Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   373
innovatsion

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi “Xalq 
ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538-son Farmoni. 
2.Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim
sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 997- son Qarori. 
3.www. markaz.tdi.uz. 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI, TARBIYACHI VA OILA 
HAMKORLIGI ASOSIDA BOLALAR XULQ-ATVORIDAGI SALBIY 
O‘ZGARISHLARNI KORREKSIYALASH 
Rahimova Orzigul Jahonovna 
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
maktabgacha ta’lim va tarbiya metodikasi yo‘nalishi magistranti
 


423 

O‘zbek oilasining o‘ziga xosligi sharqona odob-axloq, rasm-rusum, urf-
odat, milliy qadriyat hamda an’analar, ta’lim -tarbiyada, ma’naviy yetuklikka 
intilish kabilarning barhayotligidadir. Bolalarning ta’lim-tarbiya va bilim olishiga 
asosiy zamin yaratuvchi maskan oiladir keyingi o‘rinda maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarining o‘rni ahamiyatlidir.
Har tomonlama yetuk shaxs bo‘lib yetishishi uchun, bola tarbiyasida
ota-onaning mas’uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan 
qurollantirish bugungi bugungi kunning eng dolzarb masalasidan biri hisoblanadi. 
O‘zbek miliy qadriyatlari, madaniyatini bola tarbiyasi va rivojlanishidagi 
pedagogic bilimlarni takomillashtirib yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham 
maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilsa bola xulq atvorida salbiy 
o‘zgarishlar kuzatilmaydi va buni oldi olinadi. Bunda bola tarbiyasida bu ikki 
yo‘nalishdan biri ikkinchisining o‘rnini bosa olmaydi, balki biri ikkinchisi 
to‘ldiradi, agarda birida bo‘shliq qolganda bola tarbiyasida tub o‘zgarishlar sodir 
bo‘ladi va salbiy xulq atvor vujudga kela boshaydi. 
Sog‘lom muhitni yaratib, boladagi salbiy xulq atvorni korreksiyalash esa 
oilada oila a’zolarining, maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagog xodimlarning 
bilimdonlik mahorati va psixologik kreativligiga bog‘liqdir. Ko‘p hollarda bir xil 
yoshdagi bolalarning taraqqiyotida notekislikni ko‘rish mumkin. Masalan: 
maktabgacha yoshdagi bolada ‘’Yaxshi’’ va ‘’Yomon’’so‘zni ‘’To‘g‘ri’’ va 
‘’Noto‘g‘rini’’ ajrata oladigan bo‘ladi. Aynan shu yoshdagi ba’zi bir bolalarda 
bunda teskari bo‘lgan xulq atvor va xususiyatlarni uchratish mumkin. Bunday 
notekislikka sabab kattalarning e’tiborsisligi yoki bola tarbiyasi bo‘yicha yetarli 
bilimga ega bo‘lmasligidadir. Shunga ko‘ra maktabgacha ta’lim tashkiloti 
pedagogi malakali mutaxassis bo‘lsa ,bola xulq atvoridagi mavjud muammolar 
kuzatilib uni o‘z bilim va mahoratlari bilan korreksiyalashda ota-onalarga ham 
ta’sir ko‘rsata olishlari bunda oila psixologiyasining nozik jihatlarini bilishlari 
lozim. Maktabgacha ta’lim tashkiloti har bir guruh xonalarida ota-onalar uchun 


424 
tashkil qilingan burchaklarda doimiy ravishda psixolog bilan hamkorlikda 
bolalardagi psixologik o‘zgarishlarni ro‘y berayotgan yutuq va kamchiliklarni 
muntazam ravishda ota-ona bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish orqali kelajakda ro‘y 
berihi mumkin bo‘lgan muammolarni oldi olinishi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida, tarbiyachi va oila hamkorligi asosida 
bolalar xulq-atvoridagi salbiy o‘zgarishlarni korreksiyalashda guruh xonalarida 
ota-ona burchagini yanada boyitishda so‘rovnomalar va fikrlar burchagi, ota-onalar 
o‘rtasida psixologik seminar treninglar tashkil qilish, anketa so‘rovnomalarini 
muntazam o‘tkazib borish orqali Kuzatuv kengashi bilan birgalikda nosog‘lom 
oilalar bilan individual ravishda ishlarni amalga oshirish va ularni bartaraf etish 
mavzuning dolzarb jihati hisoblanadi.
Buni nostandart tarbiya shakllari texnologiyasi orqali mavjud muammolarni 
muvaffaqiyatli hal etish mumkin. Ushbu faoliyatlarning maqsadi: Maktabgacha 
ta’lim tashkiloti hamda ota –ona o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, boladagi 
salbiy o‘zgarishlarni sog‘lom muhitga aylantirishdan iborat. Prezidentimiz Shavkat 
Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir 
muhim masala- bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan 
aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu 
o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim- yoshlar. Mayli, yoshlar 
o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham 
unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz , degan da’vat ularning 
qalbiga doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunda 
nimaninghisobidan erishamiz… Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”, deya 
ta’kidladilar. Shunday ekan, endigi vazifamiz – buyuk mutafakkirlarimizning 
tarbiya metodlari hamda innovatsion pedagogik tarbiya texnologiyalarini 
uyg‘unlashtirib bola uchun sog‘lom muhitni yaratishdan iboratdir. 
So‘nggi yillarda maktabgacha ta’lim tashkilotarida yangi tarbiya 
metodlarini yaratilishi tarbiyada sezilarli darajada o‘zgarishlarga olib keldi. Bu 


425 
faoliyatda har xil yangi metod tashkil qilish tarbiyachi ishining o‘ziga xosligi va 
turli sohalarda mutaxassis bo‘lishini taqazo etadi.
Noan’anaviy faoliyat bolaning ma’naviy, axloqiy, hissiy va intellektual 
rivojlanishi, bilim va ijodiy faolligini rivojlantirish, salbiy xulq atvordagi 
o‘zgarisharni korreksiyalash, sog‘lom muhitni yaratish ustida ish olib borishni o‘z 
ichiga oladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida noan’anaviy faoliyatlar tashkil 
etish: 
• tarbiyachi va ota-ona hamkorligini oshirish;
• insonning axloqiy fazilatlarini, qarashlarini shakllantirish;
• boladagi salbiy o‘zgarishlarni bartaraf etish; 
• 
bolalarda iroda, samimiy his-tuyg‘ular va sog‘lom muhutni 
rivojlantirishga o‘rgatish paytida psixolog rolini oshirish.
Sharq mutafakkirlariningilmiy merosida ta’lim –tarbiya masalalari muhim 
o‘rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga kata e’tibor 
berganlar. 
Zero 
yosh 
avlod 
tarbiyasi 
insoniyatning 
kelajak 
taqdirini 
belgilaydigan,ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo‘lganligi uchun 
ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Besh yuz yil 
oldin yashab ijod qilgan buyuk mutafakkirimiz Alisher Navoiy bolani “mehribon 
molxona”- uyni yoritib turadigan va oilada baxt keltiradigan nur deb bilgan. 
Alisher Navoiy tarbiya usuli o‘zgachaligi bilan alohida ajralib turadi.Alisher 
Navoiy oilada ayrim illatlarni va o‘zaro kelishmovchiliklarni bolatarbiyasiga salbiy 
ta’siri va uning buzilishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar haqida ham yozadi. 
Shuningdek yaxshi va yomon xulqlar va ularning kelib chiqish sabablarini 
ko‘rsatib beradi. Bolada paydo bo‘ladigan yomon xulqlarning oldi olinmasa, u 
bora bora illatga aylanadi. Bu o‘rinda uning mashhur baytini keltirmoq kifoyadir. 
Kuchuk bilan xo‘tikni qancha qilsang tarbiya, 
It bo‘lur, eshshak bo‘lur, bo‘lmas aslo odami. 
Yuqoridagi tarbiya usullarini qo‘llash:


426 
ta’lim samaradorligini oshirish;
tarbiyalanuvchilar va ota-ona o‘rtasidagi hamkorlikni oshirish;
pedagogik tajribalarni qo‘llash;
sog‘lom muhitga erishish;
bolalarning ematsional kamoloti;
bolalar sog‘ligini saqlash; bolalar sog‘ligini mustahkamlash;
ta’lim va tarbiya sifatini oshirishda o‘z hissasini qo‘shadi.
Barcha 
mashg‘ulotlarda 
bolalarga 
o‘z-o‘zini 
yuqori 
baholash 
shakllantiriladi. Shuning uchun faoliyatda muvaffaqiyat kafolatlanadi. Bolada 
o‘zini namoyon qilish va o‘zini muvaffaqiyatli his qilish uchun ko‘plab 
imkoniyatlar mavjud. Tashkilotda mashg‘ulotlar davomida, markazlar orqali 
ta’limiy o‘yinlarda bolalar xulq atvoridagi mavjud muammolarni yuqoridagi 
usullar orqali ham bartaraf etish mumkin.

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin