417
San’atni idrok etish.
San’atshunoslik faoliyatining asosiy shakli sifatida bu
turdagi darslarda keng ma’noda Tasviriy san’at oʻquv fani mazmuniga kiritilgan
barcha san’at turlari boʻyicha
namunalarni, shu jumladan umuminsoniy va milliy
qadriyat darajasida e’tirof etiladigan mumtoz maqomdagi san’at
asarlarini
oʻrganish orqali oʻquvchilarni badiiy-estetik tarbiyalash bilan bir qatorda ularda
vatanparvarlik hamda baynalminallik fazilatlarini tarbiyalash koʻzda tutiladi. Zero,
tasviriy san’at ta’limi mazmunida Oʻzbekiston tasviriy va amaliy san’ati,
me’morligiga oid oʻquv materiallari bilan bir qatorda
Sharq va jahon tasviriy
san’ati, ularning muhim tendensiya va ana’analari, mashhur rassomlarning hayoti
va ijodi bilan tanishtirib borish jarayonida ularda vatanparvarlik va baynalminallik
sifatlari tarkib toptirib boriladi. Shuningdek, san’atni idrok etish darslari san’at
turlarining
spesifik xususiyatlari, oʻziga xos ifodaviy vositalari,
ularni tarixiy
an’analari, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratish prinsiplarini oʻrgatish
yoʻsinida tasviriy san’at ta’limini takomillashtirish, muayyan yoʻnalishlarini
rivojlantirish istiqbollari belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: