Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1.
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 6-jild. Toshkent. 2012.
2.
Алишер Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 7 том. – Тошкент. “Фан”. 1991.
3.
Алишер Навоий. XV томлик асарлар тўплами. 6 том. – Тошкент. “Бадиий 
адабиёт”. 1965.
“QUR’ONI KARIM” – BOQIRG‘ON HIKMATLARINING MANBASI 
SIFATIDA 
Zilola Amonova 
BuxDU dotsenti, f.f.d.

Shahlola Safarova 
 
BuxDU,
 
Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
yo‘nalishi 2-bosqich magistranti.
 
Ma’lumki, Qur’oni Karim Alloh taolo tomonidan Payg‘ambarimiz 
Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta – 
Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og‘zaki nozil qilingan. 
Islom dini ta’limotining asosiy manbalari (Qur’on, Sunnat, Ijmo, Qiyos) ning 
36
Alisher Navoiy. To`la asarlar to`plami. 6-jild. Toshkent. 2012. 63-bet. 


28 
birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo‘jizaligi 
ham uni arab tilida o‘qib, fikr yuritgandagina namoyon bo‘ladi. Boshqa har qanday 
tilga o‘girilganda Qur’on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang 
va ruhiy ta’sir o‘z kuchini yo‘qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali 
lug‘atga boy bo‘lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda 
mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqat. Arab tilida o‘qib 
anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o‘zlari 
ham Qur’on oyatlarini to‘la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug‘ sahobalar 
ham ko‘pdan-ko‘p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay
Rosul alayhissalomning o‘zlaridan so‘rab, aniqlab olganlari to‘g‘risida sahih 
hadislar mavjud. Qur’oni karimni boshqa tillarga tarjima qilish harakati ancha 
qadimdan boshlangan. Ayniqsa, arab bo‘lmagan xalqlarning islomga kirishlari bu 
harakatga asosiy sabab bo‘lgan. Garchi islom ulamolari oyatlarni har qanday tilda 
sharhlab tafsir qilishga ruxsat bersalar-da, biroq so‘zma-so‘z tarjima qilib yozishga 
mutloqo izn bermaganlar, zero tarjimani yozib qo‘yishlik bilan Qur’on mazmun 
shundangina iborat degan iddao bo‘ladi, deb uning mas’uliyatidan qo‘rqqanlar. 
Shuning uchun ajdodlarimiz me’rosida o‘zbekcha tafsirlar ko‘p. Ammo sof ona 
tilimizdagi tarjimalarni deyarli uchratmaymiz. Keyingi asrlarda Qur’oni karim 
jahon xalqlarining ko‘pgina tillariga tarjima qilindi. Shuningdek, o‘zbek tilida ham 
bir qancha tarjimalar paydo bo‘ldi. Yuqoridagi fikrlar asosida hech ikkilanmay 
ayta olamizki, sharq adabiyotining vakillari o‘z asarlarida, g‘azallarida Qur’oni 
karimdan asosiy manbaa sifatida foydalanganlar. Xususan: Ahmad Yassaviy, 
Ahmad Yugnakiy, Mashrab, Sulaymon Boqirg‘oniy, Iqoniy, Qul Ubaydiy, 
Xudoydod, Nasimiy kabi shoirlar ijodida Qur’oni karimda bor fikr va g‘oyalar 
ilgari suriladi. Hozir biz Sulaymon Boqirg‘oniy qalamiga mansub bir nechta 
hikmatlarning tahliliga to‘xtalib o‘tamiz. 
Hikmat: 
Saharda uyg‘onubon zikr ayg‘il, 


29 
O‘lumni fikr etibon ko‘ngil tirgil. 
Qorong‘i go‘ring ichra charog‘ etgil, 
Chirog‘ing namoz turur qilmasmusan? 
Ushbu hikmat didaktik ruhda yozilgan bo‘lib, islom dinining beshta 
arkonidan biri bo‘lgan namoz o‘qishning zarurati haqida so‘z boradi. Adib har 
birimizni har lahzada o‘limni yod etib, uni istalgan vaqtda eshik qoqib kelishini 
unutmaslikka, vafotimizdan so‘ng abadiy manzilimiz bo‘lmish qorong‘u 
go‘rimizni o‘qigan namozlarimizgina yoritib, bizni jannatga yetaklovchi bir qadam 
bo‘lishini ta’kidlaydi. Bu haqida dinimizning muqaddas Qur’oni Karimda shunday 
fikrlar bor: 
“Islom 5 dalildan iborat”dir: 
1. Kalimai shahodat(aytmoq); 
2. Namoz o‘qimoq; 
3. Zakot bermoq
4. Ramazon ro‘zasini tutmoq”; 
5. Haj qilmoq (imkoni bo‘lsa). 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin