Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta



Yüklə 7,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/373
tarix24.12.2023
ölçüsü7,27 Mb.
#193675
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   373
innovatsion

Tasviriy faoliyat
 
darslari, asosan, tasviriy san’at turlari (rangtasvir, grafika 
va haykaltaroshlik) boʻyicha naturaga qarab tasvirlash darslari shaklida tashkil 
etilib, bu turdagi darslarda oʻquvchilarning tasviriy savodxonliklari shakllantirib 
boriladi, ya’ni naturaga qarab tasvirlash darslarida oʻquvchilarda ob’ekt (natura)ni 
maqsadli kuzatish, tahlil qilish, buyumlarning konstruktiv tuzilishi va boshqa 
parametrlariga koʻra tasviriy vosita va material tanlash va amaliy tasviriy 
faoliyatda maqsadga muvofiq tarzda qoʻllash kompetensiyalari tarkib toptiriladi. 
Bu darslarda olingan nazariy bilim va egallangan amaliy malakalar kompozitsion 
faoliyat dasrlari bilan uzviy aloqadorlikda tashkil etiladi.
Kompozitsion faoliyat
tasviriy san’at darslarining asosiy qismini tashkil 
etadi. Unda rangtasvirda kompozitsiya, grafikada kompozitsiya, haykaltaroshlikda 
kompozitsiya, dizaynda kompozitsiya, amaliy bezak san’atida kompozitsiya 
yoʻnalishlarida darslar tashkil etilib, asosiy e’tibor oʻquvchilarning ijodiy 


418 
tasavvurlarini rivojlantirish, naturaga qarab tasvirlash darslarida egallagan 
bilimlari, borliqni idrok etish jarayonida olgan tasavvur va taassurotlari, qolaversa, 
Davlat ta’lim standarti, oʻquv dasturida koʻrsatilgan namunaviy mavzular, 
topshiriqlar, adabiy asarlar (ertak, rivoyat, she’r, hikoya va h.k.) syujetlari asosida 
kompozitsiya yaratishga oid bilim, koʻnikma va malakalarni tarkib toptirish orqali 
bolalarda ijodkorlik kompetensiyalari rivojlantirib boriladi. Shuni qayt qilib oʻtish 
joizki, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, umumta’lim maktablarining 
boshlang‘ich sinflarida tasviriy san’at darslari soatini haftasiga hech boʻlmaganda 
2 soat qilib belgilash zarur. Bu esa oʻquvchilarda ijodiy fikrlash, mantiqiy tafakkur 
hamda tasavvurlarini boyitishda xizmat qiladi. 

Yüklə 7,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   373




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin