Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan
birga quramiz. – Toshkent, Oʻzbekistan, 2017. – 488 b.
2. Abdirasilov S. Tasviriy san’at va uni oʻqitish metodikasi. Oʻquv
qoʻllanma. – Toshkent: Ilm-ziyo, 2011.
3. Abdirasilov S., Tolipov N. Tasviriy san’at oʻqitish metodikasi. Oʻquv
qoʻllanma. – Toshkent: Aloqachi, 2007.
4. Abdirasilov S. Tasviriy san’at oʻqitish metodikasi. Darslik. – Toshkent:
Fan va texnologiya nashriyoti, 2012.
5. Roʻziyev E.I., Ashirboyev A.O. Muhandislik grafikasini oʻqitish
metodikasi. Darslik. – Toshkent: Fan va texnologiya nashriyoti, 2010.
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA XALQARO BAHOLASH DASTURLARI
VA METODLAR TATBIQI
Axmedova Dildora Bahodirovna
Buxoro davlat universitetining
Pedagika instituti o‘qituvchisi, p.f.f.d(PhD).
Yoqubova Bonuoy Alisher qizi
BuxDUPI 1-bosqich magistranti
419
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning
kreativligini oshirish, ularning matnni o‘qish va tushunish darajasini oshirishda
xalqaro baholash dasturlari TIMSS, PIRLSdan foydalanish, nutqiy savodxonligini
oshirish
va
mustaqil
o‘qish malakalarini shakllantirish orqali ta’lim
samaradorligini yanada oshirish yo‘llari haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
kreativlik, kompetensiya, metod, shakllar, savodxonlik,
Bumerang, xalqaro baholash dasturi, PIRLS, TIMSS, PISA.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi
“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib
PISA xalqaro dastur reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari
qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash
sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish,
matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga
yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari
belgilangan. Shuningdek, konsepsiya doirasida o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy
fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalari va malakalarining
rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy innovatsion
iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat
ta’lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda
xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS doirasida asosiy e’tibor tushunishni namoyon
qilishdan iborat, ya’ni o‘quvchi o‘zlashtirgan ma’lumotini kompetensiyaviy
qo‘llashi yangi loyiha va mazmun yaratishi, shuningdek, matnlardan turli
shakllarda ma’no hosil qilish qobiliyatidir. O‘quvchi bu jarayonning faol
ishtirokchisidir, u matn ustida fikr yuritadi va ongli o‘qishning samarasini tanlab
qo‘llaydi.
Mazkur
baholash
dasturi
dunyoning
turli
mamlakatlarida
o‘qish
savodxonligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ularning
420
natijasini qiyoslashga yo‘naltirilgan. PIRLS dasturi 4-sinf o‘quvchilarining matnni
o‘qib tushunish va axborot matnlaridan foydalana olish hamda topshiriqlarni bajara
olish ko‘nikmalari haqida ma’lumot olish imkonini beradi. Xalqaro dastur
natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning matnni o‘qib tushunishlari, ya’ni matnlar va
savollardan bir nechta namunalar hamda ularning baholash me’zonlari keltirilgan.
Quyida 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha
o‘tkaziladigan xalqaro tadqiqotga tayyorgarlik ko‘rish uchun mashq daftaridan
“Dovyurak Sharlotta” hikoyasini tahlil qilsak:
Dovyurak Sharlotta
Anu Stohner tomonidan yozilgan . Henrike Vilson tomonidan tasvirlangan.
“Sharlotta boshidanoq boshqa barcha qo‘ylardan farq qilar edi. Boshqa
barcha
qo‘zichoqlar
onalarining
oldida
uyalib
turishganida,
Sharlotta
sarguzashtlarga boy harakatlar bilan sakrab yurar edi. U fermadan uzoqda boshqa
qo‘ylar bilan tog‘ yonbag‘rida yashashar, ularga qarash uchun cho‘pon va uning
Jek ismli qari iti bo‘lgan edi”. Hikoya shunday davom etib, bir kuni dahshatli
voqea yuz bergani, cho‘pon yiqilib oyog‘i singani va yotib qolgani bayon
qilingan. Qo‘ylar cho‘ponga yordam berish uchun vodiydagi dehqonni yordamga
chaqirish kerakligini, bunga Jek qarilik qilishini aytib turganida Sharlotta
dovyuraklik qilib o‘zi borishini aytishi va qo‘ylar tashvishlanib, qo‘y vodiyga
hech qachon yolg‘iz bormagani haqida gapirib turganda Sharlotta yo‘lga chiqqan
bo‘ladi. U tog‘lar ustidan soy bo‘ylab o‘tadi va katta yo‘lga chiqib yo‘lni
kuzatadi. Bir yuk mashinasi kelib, haydovchisi uni mashinaga taklif qiladi. Yuk
mashinasining tez yurishi Sharlottaga zavq bag‘ishlaganini dehqonning uyiga yetib
borganiga afsuslanishidan ham bilish mumkin. Dehqon Sharlotta bilan traktorda
cho‘ponga yordam berish uchun boradi va u kasalxonaga yotadi, cho‘ponning
oyog‘i 6 hafta gipsda turadi. So‘ng cho‘pon qo‘y oldiga qaytadi va Sharlottaga
istagancha va erkin sayr qilish imkonini beradi.
Bu hikoyani “Bumerang” metodidan foydalanib o‘tsa natijasi yaxshi bo‘ladi.
421
“Bumerang” metodi o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqari
mashg‘ulotlarda turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni
yodida saqlab qolish, so‘zlab berish, fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt
ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan
barcha o‘quvchini baholashga qaratilgan.
Metodning maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning
o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda
suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlarni qay
darajada o‘zlashtirganliklarini nazorat qilish va baholash hamda o‘quvchilarning
o‘zlarini baholash imkoni yaratiladi.
Ushbu metod bir nechta bosqichda o‘tkaziladi:
o‘quvchilar kichik guruhga ajratiladi;
mustaqil o‘rganish uchun matnlar tarqatiladi;
berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan mustaqil o‘zlashtiriladi;
har bir guruhdan yangi guruh tashkil etiladi;
yangi guruh a’zolari navbati bilan axborot almashinib, ya’ni bir-birlariga matnni
so‘zlab beradilar;
o‘quvchilar bilimlarini baholash uchun yoki to‘plagan ballarini hisoblash uchun
har bir guruhda guruh hisobchisi tayinlanadi;
o‘quvchilar tomonidan matn qanday o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida
o‘qituvchi yoki yangi guruh tomonidan savollar beriladi;
guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;
guruhda to‘plangan umumiy ballar guruh a’zolari soniga teng taqsimlanadi.
Savollar:
1.
Hayvonlar yordam so‘rash uchun qayerga borishlari kerak edi?
2. Nima uchun Sharlotta dehqonnikiga borganidan afsuslandi?
o
U boshqa qo‘ylarni sog‘ingani uchun
o
U fermerni uyg‘otishi kerakligi uchun
422
o
Unga yuk mashinasida sayr qilish yoqqani uchun
o
U cho‘pon haqida tashvishlangani uchun
Ko‘rib turibmizki, PIRLS test variantlari belgilash uchun (halqa ichi
bo‘yaladi) va o‘quvchi o‘z fikrini ifodalashi uchun yozuv chizig‘i qo‘yilgan.
Xulosa qilib aytganda, o‘quvchilarga xalqaro baholash dasturlariga mos
ta’lim berish, boshqa davlatlardagi tengdoshlariga o‘zini nisbat qilish, ularning
kreativligini oshirish hamda hayotga tatbiq etish, ijodiy izlanishi va mantiqiy
fikrlashlarini yanada rivojlantirishga, PIRLS dasturini joriy etish negizida
o‘quvchilarning nutqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, ta’lim sifatini
oshirish, o‘qituvchi kadrlarning ham zamon talabiga javob beradigan mutaxassis
bo‘lishlari talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |