//
ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research
Journal, Vol. 11, Issue 2, February 2021
128
ILK O‘ZBEK ROMANIDA KULGIGA ASOSLANGAN DIOLOGLARNING
ESTETIK VAZIFASI
Xaitov XamzaAxmadovich
BuxDUPI “Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi”
kafedrasi o‘qituvchisi, f.f.f.d.
Jabborova Aziza Shoxnazarovna
BuxDUPI BTU 1-bosqich talabasi.
Annotatsiya
.
Maqolada
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida
keltirilgan kulgiga asoslangan dialoglar misolida xalq maydon kulgisining o‘zbek
romanlari shakllanishi va badiiy taraqqiyotiga ta’siri xususida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar
:
Roman, o‘zbek romani, kulgi, kulgi san’ati, xalq kulgisi,
maydon kulgisi, dialog, obraz, personaj nutqi, poetika.
Abdulla Qodiriy yozgan “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” kabi o‘zbek
romanchiligining ilk namunalari poetik qurilishi jihatidan jahon romanchiligi
an’analarini o‘zida namoyon etishi bilan alohida e’tiborni tortadi. Ularda xalq kulgi
san’atiga xos ayrim elementlar uchrashi, ayniqsa, kulgiga asoslangan dialoglarning
uchrashi ayricha diqqatni jalb etadi.
Yozuvchi tarixiy va zamonaviy muhit, o‘tmish va bugun, unda yashovchi
qahramonlar o‘rtasidagi masofani yo‘qotish uchun aynan xalq kulgisidan vosita
sifatida foydalangani kuzatiladi. Ayniqsa, bu holat O‘zbek oyim bilan o‘g‘li
Otabek, Qovoq devona va choyxonadagi ermaktalab kishilar orasidagi kulgiga
asoslangan
suhbatlar
jarayonida yorqin aks etadi. Bu suhbatlar adibning o‘tmish
bilan bog‘liq ijtimoiy-maishiy hayotga daxldor komediya (kulgisi)sidan dalolat
beradi.
O‘zbek oyim o‘tmish, keksa avlodga xos fikrlashi, Otabekning esa
zamonaviy fikrlashi ularning dialogidan sezilib turadi:
– Man sani bu umid bilan boqib katta qilmagan edim... San bizning
naslimizni ko‘tarish o‘rniga, erga urib bulg‘ading. Biz sani Marg‘ilon andisiga
129
bunchalik mukkadan ketishingni o‘ylamagan edik, adabsiz... o‘zingga qolsa shu
marg‘ilonliqni xoting‘a hisoblab ketaberar ekansan-da, uyatsiz!...
Otabek ham qizishdi:
–
Xotin bo‘lmasa nima, axir?!
–
Qoshliq, ko‘zlik bir andi!
–
Andi deganingiz nima o‘zi?..
–
Andi... andi... o‘zi xitoymi, nima balo... o‘zi qalmoqdan tarqag‘an bo‘ladir...
Tushunmagan bo‘lsang, lo‘lilarning bir toyifasi...
50
Bu dialog nafaqat Otabekning, balki ularni kuzatib turgan otasi YUsufbek
hojining ham xaxolab kulib yuborishiga sabab bo‘ladi. O‘zbek oyimning “tirnoq
ostidan kir izlab va da’vosining isboti uchun g‘o‘ldirashi” ularning “kulib
kayflanishi”ga olib keladi. Hatto Yusufbek hoji ko‘ziga qattiq kulgidan yosh
keladi.
Keltirilgan dialog vositasida O‘zbek oyimning fikridagi eskilik va
yangilikka munosabat, qoloqlik va ilg‘orlik o‘rtasidagi ziddiyat fosh etuvchi
kulgiga asos yaratgani ayonlashadi. Yana bu kulgi o‘z ijtimoiy-moddiy asoslariga
egaligi bilan e’tiborlidir.
Rus romanshunosi M.Baxtin romanga xos beqaror shakl, o‘zgaruvchan
mazmun, ko‘p tilli qurama tafakkur xususiyatlari undagi voqealarning aynan
komediya qatlamida sodir bo‘lishidan kelib chiqqanini,
51
xalq kulgi madaniyatining
ildizlari esa “jiddiy-kulgili” janrlarga borib bog‘lanishini, mimlar, masallar,
bukolikalar, pamfletlar, memuarlar, suqrotona, lukiancha dialoglar uning tarkibiga
kirishini, asosida xalq kulgi madaniyati yotuvchi ushbu janrlar roman janri uchun
poydevor bo‘lib xizmat qilganini alohida ta’kidlaydi.
52
50
Қодирий А. Ўткан кунлар. Роман. – Т.: “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни бош таҳририяти, 2000. – Б.136-
137.
51
Бахтин М. Эпос ва роман (Романни талқин этиш методологияси ҳақида). Рус тилидан Узоқ Жўрақулов
таржимаси. // Филология масалалари. – 2005. – № 3. – Б.239.
52
Бахтин М. Романда замон ва хронотоп шакллари. Тарихий поэтикадан очерклар. Рус тилидан Узоқ
Жўрақулов таржимаси. – Тошкент: Akademnashr, 2015. – Б.22.
130
Darhaqiqat, “O‘tkan kunlar” romanida ham A.Qodiriyning kulgiga
asoslangan dialoglar vositasida yuqori tabaqa vakillari, amaldorlarning hayotiga,
xonadoniga, turmushiga nazar solish bilan birga ularning ichki dunyosiga ham
kirib borish, qayg‘usi va quvonchiga baravar sherik bo‘lish imkoni hosil qilingan.
Xalq kulgisi el ko‘zida qilib bo‘lmaydigan ishlarni bajaruvchi, gapirib
bo‘lmaydigan so‘zlarni gapiruvchi shaxslarni fosh qilish vositasi bo‘lib ham
keladi. Bu jihatdan A.Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi “Qovoq
devonaning belbog‘i” faslida
53
och qoringa sarimsoq eb, ko‘kchoy ichishdan
zerikkan kishilar choyxonaga Qovoq devonaning kirishi bilan unga so‘z qota
boshlashidan iborat dialogni misol qilish mumkin.
Devona (telba, jinni, majnun) obrazlari nafaqat o‘zbek, balki jahon
adabiyotining an’anaviy obrazlaridan biri bo‘lib, hamisha faol “fosh etuvchi”
qiyofasida gavdalantirilgan. Darhaqiqat, “O‘tkan kunlar” romani syujetida ham
Qovoq devona xuddi shunday “fosh etuvchi” vazifasida keltirilgan. Uning ayni
odamlar to‘planadigan joy – choyxonaga kirib kelishi va haqiqatni so‘zlashi
tasvirida “fosh etuvchi”lik vazifasi to‘la namoyon bo‘ladi. U sodda va anqov
bo‘lsa-da, haqiqatgo‘y va pokdomon, jamiyatdagi illatlarni ochiq-oshkora tanqid
etishga qodir va jur’atli qiyofada namoyon bo‘ladi. Aynan shu xislati uni hammaga
ma’lum va mashhur qilgan edi. SHuning uchun chanqog‘ini bostirish uchun
choyxonaga kirib kelgan devonaga faqat choyxonachigina emas, boshqalar ham
e’tibor qaratib, “keling” deya mulozimatli murojaat qilishadi:
– Keling-keling, devona!
– Bir kosa choylaring bormi, xo‘vari?
– Bor-bor, avliya, bitta bachcha bo‘lsangiz idishi bilansizniki.
Bu dialogda “avliya”, ya’ni “avliyo” deb murojaat qilingan kishiga “bachcha
bo‘ling” deyish kufr. Chunki “avliyo” so‘zi arabcha “valilar” so‘zining ko‘pligi
bo‘lib, birinchidan, e’tiqodli va aziz, muqaddas va ollohga yaqin kishilarga,
53
Қодирий А. Ўткан кунлар. Роман. – Т.: “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни бош таҳририяти, 2000. – Б.153-
157.
131
ikkinchidan, karomat va bashorat qila oladigan, mo‘‘jizalar ko‘rsata oladigan
odamlarga, uchinchidan, ulug‘, zo‘r fahmlanuvchi odamga, to‘rtinchidan, hech
narsa bilan ishi yo‘q, darveshsifat, darveshnamo odamga nisbatan qo‘llanadi.
54
Demak, asarda odamlar nutqida Qovoq devonaga nisbatan “avliyo” so‘zi uning
ollohga yaqin kishi (mazlum zot), bashorat qila oladigan kishi, hech narsa bilan
ishi yo‘q, darveshsifat va darveshnamo odam ekanligini ta’kidlash uchun
ishlatilgani ma’lum bo‘ladi. Mazkur fikr yozuvchining “O‘z zamonasining
mashhur bir devonasi edi... Bu devona Toshkandning barchasiga ma’lum;
beklardan, boylardan; qisqasi, shaharning katta-kichigidan o‘ziga ixlosmandlar
ortirg‘an va ko‘plarning tarafidan qilg‘an karomatlari rivoyat etilgan bir majnun
edi. Shahardagi har kim uning oshnasi, karomati bilan beparvo bo‘lg‘anlar ham
uning qiziq harakatlariga va tutal so‘zlariga qiziqar edi. Bu choyxonadagilar ham
shu keyingi sinfdan edilar”, – deyishi misolida ham o‘z tasdig‘ini topadi.
“Bachcha” so‘zi “birovning (akavachchasining) qaramog‘ida va ixtiyorida
bo‘lgan xushro‘y, kelishgan o‘yinchi o‘g‘il bola; besoqol yoki umuman o‘yinchi
bola, raqqos ma’nosida ishlatiladi.
55
Shuning uchun Qovoq devona o‘ziga nisbatan
bu so‘zning qaysi ma’noda aytilganini aniqlashga intilib: “Bachchang kim,
bachchang? Onam meni bachchalik uchun tug‘mag‘an…Choyingdan ber,
choyingdan!” – deydi.
Yozuvchi Qovoq devonaga nisbatan shu so‘zning ishlatilishini e’tiborga
olib, bu dialoggacha uning kimligi, ko‘rinishi, portreti, xarakter-xususiyati bilan
kitobxonni oldindan quyidagicha tanishtiradi: “Qovoq devona o‘rta yosh,
Dostları ilə paylaş: |