“Yangi
O‘zbekiston”
va
“Uchinchi Renessans”
so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va
hamohang
bo‘lib
yangramoqda,
xalqimizni
ulug‘
maqsadlar
sari
ruhlantirmoqda”
38
. “Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng
ko‘lamli islohotlarimizning samaradorligi, - deb uqtiradi bu borada birinchi
prezidentimiz I.A.Karimov, - avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy
merosimizning chuqur o‘rganilishi, an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi,
37
Бу ҳақида батафсилроқ қаранг: Отамуродов С. Глобаллашув ва миллат. Т. “Янги аср авлоди”. 2008. – 112 –
193.
38
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston “Yangi O‘zbekiston” .
https://iiv.uz/news/yangi-ozbekiston-demokratik-
ozgarishlar-keng-imkoniyatlar-va-amaliy-ishlar-mamlakatiga
aylanmoqda . 17.08.2021
45
madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji eng muhimi, jamiyat tafakkurining
o‘zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog‘liq”
39
.
Ammo hamon bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar miqyosi katta. Lekin, yuqorida
aytganimizday, globallashuv jarayoni bizni kutib turmaydi, u har qanday millatni
o‘zlikdan judo qilib, uni ommaviy podaga aylanish yo‘liga solmoqda. Bu, ayniqsa,
hozirgi davrda keng avj olayotgan migratsiya jarayonlari munosabati bilan yaqqol
namoyon bo‘lmoqda. Vaholanki, aynan milliy o‘zlik hozirgi davrda mamlakatni
mamlakat qiladigan uch buyuk kuchdan, ya’ni pul
,
ijtimoiy fikr, millatdan biri,
ularning eng asosiysi va ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir. Zero,
chinakam pulni (sof boylikni) ham millat ishlab topadi (yaratadi), ijtimoiy fikr
ham aynan milliy o‘zlikka bog‘liq. Ayni milliy o‘zlik tuyg‘usining kuchi aholi
ijtimoiy ongini inqirozdan, noobyektiv informatsiya xataridan saqlaydi. “Shu
boisdan ham, o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga
tayanadigan, yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondosha
oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan
uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi
istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”
40
. Ayni shuning uchun
“Birinchi navbatda, milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga
e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to‘plangan. Tarixning
ne-ne sinovlaridan o‘tgan. Insonlarga og‘ir damlarda madad bo‘lgan.
Bizning vazifamiz — shu xazinani ko‘z qorachig‘imizdek asrash va yanada
boyitish
41
bo‘lishi kerakligi ravshan.
Milliy o‘zlikning shakllanishi esa, avvalo, millat hayotiy faoliyatining
maqsad va marralarini belgilaydigan o‘z g‘oyalari, mafkurasi, nazariy tilda aytsak,
o‘z
konsepsiyasining
shakllanishi
bilan
uzviydir
42
.
Rus
faylasufi
39
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч-.Тошкент.: Маънавият. 2008. - Б. 76- 77.
40
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Тошкент.: Маънавият. 2008.- Б. 77.
41
Каримов И. Юксак маънавият – енгилмас куч.-Тошкент.: Маънавият. 2008.– Б. 78.
42
Қўчқоров В. Миллий ўзликни англаш ва ижтимоий-cсмёсий жараёнлар. Т., “Aкадемия” 2007.
46
M.I.Belyayevning
43
fikriga ko‘ra, butun insoniyat yaxlit organizmida har bir
millatning o‘z o‘rnini belgilaydigan g‘oyasi bo‘lishi kerak va rus millatining
g‘oyasi davlat quruvchanlikdadir.
Bizningcha, bizning o‘tmish ma’naviy qadriyatlarimizdan kelib chiqib
hozirgi milliy g‘oyamiz asosiga qo‘yilgan “komil insonlar jamiyatini qurish”
g‘oyasi bundan ancha keng va chuqur. Vaholanki, komil inson o‘zligini bilgan
insondir!
Dostları ilə paylaş: |