Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   373
innovatsion

haz
etar ahli uqul, 
Gar xud uzoq cheksa bo‘lurlar malul 
25
Yuqoridagi baytda keltirilgan “haz” so‘zi XV tomlik asarlar to‘plamida
 
“hazl”
tarzida ifodalangan. Ularning qay biri bayt mazmuniga mos kelishini 
misralarni sharhlash orqali bilish mumkin. Lug‘atlarda “haz” so‘zi “huzur-halovat, 
lazzatlanish”, “hazl”esa “hazil qilmoq, oriq bo‘lmoq” ma’nolarda qo‘llanadi. 
Ushbu baytni to‘laligicha sharhlash uchun oldingi misralarga ham murojaat 
qilishga to‘g‘ri keladi. “Bazmda har qanday sozanda dilkash kuylarni ijro etib, 
kuyda qancha yaxshi takrorlar, mashqda qancha yaxshi naqarotlar bo‘lmasin, 
ularning barchasidan tushungan odamlar, lazzatlanadi, qanoatlanadi. Agar kuy 
ijrosi cho‘zilib ketsa, ularga ham malol keladi”. Shunday ekan, baytda “haz” 
so‘zining qo‘llanilishi o‘rinli bo‘ladi. 
Suvg‘acha xoro bila 
bunyod anga,
Ko‘kka degin porai 
po‘lod anga
26
.
Ushbu bayt Mukammal asarlar to‘plami va To‘la asarlar to‘plamidagi doston 
matnida quyidagidek keltirilgan: 
Suvg‘acha xoro bila 
bunyod etib,
Ko‘kka degin porai 
po‘lod etib.
27
 
Shoir o‘z “Xamsa”sining suvgacha bo‘lgan qismi toshdan, ko‘kkacha 
ko‘tarilgan qismi po‘lat bo‘laklaridan bo‘lishini istab yozgan ushbu misrada 
“anga”so‘zini qo‘llash o‘rinli bo‘ladi. Chunki, shoir “anga” so‘zi orqali “Xamsa”ga 
murojaat qilyapti. Qolaversa, asar tanqidiy matnida ham bu so‘z “anga” tarzida 
ifodalangan. 
25
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами.7 том. – Тошкент. “Фан”.1991. 60б. 
26
Алишер Навоий. XVтомлик асарлар тўплами.6 том. – Тошкент. “Бадиий адабиёт”.1965. 22б. 
27
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 55-bet. 


25 
Ma’nini
ul xayl parizod etib, 
Jonlarin ul xavfdin ozod etib
28
Yuqoridagi misra XV tomlik asarlar to‘plami va To‘la asarlar to‘plamidan 
o‘rin olgan doston matnida quyidagidek keltirilgan: 
Ma’mani
ul xayli parizod etib, 
Jonlarin ul xavfdin ozod etib
29
Ushbu misrada turli xil ifodalangan so‘zlar “ma’nini” va “ma’mani” bo‘lib, 
ularni lug‘atdan foydalanib, ma’nosini izohlaymiz. “Ma’ni” – ma’no, mazmun 
degan ma’nolarda qo‘llansa, “ma’man” – omonlik joyi, qo‘rqinchsiz, tinch joy 
ma’nolarida qo‘llanadi. Shunday ekan, bayt mazmuni “ma’ni” so‘zi orqali 
ayonlashmaydi. Baytning to‘liq sharhi quyidagicha: “U yer parizodlar uchun 
qo‘rqinchsiz tinch joy bo‘lib, ularning joni har qanday xavfdan xoli bo‘lsin”. 
Tikmak
uchun jismu uchurmoqqa bosh, 
Anda qilib ta’biya ko‘p o‘qu tosh. 
30
Yuqoridagi misra tarkibida kelgan “tikmak” so‘zi To‘la asarlar to‘plamida 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin