17
mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga
ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga
aylantirishimiz lozim. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va
jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat,
Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak”, – degan
so‘zlarini keltirish o‘rinli bo‘lar edi. Ona tilimizga ehtirom ko‘rsatish har
birimizning yurt oldidagi burchimiz hisoblanadi. O‘ylaymizki, tez orada
yuqoridagi kabi holatlar bartaraf etiladi.
Sof o‘zbek tilida so‘zlash millat tiliga bo‘lgan cheksiz hurmat va
muhabbatning nishonasidir. Ona tilini avaylab-asrash, uni butun jozibasi-yu
tarovati bilan kelajak avlodga yetkazib berish har birimizning muqaddas
burchimiz, vataniy vazifamizdir. Zero, tilning asrlar davomida yashovchanligini
ta’minlovchi, umrboqiyligini kafolatlovchi bosh mezon hukumat tomonidan
chiqarilgan qonunlar, qabul qilingan qaror-u farmonlar emas, balki shu tilning
haqiqiy egasi bo‘lmish xalqning o‘zidir.
Dostları ilə paylaş: