Ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 34,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix25.12.2023
ölçüsü34,82 Kb.
#194323
  1   2   3
ilm-fan 3122



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
81 
DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATINING SHAKLLARI, TURLARI VA USULLARI 
Ochilova Zilola Joxan qizi 
Toshkent davlat yuridik universiteti 
Moliyaviy-huquqiy monitoring fakulteti Magistranti 
ochilovazilola13@gmail.com 
https://doi.org/10.5281/zenodo.10223957 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar 
moliyaviy nazorat organlari faoliyatini ham takomillashtirishni taqozo etmoqda. Davlat 
boshqaruvi va moliyaviy tizimining samarali nazorati bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Moliyaviy nazorat davlatning iqtisodiy ko‘rsatgichlarini o‘sishida muhim o‘ringa ega 
hisoblanadi. Moliyaviy nazoratni samarali tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishish 
uchun nazorat ostiga olingan moliyaviy nazorat obyektiga mos bo‘lgan moliyaviy nazoratning 
shakllaridan, usullaridan va turlaridan foydalanish lozim.
A.V. Vahobov, T.S. Malikovlar amalga oshirish reglamentiga ko‘ra: majburiy (tashqi) va 
tashabbuskorli (ichki) turlarga bo‘ladilar. Majburiy moliyaviy nazorat jismoniy va yuridik 
shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan mustaqil nazoratchilar tomonidan qonunchilik 
hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy tarzda soliqlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
to‘lanayotganligini, budjetdan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanayotganligi, korxona 
va tashkilotlarning buxgalteriya va boshqa hisobotlari ustidan asosan auditorlik firmalari 
tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tushuniladi.
Tashabbuskorli moliyaviy nazorat esa moliyaviy nazorat sohasidagi qonunchilik hujjatlarida 
belgilab qo‘yilmagan bo‘lsa-da, strategik hamda taktik maqsadlarga erishish va moliyaviy 
boshqaruvni samarali tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan moliyaviy nazorat turidir.
Shuni ham ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, moliyaviy nazorat to‘g‘risidagi qonunchilik 
hujjatlarida, ya’ni Budjet kodeksida moliyaviy nazoratning usullari sifatida taftish, tekshirish 
(budjet to‘g‘risidagi qonunchilikning avvalgi taftishda yoki tekshirishda aniqlangan buzilish 
hollarini bartaraf etish yuzasidan nazorat tartibidagi tekshirish) va o‘rganish shaklida
1
amalga 
oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Davlat moliyaviy nazoratining ushbu shakllarining tahliliga ham qisqacha to‘xtalib ketadigan 
bo‘lsak, tekshirish – bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik 
hujjatlariga ularning qanchalik rioya qilayotganligini va qonunchilik hujjatlarini 
bajarayotganini nazorat qiluvchi organlar tomonidan bir martalik nazorat qilishidir. Moliyaviy 
nazorat shakli sifatida taftish moliyaviy nazoratninf muhim ahamiyatli shakli bo‘lib, o‘zining 
maqsadi va obyektlari hamda moliyaviy nazoratni samarali ta’minlay olishi jihatidan eng 
muhim nazorat shakli deyishimiz mumkin. Taftish – nazorat qiluvchi organ tomonidan taftish 
qilinayotgan moliyaviy nazorat subyektining xo‘jalik operatsiyalarining qonuniyligini va 
asosliligini, ushbu subyektlarning buxgalteriya, moliya, statistika, bank hamda boshqa 
hujjatalrini, hisobotlarini o‘rganish, ularda aks ettirilganlarni tekshirish va taqqoslashdan 
iborat bo‘lgan moliyaviy nazorat harakatlari majmuidir. Tekshirish va taftishni 
qiyoslaydigann bo‘lsak, biri nazoratning torroq ko‘rinishi bo‘lsa, ikkinchisi nazoratning 
kengroq olib borilishini anglatuvchi tushunchadir.
Moliyaviy nazoratning shakllarini ko‘rib chiqishdan oldin, bu tushunchaning o‘ziga ta’rif berib 
o‘tsak. Moliyaviy nazoratning shakllari – nazorat qiluvchi organlar tomonidan amalga 
1
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 173-modda.



Yüklə 34,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin