Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta


UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BOSHLANG‘ICH



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   373
innovatsion

UMUMTA’LIM MAKTABLARINING BOSHLANG‘ICH 
SINFLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANINI OʻQITISHNING METODIK 
IMKONIYATLARI 
Shukurov Avaz
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti
San’atshunoslik kafedrasi dotsenti 
Rahmatova Dilorom Rahmatulloyevna 
Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti Tasviriy
san’at va amaliy bezak san’ati 1-bosqich magistranti 
Annotatsiya. 
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida oʻqitiladigan “Tasviriy 
san’at” oʻquv fani oʻz mazmuniga koʻra integrativ fan hisoblanadi. Chunki uning 
mazmunida Tasviriy san’atdan tashqari amaliy bezak san’ati, badiiy 
hunarmandchilik, me’morlik va dizaynga oid oʻquv materiallarini oʻzlashtirish 
belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, tasviriy san’at ta’limining mazmunini 1-4,
5-7-sinflarda oʻqitishida muayyan tafovutlar mavjud va bunda tasviriy san’atning 
uzluksiz tizimi mantiqiy rivojlanib borish prinsipi asosiga quriladi. 
Kalit soʻzlar: 
san’at, tasviriy san’at, integratsiya, natura, idrok, 
kompozitsiya, estetika. 
Tasviriy san’at ta’limi umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 1-7-sinflarida 
haftasiga 1 soatdan oʻqitilib, uch turdagi faoliyat (san’atshunoslik asoslari, tasviriy 
faoliyat (naturaga qarab tasvirlash) hamda kompozitsion faoliyat) va olti yoʻnalish 
(san’atshunoslik asoslarining yetakchi yoʻnalishi – 
suhbat, rangtasvir, grafika, 
haykaltaroshlik, me’morlik, amaliy va dizayn san’ati)
dagi dars turlariga boʻlinadi. 
Ayrim dars turlari 1-4-sinflarda oʻquvchilarning yosh xususiyatlaridan kelib 
chiqqan holda bir-biridan farq qilishi nazarda tutiladi. Jumladan, 5-7-sinflarda 
oʻqitiladigan hamda oʻquvchilarda san’at asarlarini badiiy-estetik idrok etishga 


416 
oʻrgatuvchi san’atshunoslik asoslari darslari boshlang‘ich sinflarda suhbat 
tarzidagi borliqni va san’atni idrok etish shaklida olib boriladi.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida oʻqitiladigan Tasviriy san’at oʻquv fani 
oʻz mazmuniga koʻra integrativ fan hisoblanadi. Chunki uning mazmunida 
Tasviriy san’atdan tashqari amaliy bezak san’ati, badiiy hunarmandchilik
me’morlik va dizaynga oid oʻquv materiallarini oʻzlashtirish belgilab qoʻyilgan. 
Shuningdek, tasviriy san’at ta’limining mazmuni 1-4, 5-7-sinflarda oʻqitilishida 
muayyan tafovutlar mavjud va tasviriy san’atning uzluksiz tizimi mantiqiy 
rivojlanib borish prinsipi asosiga quriladi. Masalan, boshlang‘ich sinflardagi 
borliqni idrok etish darslari 5- sinfdan boshlab san’atni idrok etish tarzida davom 
ettirilib, asosiy e’tibor bevosita oʻquvchilarda san’at asarlarini badiiy-estetik idrok 
etishga oid bilim, malaka va koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltiriladi va 
faoliyatning bu turi tasviriy san’atdan Davlat ta’lim standarti hamda oʻquv 
dasturida San’atshunoslik asoslari bloki tarzida beriladi.
Faoliyat turlari boʻyicha “Tasviriy san’at” oʻquv fani quyidagi 
yoʻnalishlarda olib boriladi: 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin