Ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 34,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix25.12.2023
ölçüsü34,82 Kb.
#194323
1   2   3
ilm-fan 3122

ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
82 
oshiriladigan nazorat funksiyasini bajarish uchun mo‘ljallangan nazorat harakatlarini aniq 
ifodalash hamda tashkil etishning uslublaridir. Moliyaviy nazorat shakllari sifatida ilmiy 
adabiyotlarida va qonunchilik hujjatlarida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tgan: dastlabki moliyaviy 
nazorat, joriy moliyaviy nazorat va yakuniy moliyaviy nazorat. 
Bu tasniflanish bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lgan nazorat harakatlarini ifoda etib, ularning 
uzliksizligini ko‘rsatadi. Turlarga bo‘lishda nazorat harakatlarining amalga oshirish vaqti 
hamda ularni o‘tkazishning ayrim o‘ziga xos jihatlari asos qilib olingan.
Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning bajarilishidan oldin ro‘y berganligi 
uchun o‘zida ogohlantiruvchi xususiyatni aks ettiradi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni 
moliyaviy faoliyati davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarni sodir 
etishdan ogohlantiradi. Qonunchiligimizga ko‘ra dastlabki moliyaviy nazoratni moliyaviy 
operatsiyalar amalga oshirilguncha g‘aznachilik bo‘linmalari moliya organlari hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bajaradi. Ushbu moliyaviy nazoratning ahamiyatli 
jihatini qonunbuzarliklarning oldini olinishida, xato va kamchiliklar ta’sirida yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan zararlar, yo‘qotishlarning yuz bermasligida deb aytishimiz mumkin.
Joriy moliyaviy nazorat avvalgisidan farqli ravishda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish 
jarayonida o‘tkaziladi. Ushbu nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan moliyaviy 
nazoratning subyektlari sifatida g‘aznachilik bo‘linmalari, moliya organlari va davlat soliq 
xizmati organalari namoyon bo‘ladi. Adik Lining fikricha, “joriy moliyaviy nazorat operativ 
boshqarish va tartibga solishning jarayoning uzviy qismidir
2
”.
Budjet qonunchiligiga ko‘ra moliyaviy nazoratni usullarga bo‘lish ikki xil asos bo‘yicha bo‘ladi. 
Hujjatlarni tekshirish hajmiga qarab: yoppasiga va tanlov asosidagi nazoratga bo‘linadi.
Yoppasiga nazoratda tekshirilishi belgilangan davr uchun barcha turdagi hujjatlar: 
buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari va boshqa hujjatlar nazorat ostiga olinadi.
Tanlov asosidagi nazoratda esa muayyan davr uchun buxgalteriya, moliya, statistika, bank 
hujjatlari va boshqa hujjatlarning faqatgina ayrim qismlari nazorat qilinadi.
Moliyaviy nazoratning yo‘naltirilgan maqsadiga va predmetiga qarab quyidagi: 

kompleks nazorat; 

mavzuli nazorat; 

muqobil nazorat usullariga bo‘linadi. 
Kompleks nazorat
– moliyaviy nazorat obyekti hisoblanmish korxona, tashkilot va 
muassasaning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatining barcha yo‘nalishlarni har tomonlama nazorat 
qilish tushuniladi. Ushbu nazorat turida korxona, tashkilot va muassasaning moddiy, mehnat 
va moliyaviy resurslarining butligi hamda ulardan maqasdli foydalanish, buxgalteriya hisobi, 
hisobotinign holati va sifati kabi jihatlar nazorat ostiga olinadi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish 
joizki, nazoratning tor texnikaviy va texnologik masalalari uchun ushbu sohaning 
mutaxassislari jalb etiladi. 
Mavzuli nazorat
– bir turdagi korxona, tashkilot va 
muassasalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining ma’lum bir qismi uchun, jumladan, xo‘jalikka 
xos bo‘lgan tipik kamchiliklar va qonun buzilishlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish 
maqsadida tashkil etiladigan moliyaviy nazorat usuli hisoblanadi.
Muqobil nazorat

operatsiyalar yagonaligi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan va turli davlat moliyaviy nazorati 
obyektlarida turgan hujjatlarni solishtirishni o‘z ichiga olgan tekshirish, bundan tadbirkorlik 
2
Li A. O‘zbekiston Respublikasi moliya huquqi: Darslik/ A.Li. Mas’ul muharrir. M.X. Rustambayev. – 2-nashri (qayta 
ishlangan va to‘ldirilgan) – T.: 2006. 115-bet. 



Yüklə 34,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin