Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 
1. Yuldasheva. D.А.- Kichik yoshdag bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning 
innovatsion usullari / Д. А. Юлдашева. — Молодой ученый. — 2017. — № 4.2 
(138.2). — С. 60-61.
2. Mustafoyeva, S. S. Chet tillarini o‘rganish va o‘qitish: bolalar tillarni qanday 
o‘rganishadi?. - 2019. - 260 bet. 
3.
Rajabova L. Maktabgacha ta’limda metodika fanlarini о‘qitish texnologiyasining 
asosiy tamoyillari //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2020. – 
Т. 1. – №. 1.
4.Qodirova.F.R.,Jo‘rayeva N.T. “Maktabgacha ta’limda zamonaviy yondashuvlar 
va innovatsiyalar” O‘UM. TDPU huzuridagi ХТХQТМОХМ. 2017. 
5. “Ilk Qadam” davlat o‘quv dasturi. 2018. 
6. Maktabgacha ta’lim vazirligi: 
www.mtv.uz

7. Respublika bolalar kutubxonasi: www.kitob.uz.
8. “Maktabgacha ta’lim” jurnali: www.jlmt.uz 
VOLDORF MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI 
Zarina Ashurova Muxitdinovna
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti


407 
Maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi 
Shaxzoda Jamolova Fozil qizi 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi 
Davr shiddat bilan rivojlanib borayotganligi sababli yangi standartlar 
maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitishda nostandart yondashishni talab qiladi. 
Bizning davrimizda maktabgacha yoshdagi bolalarga to‘g‘ri ta’lim va tarbiya 
berishni tashkil etishning yangi shakllari va usullarini izlash nafaqat tabiiy, balki 
zaruriy hodisa hamdir. Bolalar bog‘chasida har bir bolaning faol ishtirokini 
ta’minlaydigan, bolalarning shaxsiy javobgarligini oshiradigan bunday faoliyat 
turlari alohida o‘rin tutadi. Buni nostandart ta’lim va tarbiya shakllari 
texnologiyasi orqali muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Ushbu faoliyatlarning 
maqsadi: zerikarli mashg‘ulotlarni jonlantirish, bolalarda ijodkorlikni uyg‘otish, 
bolalarning faoliyat turlariga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishdir. Chunki qiziqish 
barcha 
o‘quv faoliyati uchun katalizator hisoblanadi. Prezidentimiz 
ta’kidlaganlaridek: “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy maqsadi: dunyo 
rivojlangan davlatlari ta’lim darajasiga javob beradigan yosh avlodni tarbiyalash”. 
Shunday ekan, endigi vazifamiz - rivojlangan davlatlarning mentalitetimizga mos 
keladigan innovatsion pedagogik texnologiyalarini maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida qo‘llash va yangilarini ishlab chiqishdan iboratdir. So‘nggi yillarda 
maktabgacha ta’lim tashkilolarida yangi pedagogik texnologiyalarning kirib kelishi 
ta’lim sohasida sezilarli darajada o‘zgarishlarga olib keldi. Maktabgacha ta’limni 
jadal rivojlantirishning zamonaviy sharoitida har bir tarbiyachi noan’anaviy 
mashg‘ulotlarni tashkil etishga ijodiy yondashishi talab etiladi. Bu mashg‘ulotlarni 
har xil va qiziqarli tarzda o‘tkazish tarbiyachi ishining o‘ziga xosligi va turli 
sohalarda mutaxassis bo‘lishini taqazo etadi.


408 
Noan’anaviy mashg‘ulotlar bolaning ma’naviy, axloqiy, hissiy va intellektual 
rivojlanishi, bilim va ijodiy faolligini rivojlantirish, material bo‘yicha ko‘nikma va 
bilimlarni shakllantirish uchun boy imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. 
Noan’anaviy mashg‘ulotlar tashkil etish: 
• bolaning rivojlanish darajasini oshirish;
• insonning axloqiy fazilatlarini, qarashlarini shakllantirish;
• bolalarni bilim olishga qiziqtirish; 
• bolalarda ijodkorlik, iroda, his-tuyg‘ular va turli qobiliyatlarini rivojlantirishga 
o‘rgatish paytida nutq, xotira, diqqat, tasavvur, idrokni boyitishga xizmat qiladi. 
Rivojlangan davlatlarda bunday yangi noan’anaviy mashg‘ulotlarni tashkil etish 
bo‘yicha “Valdorf” maktabgacha ta’lim tashkilotlari yetakchi o‘rin egallaydi. 
“Valdorf” maktabgacha ta’lim tashkilotlarida – “Valdorf” pedagogikasi asosida 
bolalarga ta’lim-tarbiya beriladi. Valdorf pedagogikasi XX asrning 20-yillarida
Germaniyada Rudolf Shtayner tomonidan tuzilgan
83
. 1919-yilda Germaniyaning 
Shtutgard shahrida birinchi Valdorf maktabi ochilgan. Uning yaratilishi Valdorf-
Astoria tamaki fabrikasi direktori Emil Molt (1876-1936) tomonidan boshlangan. 
Molt maktab yaratish va uning pedagogik rahbarligini o‘z zimmasiga olish 
to‘g‘risida iltimos bilan nemis faylasufi va olimi Rudolf Shtaynerga murojaat qildi. 
Keyinchalik 1920-yilning birinchi yarmida Germaniyaning turli shaharlarida yana 
sakkizta shu kabi maktablar paydo bo‘ldi. Ularning barchasi Rudolf Shtaynerning 
Valdorf pedagogikasi asosida ta’lim-tarbiya berilishiga qaratilgan edi. Valdorf 
maktablarining barchasi 1938-yilga kelib Germaniyaning fashistlari tazyiqi ostida 
yopildi va 1990-yilga kelibgina qayta o‘z faoliyatini tiklashga muvaffaq bo‘ldi. 
Birinchi Valdorf maktabi ochilgandan ko‘p o‘tmay, xuddi shunday ta’lim 
muassasalari Germaniyadan tashqarida paydo bo‘lishni boshladi. Masalan, 1925-
yilda bunday maktablar Shveytsariyada o‘z faoliyatini boshladi, ular “Rudolf 
Shtayner maktablari” deb nomlandi. 1923-yilda Gollandiyada Vrije maktabi 
83
“Valdorf maktabida ta'lim” (maqolalar to‘plami). Moskva. 1995. 


409 
(“Erkin maktab”) deb nomlangan maktablar tashkil etila boshlandi. Tez orada 
“Rudolf Shtayner maktablari” Angliyada (1925- yildan Londonda), Portugaliya 
(Lissabon), Norvegiyada (1926) va AQShda (1928-yilda Nyu-Yorkda) ochildi va 
ularning barchasida Valdorf pedagogikasi asosida ta’lim berish yo‘lga qo‘yildi. 
2000-yilga kelib Valdorf pedagogikasi asosida tashkil etilgan birinchi 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari paydo bo‘ldi. Valdorf maktablari va maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari ko‘plab rivojlangan davlatlarda XXI asrning noan’anaviylik 
timsoli sifatida baholanib kelmoqda. Hozirgi kunda Valdorf pedagogikasi asosida 
yuritiladigan eng ko‘p maktabgacha ta’lim Germaniyada, so‘ng Amerika Qo‘shma 
Shtatlarida tarqalgan bo‘lib, dunyo miqyosida 870 dan ortiq muassasalarni o‘z 
ichiga qamrab oladi. Valdorf ta’limining tuzilishi Rudolf Shtayner tomonidan 
ishlab chiqilgan bolalikning rivojlanish nazariyasiga asoslanadi. Rudolf Shtayner 
bolalarning rivojlanishini uchta rivojlanish bosqichida bo‘lgan va har bir bosqich 
uchun uchta aniq ta’lim strategiyasidan foydalangan
84

Ushbu bosqichlarning har biri taxminan yetti yil davom etadi. Shtayner 
pedagogikasiga ko‘ra odamlarning yetti yillik ruhiy sikllarda rivojlanishiga 
ishongan. Bolalarning rivojlanish bosqichlari:
• (0-7 yosh); 
• (7-14 yosh);
• (14-21 yosh)
85
.
Valfdor pedagogikasida maktabgacha ta’lim tashkilotining xonalaridan tortib, 
uning jihozlarigacha, hattoki jihozlarning xomashyolarigacha qaytarzda tashkil 
etish ta’kidlab o‘tilgan. Valdorf ta’lim metodikasining asosiy g‘oyasi: bolalarga 
tabiat tomonidan berilgan qobiliyatlarni qulay sharoitda, qo‘rquv va stressiz, uning 
harakatlariga hech qanday baho berishni kutmasdan rivojlantirish imkoniyatini 
berishdir. Valdorf pedagogikasining mohiyati shundan iboratki, ta’lim 
84
Valdorf maktabida ta'lim” (maqolalar to‘plami). Moskva. 1995. 4. Valdorf pedagogikasining qoidalari (3 yoshdan 9 
yoshgacha). Nairi, 2008
85
Rudolf Shtayner . Valdorf pedagogikasi asoslari. -T. 2012. 236 b


410 
majburlashsiz va bolaning o‘ziga xos shaxsini ochib berishga qiziqtirish bilan 
amalga oshiriladi. Valdorf maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nafaqat maktabgacha 
dasturlari mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘qitishga, balki axloq, insonparvarlik, ishonch, 
hurmat va o‘zaro yordam kabi fazilatlarni tarbiyalashga ham katta e’tibor beriladi. 
Valdorf maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar, birinchi navbatda, hissiy 
jihatdan kamol topishi kerak, so‘ngra u intellektual rivojlanishni boshlashi 
mumkin, deb ta’kidlanadi. Valdorf o‘qitish metodikasi bilan shug‘ullanadigan 
pedagoglarlarining fikriga ko‘ra, bola ish va ijodiy faoliyat jarayonida dunyoni 
yaxshiroq o‘rganadi. Valdorf maktabgacha ta’lim tashkilotlari do‘stona va qulay 
muhit bilan boshqa maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan ajralib turadi. 
Tashkilotlarda bolaning o‘zi uchun qiziq bo‘lgan faoliyat turini o‘zi tanlaydi va 
tarbiyachi shaxsi tarbiyalanuvchilarga munosib o‘rnak bo‘lishi shart. Valdorf 
pedagogikasida tarbiyachi, avvalambor, bolalar e’tibor beradigan shaxsdir. 
Tarbiyachilar doimo rivojlanib, namuna bo‘lishlari kerak. Asosan bitta tarbiyachi 
bir nechta faoliyat turlarini o‘qitadi. Valdorf pedagogikasining maqsadi nafaqat 
hissiy mukammal, intellektual rivojlangan bolani, balki o‘zining imkoniyatlarini 
biladigan, o‘zining harakatlari uchun javobgar va boshqalarga yordam berishga 
tayyor bolani tarbiyalashdir. Bolalarga ta’lim-tarbiya berishda ularning 
temperamentiga alohida e’tibor beriladi va mashg‘ulotlar davomida bir xil 
temperamentli bolalar bitta stol atrofiga joylashtiriladi.
Valdorf pedagogikasi tamoyillari:
- bola yoshlikdagi quvonchdan ko‘proq bahramand bo‘lishi kerak;
- maktabgacha guruhlarda bolalar guruhlararo muloqot o‘rnatib, turli yoshdagi 
bolalar oilaga o‘xshash qulay muhitda tarbiyalanishi kerak; 
- xonalarni jihozlashda faqatgina tabiiy materiallardan foydalanish zarur
- o‘yinlar davomida ham tabiiy xomasholardan foydalanish zarur;
- mashg‘ulot davomida televizor va kompyuter ishlatish mumkin emas. 


411 
Valdorf pedagogikasining metodikasi shundan iboratki, mashg‘ulotlarda bola 
miyasi kamolotining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Muassasada bolalar 
musiqa, rasm chizish, hikoyalar aytish va tinglash (hissiy sohani rivojlantirish) 
bilan shug‘ullanadilar. Mashg‘ulotlarda ko‘proq ijodkorlikka e’tibor beriladi. 
Bolalar spektakllar va sahna ko‘rinishlari namoyish etishadi, festivallar tashkil 
qilishadi. Bu orqali bolalarga ijodiy fikrlashni rivojlantirishadi. Bolalarga 
matematika, ingliz tili kabi mashg‘ulotlar majburan o‘rgatilmaydi, ularni kitob 
o‘qishga ham Valdorf muassasalarida undashmaydi. Asosiy e’tibor bolaning ichki 
kechinmalariga, ijodkorligiga, erkinligiga qaratilgan. Bola qachon ruhiy kamolotga 
erishsa, o‘sha vaqtdan boshlab uning intellektual jihatdan rivojlanishi uchun 
boshqa mashg‘ulotlar jadvalga kiritiladi.
“Valdorf maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar uchun eng qiziqarli 
mashg‘ulotlardan biri bu - suvga cho‘milish usuli orqali bolalarning ichki 
xotirjamligini saqlashdir. Bu muassasalarda bitta mashg‘ulot oylab o‘tiladi. 
Valdorf maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bir muhim qirrasi shundaki, 
mashg‘ulotlar tabiat bilan uyg‘unlikda tashkil etiladi. Bolalar hayvonlarga 
g‘amxo‘rlik qiladilar, o‘simliklar ekadilar va o‘stiradilar, ko‘p vaqtlarini ochiq 
havoda o‘tkazadilar. Muassasadagi o‘yinlar didaktik shaklda tashkil etiladi. Bu 
bolaga fantaziya qilish va o‘yinning yangi rasmlari va syujetlarini yaratish 
imkoniyatini beradi. Guruhdagi o‘yinchoqlarning aksariyatini bolalar tarbiyachilar 
bilan birgalikda tabiiy xomashyolardan sodda usulda tayyorlaydilar.
Valdorf pedagogikasining muhim xususiyati: sinfdagi hayot ritmi faoliyatini 
o‘zgartirish prinsipiga muvofiq tashkil etilgan, ya’ni harakatchanlik talab etadigan 
mashg‘ulotdan so‘ng bolalarni xotirjam qila oladigan mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 
Valdorf muassasalarida tadbirlar ko‘p tashkil etilib, barcha tadbirlarda ota-onalar 
ishtirok etishlari shart hisoblanadi. Hattoki guruh xonalarini bezatishda, 
o‘yinchoqlar yasashda ota-onalar ko‘maklashadilar. Bu mashg‘ulotlar orqali 
bolalar va kattalarning bir-birini tushunishi, ahil yashash, hayotdan birgalikda 


412 
zavqlanish tuyg‘ularini ota-onalar va bolalarga singdirishadi. Bu muasasalarda 
barcha faoliyat turi bo‘yicha har bir guruhga bitta tarbiyachi biriktiriladi. Sababi 
bolalar boshqa tarbiyachidan cho‘chishi va bu orqali o‘z ijodkorligini namoyon eta 
olmasligida deb ta’kidlanadi. 
R. Shtayner pedagogikasida bolalarda intellektual rivojlanishni erta 
boshlashdan bosh tortilgan. Dastlab bolalar hissiy jihatdan kamol topishlari, baxtni 
his etishlari, guruh bolalari bilan bir oila bo‘lishni o‘rganishlari zarur deb 
belgilangan”
86
. Keyingi qiziqarli noan’anaviy mashg‘ulotlardan biri bu – 
bog‘dorchilikdir. Bolalar va tarbiyachilar birgalikda guruh uchun belgilangan 
maydonchada sabzavotlar ekishadi. Har kun bu ekinlarni sug‘orib, hosil olguncha 
amaliy tarzda sabzavotlarning foydali xususiyatlarini bilib olishadi. Hattoki hosilni 
bolalar o‘z qo‘llari bilan yig‘ib oladilar va shu sabzavotlarni iste’mol qiladilar. 
Valfdor maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha guruhlari uchun maydonchalar 
mavjud va barcha bolalar hamjihat mehnat qilib, o‘z-o‘ziga xizmat qilishni 
o‘rganib boradilar. Bu bolalarda psixosomatik kasalliklarning oldini olishga 
qaratilgan. Chunki bola qancha ko‘p tuproq, o‘simliklar, gullar, nihollar bilan 
mashg‘ul bo‘lsa, unda shunchalik stress holatlari kamayadi. Bolaning hissiy va 
jismoniy sog‘ligini saqlash va uni mustahkamlashga imkon beradi. Bolalar 
bog‘dorchilik mashg‘ulotlarida kognitiv faoliyat zavqini boshdan kechiradilar. 
Chunki maxsus tashkil etilgan muhit bolaning mashg‘ulotlardan ilhomlanishiga 
qaratilgan. Valfdor pedagogikasini qo‘llash: ta’lim samaradorligini oshirish; 
tarbiyalanuvchilar va tarbiyachilarning bir-birlarini tez tushunishlari; pedagogik 
tajribani qo‘llash; fikran mustaqilikka erishish; bolalarning emotsional kamoloti; 
bolalar sog‘ligini saqlash; bolalar sog‘ligini mustahkamlash; ta’lim va tarbiya 
sifatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shadi. Barcha mashg‘ulotlarda bolalarga o‘z-
o‘zini yuqori baholash shakllantiriladi. Shuning uchun faoliyatda muvaffaqiyat 
kafolatlanadi. Bolada o‘zini namoyon qilish va o‘zini muvaffaqiyatli his qilish 
86
Pinsky A. A. Waldorf pedagogikasi (antologiya). -T. “Ta'lim”, 2003.


413 
uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Valdorf muassasalarida mashg‘ulotlar 
davomida, o‘yinlarda va musobaqalarda bolalarni bir-birlari bilan raqobatlashtirish 
mumkin emas. Raqobatlashish muassasaning ichki qoidalari asosida man etilgan. 
“Barcha ota – onalar farzandlarini aqlli, maktabda yaxshi baholarda o‘qishini 
xohlashadi. Buning uchun esa maktabgacha davrdan boshlab bolalarni 
mashg‘ulotlarga, o‘qishga qiziqtira borish kerak’’
87
- deb ta’kidlaydi rivojlangan 
davlatlar psixologlari. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin