Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   373
innovatsion

Borliqni idrok etish.
Bu yoʻnalishdagi darslarda boshlang‘ich sinf 
oʻquvchilarini atrof-muhitni estetik idrok etishga oʻrgatish vositasida insoniyat 
uchun dolzarblashib borayotgan inson va tabiat munosabatlarini teranroq anglash, 
tevarak-atrof va voqelikdagi goʻzallikni idrok etish koʻnikmalarini shakllantirish 
orqali oʻquvchilarda estetik va ekologik madaniyat elementlari tarkib toptirib 
boriladi. Bu boʻlim tasviriy san’at ta’limi mazmunida alohida oʻrin egallaydi. U 
san’atning hayot bilan aloqasini tushunishga, kuzatilayotgan voqeliklarning turli-
tuman holatlar, undagi shakllar, ranglar xilma-xilligini koʻra olishni oʻrgatadi. Bu 
boʻlimda tasviriy san’atda tasvirlangan voqeliklar, shuningdek, me’morlik 
obidalarini tabiat bilan hamohanglikda borliqning bir qismi sifatida anglash, estetik 
idrok etish obyekti tariqasida oʻrganiladi.


417 
San’atni idrok etish.
San’atshunoslik faoliyatining asosiy shakli sifatida bu 
turdagi darslarda keng ma’noda Tasviriy san’at oʻquv fani mazmuniga kiritilgan 
barcha san’at turlari boʻyicha namunalarni, shu jumladan umuminsoniy va milliy 
qadriyat darajasida e’tirof etiladigan mumtoz maqomdagi san’at asarlarini 
oʻrganish orqali oʻquvchilarni badiiy-estetik tarbiyalash bilan bir qatorda ularda 
vatanparvarlik hamda baynalminallik fazilatlarini tarbiyalash koʻzda tutiladi. Zero, 
tasviriy san’at ta’limi mazmunida Oʻzbekiston tasviriy va amaliy san’ati, 
me’morligiga oid oʻquv materiallari bilan bir qatorda Sharq va jahon tasviriy 
san’ati, ularning muhim tendensiya va ana’analari, mashhur rassomlarning hayoti 
va ijodi bilan tanishtirib borish jarayonida ularda vatanparvarlik va baynalminallik 
sifatlari tarkib toptirib boriladi. Shuningdek, san’atni idrok etish darslari san’at 
turlarining spesifik xususiyatlari, oʻziga xos ifodaviy vositalari, ularni tarixiy 
an’analari, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratish prinsiplarini oʻrgatish 
yoʻsinida tasviriy san’at ta’limini takomillashtirish, muayyan yoʻnalishlarini 
rivojlantirish istiqbollari belgilanadi.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin