo beribdi.U otda dalama-dala
kezib, qaysi brigada o‘ramidagi yo‘l yoki uvatda yarim hovuch go‘ng to‘kilib
qolgan bo‘lsa ham egar qoshidagi xurjunidan osmatarozini olib, misqollab tortib
ko‘rarkan hamda xalq dushmani bo‘lgan falonchining brigadasida 1215 gramm,
buzg‘unchi zarakunandalar safdoshi pismadonchining brigadasida 153 gramm sara
go‘ng shundordadan tashqarida sochilib yotibdi, deb akt tuzishga kirisharkan...
Mana shu bois “Ahmoq ahmoqqa amal bersa, el misqollab go‘ng teradi”,
degan maqol birgina Oltiariqda ishlatilishi, uni faqat oltiariqlik tushunishi ta’kidlab
o‘tiladi.
62
Xullas, o‘zbek adabiyotida hangomalar yaratish o‘ziga xos uslub va badiiy
shakl tipi sifatida shakllangan. Ularning shakllanishida xalq maydon kulgi
san’atining omil bo‘lgani seziladi.
Dostları ilə paylaş: |